Ishlatiladigan kapitaldan daromadni maksimallashtirish Ehtimol, ushbu maqsad daromadni maksimallashtirishning takomillashtirilgan varianti hisoblanadi, chunki foydani kompaniya hajmi bilan bog‘laydi. Shunga qaramay, daromadni maksimallashtirish bilan bog‘liq holatdagi kabi faoliyat tavakkalchiligi va uzoq muddatli barqarorligi hisobga olinmaydi.
Faoliyatni saqlab qolish Shubhasiz, ko‘pchilik kompaniyalar faoliyatni saqlab qolishni zarur, biroq yetarlicha bo‘lmagan maqsad sifatida qabul qiladi. Faqat faoliyatni saqlab qolishdan tashqari boshqa maqsadlari bo‘lmagan investorlar kompaniyaning aksiyadorlari bo‘lishlari mushkul. Iqtisodiy turg‘unlik va boshqa qiyinchiliklar davrida ko‘plab kompaniyalar faoliyatni saqlab qolishni o‘zining qisqa muddatli maqsadi sifatida qabul qiladi. Biroq uzoq muddatli istiqbolda ular muqarrar ravishda kattaroq maqsadni mo‘ljallaydilar.
Uzoq muddatli barqarorlik Ushbu maqsad faoliyatni saqlab qolishga o‘xshash va xuddi shunday uzoq muddatli yo‘nalish sifatida noreal va ulkan emas.
Oqilona boylik tamoyili Ko‘pchilik fikricha, faqat aksiyadorlar farovonligi bilan bog‘liq maqsadlar uchinchi ming yillik boshida real emas. Ular biznesni kapital yetkazib beruvchilar, boshqaruvchilik malakalarini, ish kuchini, mahsulotlar va xizmatlar hamda iste’molchilarni yetkazib beruvchilar ittifoqi sifatida qabul qiladilar. Ushbu ittifoq ishtirokchilaridan biri boshqa ishtirokchilar oldida ustuvorlikka ega emas deb hisoblanadi. Mazkur ittifoq mustaqil hisoblanmaydi, balki yanada kengroq ijtimoiy nuqtai nazardan baholanadi. Birinchilar qatorida ushbu nuqtai nazar Sayert va March (Cyert and March 1963) tomonidan ifodalangan.
Shu qayd etiladiki, maqsadlar ittifoq manfaatlarini aks ettirishi va biznes ishtirokchilardan biror-birining daromadini maksimallashtirishga urinmasdan, balki uning barcha ishtirokchilariga ular tomonidan sarflangan mablag‘larga mos daromadni ta’minlashga intilishi kerak.
Ushbu yondashuv oqilona boylik (satisficing) tamoyili deb nomlanadi.