Mavzu: moliyaviy qarorlar bajardi: yusupova sanobar abdukarim qizi tekshirdi: kimsanboyeva m. B


Moliyaviy qarorlarni qabul qilish bosqichlari



Yüklə 150,24 Kb.
səhifə2/10
tarix19.04.2023
ölçüsü150,24 Kb.
#100396
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MOLIYA AMALIY

Moliyaviy qarorlarni qabul qilish bosqichlari.

Har qanday boshqa sohada qarorlar qabul qilish kabi moliyaviy qarorlar ikki yoki undan ortiq harakat yo‘nalishlaridan biri tanlanishini nazarda tutadi. Agar faqat bitta ehtimoliy yo‘nalish mavjud bo‘lsa, hech qanday qaror qabul qilish kerak emas. Ko‘pincha, qaror qabul qilingunga qadar mavjud vaziyatni saqlab qolish joiz variantlardan biri hisoblanadi.

Har qanday qaror qabul qilish jarayoni quyidagi oltita bosqichni o‘z ichiga olishi kerak:


1-bosqich: Maqsadni shakllantirish. Qaror qabul qilayotgan shaxs aynan qanday natijaga erishmoqchi ekanligini aniq tasavvur qilishi kerak. Ertalab uydan chiqayotib, qaysi tomonga ketishini hal etishi kerak. Buni amalga oshirish uchun eng yaqin maqsad qandayligini bilishi zarur. Agar maqsad ishga borishdan iborat bo‘lsa, o‘ng tomonga burilish; agar mahalliy do‘konga chiqib kelish kerak bo‘lsa – chap tomonga burilish qarori talab qilinishi mumkin. Qaror qabul qilayotgan shaxs qayerga borishni bilmasa, u qaysi tomonga burilish to‘g‘risida ongli ravishda qaror qabul qilolmaydi. Kompaniyalarning ehtimoliy maqsadlari quyida ko‘rib chiqiladi.
2-bosqich: Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlarini aniqlash. Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlarini tushunib olish kerak. Bunda qonun yoki qaror qabul qilayotgan shaxs nazorati ostida bo‘lmagan boshqa kuchlar tomonidan belgilanadigan harakatlar erkinligining barcha cheklanishlari hisobga olinishi kerak.
Asoslangan qarorlar qabul qilish uchun o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga eng yaxshi tarzda erishish imkonini beradigan imkoniyatlarni muntazam ravishda izlab topish talab etiladi. Biznes mablag‘lari nuqtai nazaridan bu investitsiya qilish uchun yangi ob’yektlar, shuningdek, ularni mablag‘ bilan ta’minlash uchun kerakli mablag‘lar aniqlanishini anglatadi. Bunday imkoniyatlar har doim ham oshkora bo‘lmaydi va kompaniyalar ularni muntazam ravishda izlab topishi kerak. Buni amalga oshirmaydigan kompaniya deyarli muqarrar ravishda tanazzulga yuz tutadi, qulay imkoniyatlar esa yanada ilg‘or raqobatchilar tomonidan foydalaniladi.

Yüklə 150,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin