Mavzu: Mikroorganizmlar genetikasi Reja



Yüklə 48,71 Kb.
səhifə4/12
tarix17.10.2023
ölçüsü48,71 Kb.
#156616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi mikroorganizmlar genetikasi

II. Asosiy qism
Mikroorganizmiar genotipi va fenotipi haqida tushuncha.
Genotip bu muayyan tizimdagi o'zaro ta'sir etuvchi genlar yig'indisidir. Fenotip esa genotip va muayyan tashqi muhit ta'sirida organizmda shakllanadigan barcha belgi va xususiyatlar yig'indisidir. Organizmda hech vaqt genotipdagi barcha imkoniyatlar bir vaqtda yuzaga chiqmaydi. Har bir organizmning fenotipi bu muayyan sharoitda genotip va tashqi muhit ta'sirida qisman belgi va xusu-siyatlarning shakllanishidir.
Mikroorganizmlar genetikasida tckshirish ishlari kulturalarda, ya'ni millionlab, milliardlab hujayra yig'indisida olib boriladi. Mikroorganizmlardagi belgilar bir qancha guruhlarga bo'linadi.

  1. Morfoiogik belgilarga kulturaning qattiq oziqa muhitidagi rangi, o'sish xarakteri, rnitsellilarining borligi, o'lchami, formasi, koloniyalarining cheti va ustidagi xarakterli belgilar hamda suyuq oziqa muhitida o'sishi kabilar kiradi.

  2. Fiziologik belgilarga hujayraning temperaturaga bo'lgan munosabati, ya'ni past va yuqori temperaturada o'sishi yoki o'sa olmasligi, radiatsiya, turli xil zaharli moddalarga hamda antibio-tiklarga chidamliligi va boshqa xususiyatlari kiradi.

  3. Biokimyoviy belgilarga mikrob kulturasining ba'zi bir vita-minlar, aminokislotalar yoki boshqa omillar bo'lmagan oziqa mu­hitida o'sishi, ba'zi bir oziqa muhitlaridan o'zi uchun zarur bo'l­gan moddalarni sintezlash qobiliyati kiradi. Agar mikrob kulturasi yashayotgan oziqa muhitida uning hayoti uchun faqat ayrim elementlargina uchrasa-da, lekin shunga qaramasdan mikrob kulturasi o'zi uchun zarur oziqalarni sintczlab olsa, bunday kultura prototrof kultura deyiladi. Oziqa muhjtigavitaminlar, aminokislota va shu kabi moddalar qo'shilgandagina o'sadigan kultura auksotrof kultura deyiladi.

Achitqi zamburug'i (Saccharomyces serevisae) odatda mineral tuzlar, glukoza, vitaminlardan: tiamin va biotindan iborat oziqa muhitida o'sa oladi. Bunday kultura prototrof kultura deyiladi. Agar zamburug' oziqa muhitida arginin yoki lizin bo'lmasa, boshqa aminokislotasiz o'sa olmasa, bunday kultura auksotrof kultura deyiladi.
Tabiatdan ajratib olingan mikrob shtammlari odatda «yovvoyi tur» deyiladi. Bitta hujayraning boiinishidan hosil bo'lgan koloniya klon deyiladi. Klondagi hujayralar bir xil bo'ladi. Mikroorganizm laming har qanday belgi va xususiyatlari genotip va tashqi muhit ta'sirida shakllanadi. Genotipga ko'ra bir xil bo'lgan kulturalar turli xil sharoitda har xil fenotipga ega bo'lishi mumkin. Bunday holat nasldan-naslga berilmaydi va modifikatsion о 'zgaruvchanlik deb yuritiladi. Mikroorganizmlarning geni ham odatda DNK dan tashkil topgan boladi. Bitta gigant DNK molekulasi minglab oqsil sinteziga ega bo'lishi mumkin. DNK molekulasidan i-RNKsintez-lanadi, bundan i-RNKda bir yoki bir necha oqsil sintezlanadi. Bitta oqsil sintezi uchun zarur bo'lgan i-RNKni yetkazib beruvclii DNK molekulasi sistron deb yuritiladi. Oqsil molekulasi o'rtacha o'lehamini bilgan holda, gen oichamini aniqlash mumkin. Yuqorida aytganimizdek, oqsil molekulasi 300—500 aminokislota-dan iborat bo'ladi. Ichak tayoqehasi bakteriyasining DNK moleku-lasida taxminan 3-106 juft nukleotid bor. Dcmak, ichak tayoqehasi bakteriyasining 2—3 ming geni bo'lishi mumkin. T2 fagining genlari esa taxminan 200 ga teng.

Yüklə 48,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin