Mavzu: Motivatsiya nazariyalari(A. Maslou, A. Adler, Z. Freyd). motivatsion sohani tekshirish metodlari Reja



Yüklə 109,46 Kb.
səhifə7/9
tarix25.12.2023
ölçüsü109,46 Kb.
#196278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Motivatsiya nazariyalari A-fayllar.org

Indentifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to’g’riroq idrok qilish uchun zlarini bir-birlarining o’rniga qo’yib ko’rishga harakat qiladilar. Ya’ni, zidagi bilimlar, tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) indentifikatsiyadir. Masalan, birinchi marta uchrashuvga ketayotgan yigitning ichki holatini uning rtog’i yoki akasi tushunishi mumkin.
Reflektsiya muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan turib, zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo’lib, o’ziga birovning kzi bilan qarashga intilishdir. Chunki, busiz odam muloqot jarayonida o’zini aniq bilmasligi, noto’g’ri muloqot formalarini tanlashi mumkin.
Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o’zaro ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to’g’riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish bilan bog’liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarining bir-birlarini to’g’ri tushunishlari va aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo’lishini tahminlaydi.
Stereotipizatsiya odamlar ongida muloqotlar mabaynida shakllanib rnashib qolgan, knikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotipizatsiya-har bir shaxsda yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to’g’ri yo’nalganligini tahminlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo’lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauzal”-sabab, “atrebutsiyu”-bermoq, qshib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, qituvchi bilan hamsuhbat bo’lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-ahloqdan dars berishni boshlamasmikan” degan shubha ppaydo bo’lishi mumkin.
Psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch vositasi ajratiladi:
1. Verbal ta’sir – bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so’zlar hisoblanadi. Nutq so’zlashuv o’zaro muloqot jarayoni bo’lib, uning vositasi so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi o’zidagi barcha so’zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib sherigiga ta’sir ko’rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi, bezovchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. SHunga qarab, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada ko’chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formo’lasiga ko’ra, birinchi marta ko’rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko’proq ta’sirga ega bo’lishi sheriklarning rollariga bog’liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir ko’rsatish maqsadi bo’ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o’rnidan turib kutib oladi, quyuq so’rashadi, keyin maqsadga o’tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yo’naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo’lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bo’lsa, u tashabbusni o’z qo’liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo’ladi.
Kishilar bilan normal munosabatlarni o’rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o’z nuqtai nazariga o’zgalarni professional tarzda ko’ndira olmaslik, “birovni” uning ichki kechinmalari va o’ziga bo’lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ o’quvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb turgan ish bitmasdan cho’zilib ketishi mumkin. SHuning uchun hozirgi paytda katta yoshdagi kishilarni kommunikativ bilimdonlikka o’rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi boshqalar bilan hamqorlik qilish mahorati va san’atiga ega bo’lishi kerak. Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o’rgatishni har qachongidan dolzarb qilib ko’ymoqda.
Ma’lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro mosligi, bir-birini to’ldirishiga bog’liq ekan. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan kishilar vaqtining 45%i kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo’ladiganlar-savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko’proq foyda keltirarkan.
Tinglashning ham xuddi gapirishga o’xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham ko’p, lekin biz ikki usulini qo’llaymiz: so’zma-so’z qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni qo’llab-quvvatlashini bildiradi. Ikkinchi usul-sherikni so’zlarini tinglab, undagi asosiy g’oyani muxtasar, o’zimizning talqinimizda ifoda etish. Bundan tashqari biz yaxshi tinglayotganimizda , “Yo’g’-e?”, “Nahotki?”, “Qara-ya?”, “Yasha!”, “Qoyil!” luqmalari bilan suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. muloqotga o’rgatishning muhim yo’nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o’rinli foydalanishga o’rgatishdir.
Professor V.Karimovaning fikricha, professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
— aktiv holat. Bu-tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni bildirish;
— suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish . Bu nafaqat suhbatdoshni o’ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o’zining har bir so’ziga uni ham kundirishning samarali yo’lidir.
— o’ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o’zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo’li.
Demak, tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali bo’lishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz, unda o’z-o’ziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilxomlantirishimiz, ruxlantirishimiz kerak. O’qituvchining ma’ruzasini talabalar tomonidan yaxshi tinglansa dars samarali bo’ladi.
Ijtimoiy psixologiyada kishilarni samarali muloqotga ataylab o’rgatishga katta e’tibor beriladi. Buning o’z uslubi bo’lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deyiladi. IPT kishilarni muloqot jarayoniga psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida kishilarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Amaliy muloqot treningi - IPTning bir ko’rinishi bo’lib, u yoki bu kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo’ladigan kommunikativ malaka, ko’nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida mo’zoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamqorlik qilish yo’l-yo’riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so’zlashga o’rgatish, majlislar o’tkazish , nizoli holatlarda o’zini to’g’ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda asosiy narsa-trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o’zini o’zga o’rniga qo’ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o’zinikini o’yg’unlashtira olish g’oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o’yinlarning eng qulay variantlari sinab, mashq qilinadi.
Odatda trening shaxsdagi u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilishda jiddiy qiyinchilikka uchragan sharoitlarda o’tkaziladi. Ya’ni treningning tashabbuskori ko’p hollarda yolg’izlik, uyatchanlik, tortinchoqlik yoki turli depressiyalarga uchragan shaxs bo’ladi. Maxsus tashkil etilgan kommunikativ mashqlar mobaynida u bu holatlardan chiqib ketish yo’llariga o’rgatiladi. Masalan, psixologlar tomonidan tashkil etiladigan “Psixologik xizmat”, “Qalb markazlari”, “Ishonch telefonlari” maxsus dasturlar yordamida ishlaydi. Guruhda tashkil etilgan muloqot muhitida odam o’zidagi ishonchsizlik, tortinchoqlik kabi salbiy sifatlardan halos bo’lish imkoniyati bo’ladi va u o’zini avvalgiga nisbatan ijobiyroq idrok qila boshlaydi.
Yoshlarning trening mashg’ulotlariga kelishiga sabab bo’ladigan omillardan eng ko’p tarqalgani-bu ulardagi qarama-qarshi jins vakillari bilan gaplashishda tortinchoqliklari, o’zidan kattalarga o’z fikrini bayon etishga qiynalishlari yoki ko’pchilik oldida gapirishda o’zini yo’qotib qo’yish kabi holatlardan chiqishdir. Ijtimoiy psixologik trening rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan amaliy ishlardan hisoblanadi.
Hayotda shunday kishilar borki, ular odamning ko’ngliga tezda yo’l topib olib, ishlarini bitirgandan so’ng tezda g’oyib bo’ladilar, yoki yaxshilikni unutib yuboradilar. Ular boshqalarda o’zlariga nisbatan attraktsiyani tez hosil qiladilar. Buni ayrim kishilar gipnoz ham deydilar. Lekin bu noto’g’ri, bunday kishilar muloqot jarayonida attraktsiyani shakllantiruvchi maxsus psixologik usullarni moxirona qo’llaydilar.
Attraktsiyani shakllantirishning umumiy psixologik mehanizmlari mavjud. A.Yu.Panasyukning fikricha, maktab uchun emas, hayot uchun o’rganamiz. Kishilar bilan endigina tanishib suhbatlashgandan so’ng ajrashib ketsakda, ular haqida bizda iliq taassurot qoladi, bu taassurot salbiy bo’lishi ham mumkin. Biz ayrim paytda ish bilan juda band bo’lib o’tirganimizda kotibaning kirib bir narsalarni gapirganini anglamaymiz. Biz uning ovozini eshitish a’zosi orqali eshitamiz, lekin anglamaymiz. CHunki undan biz hissiy quvvat olmaymiz. Bizning qulog’imizga bizga yoqadigan so’z eshitilsa, keyin biz uni anglaymiz. Demak, kelayotgan ta’sirlar bizda hissiy munosabatni uyg’otsa bizda attraktsiya paydo bo’ladi.
“Ism” usuli - bizga o’z ismimiz bilan murojaat qilinsa juda yoqadi. Fuqaro, o’rtoq deb aytgandan ko’ra ismimizni aytilishi bizda kayfiyatni ko’tarilishiga olib keladi. Mashhur amerikalik psixolog Deyl Karnegi fikricha, odamning ismi uning uchun eng yaxshi musiqa vazifasini o’taydi.
“Ism” usulining psixologik mehanizmi quyidagicha:
— ism va shaxs bir-biridan ajralmaydi. Inson tug’ilgandan boshlab uning ismi u bilan yonma-yon turadi;
— ism bilan murojaat qilish kishida unga nisbatan e’tiborning mavjudligini bildiradi;
— shaxsga nisbatan diqqatli bo’lish, shaxsni tasdiqlash demakdir;
— agar shaxs o’zining shaxs ekanligini anglasa, unda qoniqish hissi paydo bo’ladi;
— qoniqish hissi doimo ijobiy kechinmalarni keltirib chiqaradi;
— kishi doimo ijobiy hislar paydo bo’lishiga harakat qiladi;
—agar hech kim bizda ijobiy hislarni qo’zg’ata olmasa, attraktsiyani vujudga keltirishga harakat qilinadi.
Demak, insonga murojaat qilishda uning ismini aytib chaqirish unda ijobiy hislarni keltirib chiqaradi. Kishilarning ismini eslab qolish uchun uni bir necha marta takrorlash muhim. SHuningdek, miyangizdagi shu ism bilan bog’liq assotsiatsiya bilan bog’lashga harakat qiling. Kechqurun yangi tanishlaringizning ismlarini bir necha marta takrorlang. Xodimlaringizni ismi bilan chaqirib murojaat qilishingiz ularda sizga bo’lgan hurmatni orttiradi.
“Munosabatlar oynasi” usuli- Tasavvur qiling, sizni yangi jamoaga rahbar qilib tayinlashdi. Hali hech kim sizni tanimaydi, siz ham ularni tanimaysiz. Ertalab ular sizni ismingizni aytib salomlashadi, lekin siz ularni hali ismlarini bilmaysiz. Bitta xodimingiz siz bilan jilmayib salomlashadi, xuddi eski qadrdonlardek muloqotda bo’ladi. Ikkinchi xodim esa muloyim salomlashadi, lekin yuzida kinoyaga o’xshash ishora bor, istehzoli. Siz ish to’g’risida maslahatlashmoqchi bo’lsangiz qaysi biriga murojaat qilasiz? Albatta birinchi xodimga, lekin nima uchun? CHunki unga nisbatan sizda attraktsiya paydo bo’ladi. “Ruhiyat oynasi” yoki “munosabatlar oynasi”-bu yuz ifodasidir. Kishilar ichidagini yuz qiyofasi orqali ifodalaydilar. kayfiyati chog’ligini, pastligini ham yuz qiyofasidan bilib olish mumkin. Odamlar munosabatlar oynasini juda kam nazorat qiladilar va boshqaradilar. Rahbar xodimiga uning majburiyatiga kirmaydigan vazifani topshirayotganida juda muloyim, jilmayib murojaat qiladi. Jilmayish-bu kishilarning, do’stlarning parolidir. Buni psixologik mehanizmi quyidagicha:
— ko’pgina kishilar do’stlarigagina jilmayib qaraydilar, dushmanlariga emas;
— muloqotda kishilar ko’ngildan jilmaysalar, bu “men-sizning do’stingizman” degani;
— do’st-bu bizning himoyachimiz, biz tomonimizda turadigan kishi;
— insonning ehtiyojlaridan biri-bu himoyalanishga bo’lgan ehtiyoji. Do’st mana shu himoyalanish ehtiyojini qondiradigan shaxsdir;
— qoniqish hissi kishida ijobiy hislarni keltirib chiqaradi;
— inson doimo ijobiy hislarni keltirib chiqaradigan shaxsga nisbatan intiladi;
— agar hech kim ijobiy hislarni keltirib chiqarmasa, u ixtiyorsiz ravishda attraktsiya (o’ziga jalb qilish) ni shakllantiradi.
Psixologlarning fikricha (G.Asmolov, P.SHixerev, V.A.Yadov, P.Nadirashvili va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirish uchun shu ustanovkalarning sababi bo’lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o’zgartirish shartdir. SHu narsa shaxsning avtik ongli faoliyatida sodir bo’ladi.
SHaxs ijtimoiylashuv jarayonida turli ustanovkalarni ro’yobga chiqarish sharoitida faollik ko’rsatadi. SHunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoif psixologik sifatlarida ko’ramiz. Ya’ni aktiv birgalikdagi faoliyat, o’zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy psixologik fazilatlari shakllanadi. SHuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo’ladigan hamda muloqotda ko’rinadigan sifatlar guruhiga bo’linadi. Masalan, tashqi muhit bilan faol munosabat pertseptiv himoya sifatlari, ya’ni o’ziga xavf soluvchi yoki xavf solishi mumkin bo’lgan ijtimoiy ta’sirlardan himoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba’zi mualliflar pertseptiv qobiliyatlar deb atasalar, boshqalari «ijtimoiy ta’sirlarga hissiy javob berish qobiliyati» (A.Bodalyov), «kuzatuvchanlik», «ziyraklik» (Yu.Jukov) va hokazo deb atashgan.
Boshqa sifatlar muloqotda namoyon bo’luvchi sifatlardir. Ular turli ijtimoiy kutishlar sistemasi bilan bog’liq bo’lib, shaxsning turli sharoitlarda to’g’ri muloqotga kirishish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari har shaxsda o’ziga xos tarzda dunyoni, odamlarni idrok qili shva tushunish qobiliyati borki, ular muloqot jarayonida kamroq xatolarga yo’l qo’yishni ta’minlaydi. Masalan, bosiqlik, mulohazalilik, o’zgalarning ichki dunyosini gaplari, xatti-harakatlariga qarab bilish qobiliyati va boshqalar ushlar jumlasidandir. SHu fazilatlarning qanchalik namoyon eta olishiga qarab shaxs tiplari farqlanadi:
Ekstrovert va introvert, mobil va rigid, dominant va tobe.

Yüklə 109,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin