Mavzu: Mikroorganizmlar genetikasi Reja


Mikroorganizmlardagi mutatsion jarayon



Yüklə 48,71 Kb.
səhifə8/12
tarix17.10.2023
ölçüsü48,71 Kb.
#156616
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi mikroorganizmlar genetikasi

Mikroorganizmlardagi mutatsion jarayon. Irsiy jihatdan farq qiluvchi mikroorganizmlarning hosil bo'lishi bu mutatsion jara-yondir.
Mikroorganizmiardagi mutatsiyalami bir qancha yo'nalishlarda klassifikatsiyalash mumkin.

  1. Morfologik mutatsiyalarda mikroorganizmlar koloniyasi silliq burishadi, koloniyalar rangi o'zgaradi.

  2. Chidamlilik mutatsiyasida bir xil antibiotiklarni surunkasiga uzoq qo'Ilash natijasida veterinariyada turli antibiotiklarga chidamli patogen mikroblar hosil bo'ladi. Ba'zi patogen mikroblar bir vaqt-ning o'zida bir qancha yangi antibiotiklarga chidamli bo'lib, ularni nazorat qiluvchi genlar plazmidlarda joylashadi.

Biokimyoviy mutatsiyalarga prototrof, auksotrof mutagcnlar kirishi mumkin. Mutatsiyalarning hosil bo'lishi yo'nalishiga qarab to'g'ri va teskari bo'ladi. Yovvoyi, tabiiy holatda uchraydigan mikroblardan mrU xil morfologik, antibiotiklarga chidamli, auksotrof va shu kabi mutantlarning hosil bo'lishi to 'gH mutatsiyalardeyiladi. Auksotrof mutantlardan prototrof mutantlarning hosil bo'lishi va mikroblami dastlabki, tabiatda uchraydigan holatga keltiruvchi mutatsiyalar teskari mutatsiyalar deyiladi. Ulami yuzaga chiqish xarakteriga qarab spontan va induksiya qilingan mutatsiyalarga bo'lish mumkin. Spontan mutatsiyalar tabiiy sharoitda noaniq omillar hisobiga yuzaga chiqadi. Induksiya qilingan mutantlar esa laboratoriya sharoitida maqsadga muvofiq turM xil mutagenlar ta'sirida hosil qilinadi. Yuzaga chiqadigan mutatsiyalar avloddan-avlodga berilishiga ko'ra yadro va sitoplazmatiklarga bo'linadi. Yadro xromosomasida vujudga kelgan mutatsiyalar avloddan-avlodga har ikki jins orqali beriladi. Sitoplazmatik mutatsiyalar esa avloddan-avlodga faqat bir jins orqali beriladi. Bunday mu­tatsiyalar mitoxondriyada, plastidlarda joylashadi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarda turli xil mutatsiyalami hosil qilishda va ular-ning genetikasini o'rganishda, mikrobiologiya sanoati uchun zarur bo'lgan mikrob mutantlarni hamda turli xil antibiotiklarni oluvchi mikroblami seleksiya qilishda fizikaviy va kimyoviy mutatenlardan keng foydalaniladi.

Yüklə 48,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin