Mavzu: Motivatsiya nazariyalari(A. Maslou, A. Adler, Z. Freyd). motivatsion sohani tekshirish metodlari Reja



Yüklə 109,46 Kb.
səhifə2/9
tarix25.12.2023
ölçüsü109,46 Kb.
#196278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Motivatsiya nazariyalari A-fayllar.org

mavzu: Muloqot.
Reaja:
      1. Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari.


      2. Muloqotning inson filogenetik va ontogenetik rivojlanishidagi ahamiyati.


      3. Muloqotning verbal va noverbal vositalari


      4. Muloqot shaxslararo o'zaro ta'sir etish sifatida.


      5. Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida tushuncha.


      6. Muloqot tomonlari.




Tayanch iboralar.Muloqot, muloqot tomonlari, muloqot bosqichlari, muloqot turlari, ta’sir, verbal ta’sir, noverbal ta’sir, paralingvistik ta’sir, tinglash, aktiv holat, o’ychan jimlik, kompliment, munosabat oynasi, aktraktsiya usullari
Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojini-jamiyatda yashash va zini shaxs deb hisoblash bilan bog’liq ehtiyojini qondiradi. SHuning uchun ham uning har bir inson hayotida ahamiyati kattadir.

Muloqot-odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, qish, yin, ijod qilish va boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir shakllarini z ichiga oladi. CHunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. SHuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatida tutgan rni, ishlarining muvaffaqiyati, obrsi uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir.
Bir qarashda osonga xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab jarayon bo’lib, unga odam hayoti mobaynida rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F. Parigin shunday yozadi: “Muloqot shunchalik kp qirrali jarayonki, unga bir vaqtning zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdarlik bildirish imkoniyati;
e) shaxslarning bir-birlarini tushunish jarayoni.
Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug’iladi.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayirboshlashni o’z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan muloqotda bo’lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo’lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikda harakat qilish) va pertseptiv (o’zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Har bir kishining o’z “Meni” atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, SHaxsning hayot yo’llari avval oilada, bog’cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo’lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo’lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. SHuning uchun biz doimo muloqotga bo’lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo’lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot - bu muloqot turlaridan biri bo’lib, pedagogik faoliyatda muhim o’rin tutadi.
Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo’lib, dastlabki bosqich-odamning o’z-o’zi bilan muloqotidir. T.SHibutani “Ijtimoiy psixologiya” darsligida: “Agar odam ozgina bo’lsa ham zini anglasa, demak, u o’z-o’ziga ko’rsatmalar bera oladi” - deb to’g’ri yozgan edi. Odamning o’z-o’zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va xajmini belgilaydi. Agar odam o’o’z-o’zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot-muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A.N. Leontg’ev o’zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar” kitobida muloqotning uchinchi shakli-avlodlar o’rtasidagi muloqotning ahamiyati to’g’risida shunday deb yozadi: “Agar barcha katta avlod lib ketganda, insoniyat turi yq bo’lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yqolib ham ketishi mumkin edi”. Haqiqatdan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlarga mavjud bldiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg’or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim, tarbiya kundalik muloqot jarayonida uni avloddan avlodga o’kazadilar.
Muloqot jarayoni o’ziga xos ravishda murakkab bo’lib, bunda uch xil bosqich mavjud.
Dastlabki bosqich – odamning o’z-o’zi bilan muloqotidir. T.SHibutani «Ijtimoiy psixologiya» darsligida: «Agar odam ozgina bo’lsa ham o’zini anglasa, demak, u o’z-o’ziga ko’rsatmalar bera oladi» - deb to’g’ri yozgan edi. Odamning o’z-o’zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o’z-o’zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o’zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot – muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A.N.Leontьev o’zining «psixika taraqqiyotidan ocherklar» kitobida muloqotning uchinchi shakli – avlodar o’rtasidagi muloqotning ahamiyati to’g’risida shunday yozadi: «Agar barcha katta avlod o’lib ketganida, insoniyat turi yo’q bo’lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiti anyaa orqaga surilibgina emas, balki yo’qolib ketishi ham mumkin edi». Haqiqatdan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o’z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo’ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg’or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan avlodga uzatadilar.
Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko’rinishlariga kelsak uning har bir shaxsning xayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o’sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko’rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo’ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o’z qo’l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqot iva hokazo, norasmiy muloqot – bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o’sha suhbatdoshlarning fikr-o’ylari, niyat-maqsadlari hamda emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do’stlar suhbati, poezda uzoq safarga siqqan yo’lovchilar suhbati, tanaffus vaqti talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo’lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko’proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda anna shunday muloqotga ham kobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko’ngilligi, suhbatlashish yo’llarini bilishi, til topishish qobiliyati, o’zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun hamma odam ham rahbar bo’lolmaydi, ayniqsa pedagogik ishga hamma ham qo’l uravermaydi, chunki buning uchun undan rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot mazmuni va yo’nalishiga ko’ra uning:

Yüklə 109,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin