Mavzu: moliyaviy qarorlar bajardi: yusupova sanobar abdukarim qizi tekshirdi: kimsanboyeva m. B


Qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljallangan qarorlar



Yüklə 150,24 Kb.
səhifə10/10
tarix19.04.2023
ölçüsü150,24 Kb.
#100396
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MOLIYA AMALIY

Qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljallangan qarorlar
Biroq, ba’zan menejerlarni biznes ishlarini xolisona boshqarishga undash uchun yutilib ketish tahdidlari yetarli bo‘lmaydi.
Xususan, menejer o‘z harakatlarida qisqa muddatli istiqbolga asoslanganda yutilib ketish tahdidi samarasiz bo‘lib chiqishi mumkin. Aksiyadorlar manfaatlari uzoq muddatli daromadlilikka mo‘ljallanganda eng yaxshi tarzda ta’minlanadigan bir vaqtda, menejerlar manfaatlariga qisqa muddatli istiqbol (short termism)ga asoslanish orqali erishilishi mumkin. Bunday holat, menejerlar fikricha, ularning martabalari ushbu biznes bilan faqat ikki-uch yil mobaynida bog‘liq bo‘lgan, so‘ngra esa ular boshqa ishga o‘tib ketadigan vaziyatda yuz beradi. Shu tufayli ularning obro‘-e’tibori o‘z harakatlarining yakuniy natijasiga emas, balki ular hozircha ishlab turgan kompaniyada nima yuz berayotganligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa, ehtimol, yanada muhim sababi boshqaruv xodimlariga haq to‘lash tizimi qo‘llanishidan iborat bo‘lib, bunda ish haqi miqdori joriy foyda hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu har ikki sabab qisqa muddatli istiqbol uchun mo‘ljalga moyillikni yuzaga keltirishi mumkin. Menejmentni qisqa muddatli istiqbolga asoslanishga undashi mumkin bo‘lgan boshqa omil, menejerlar fikricha, investorlar uchun mazkur biznesga faqat qisqa muddatli mablag‘lar sarflanishi qiziqarli bo‘ladigan vaziyatdan iborat. Agar bunday nuqtai nazar to‘g‘ri bo‘lsa, bu menejerlari zudlik bilan foyda olishga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilmaydigan kompaniyalar aksiyalari narxi pasayishini anglatadi. Shunday qilib, menejerlar quyidagi ikki sababga ko‘ra qisqa muddatli istiqbolda foyda olishga ko‘maklashishlari mumkin:

  • Yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, menejerlar ish haqi ko‘pincha kompaniyalar aksiyalari narxiga bog‘liq bo‘ladi: narx qanchalik yuqori bo‘lsa, mukofot puli shunchalik kattaroq bo‘ladi;

  • Aksiyalarning past narxi biznesning yutilib ketishiga olib kelishi mumkin.

Demirag (Demirag 1998) shunday misollar keltiradiki, kompaniya menejerlari fikricha, investorlarning o‘zlari qisqa muddatli foyda olishga moslashadilar. Bu ushbu muallifning oldingi ishlarida ham tasdiqlanadi. Aksincha, Marston va Kreyven (Marston and Craven 1998) investorlarning uzoq muddatli foyda o‘rniga qisqa muddatli foyda olishga amalda moyilliklarining ishonchli dalil-isbotlari yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqaradilar. Mazkur mualliflar shuni ham aniqlashganki, shunga qaramay, menejerlar haqiqatan ham investorlarga nisbatan shunday nuqtai nazarga egalar. Ushbu xulosalarni e’tiborga olib taxmin qilish mumkinki, menejerlar aksiyadorlar buning tarafdori deya xato o‘ylab qisqa muddatli investitsiyalarga ustunlik berishga moyil bo‘ladilar. Shunga qaramay, ushbu farazni tasdiqlaydigan jiddiy dalil-isbotlar yo‘q.

  1. XULOSA

Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional chegaralarni aniqlab beradi. Bir vaqtning o‘zida, iqtisodiy faoliyatning subyekti sifatida uy xo‘jaliklari maqsad va unga erishish vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul qilingan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar).
Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq:

  • sotsio-madaniy muhit, xususan, sotsial holati, savodxonlik darajasi, uy xo‘jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi sotsial aloqalar, dam olish shakllari va boshqalarga;

  • uy xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu jumladan, iqtisodiy xatti-harakatning tipiga (o‘z-o‘zini ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor maqomining yuridik jihatdan rasmiylashtirilganligiga va boshqalarga;

  • axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga – bunga fikr yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga qodirligi va h.k.lar kiradi.

Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:

  • dastlabki (boshlang‘ich) manbalar;

  • jamg‘ariladigan manbalar;

  • joriy manbalar.

Resurslar dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining tarkibi meros bo‘yicha yoki ko‘chmas mulk, naqd pullar, moliyaviy aktivlarning hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari va investitsion qo‘yilmalari resurslarning jamg‘ariladigan manbasini tashkil etadi. Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, sotsial transfertlar) va bir martalik xarakterga ega bo‘lgan pulli daromadlar (masalan, iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi.
Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo‘jaligining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha manbalari uy xo‘jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Funksional mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin:

  • joriy xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmatlarning haqi va h.k.;

  • kapital xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – uzoq davr foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish, sayyohlik yo‘llanmalari) haqini to‘lash;

  • pul jamg‘armalari.

Uy xo‘jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorlarining majmui ularning moliyaviy xatti-harakatini belgilab (aniqlab) beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda subyektiv motivlar, ustuvorliklar va cheklanmalar rolining katta bo‘lganligi uchun bunday xatti-harakat juda xilma-xildir. Buning ustiga, uy xo‘jaliklarining moliyaviy xatti-harakati dinamikali, tez o‘zgaruvchan jarayon hisoblanadi. Shu munosabat bilan uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari miqdoriy va sifat pozitsiyalaridan (shu jumladan, marketingli), iqtisodiyot, sotsiologiya va sotsial psixologiya nuqtayi nazarlaridan tadqiq etiladi. Bu narsa uy xo‘jaligining jamg‘arma va investitsion bo‘layapti. Bu qo‘yilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar portfelining barqarorligini oshirish maqsadida uy xo‘jaliklari aktivlari portfelini diversifikatsiyalashga asoslangan real jamg‘arish strategiyasining shakllanganligida namoyon bo‘lmoqda.
Yüklə 150,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin