Mavzu: Muhhabat nima? Nutq uslublari Reja muhhabat nima Nuntq uslublari



Yüklə 23,78 Kb.
səhifə1/4
tarix07.11.2022
ölçüsü23,78 Kb.
#67670
  1   2   3   4
Nafisa 16


Mavzu: Muhhabat nima? Nutq uslublari
Reja
1 Muhhabat nima
2 Nuntq uslublari
3 Shu mavzusida xususida mulohaza
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ozod qilgan qullari Savbon roziyallohu anhu Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamni qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga sabr qila olmas edi. Bir kuni Savbon roziyallohu anhu Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yuzlari qizargan va titragan holda kirib keldi. U zot Savbon roziyallohu anhuning bu holatini ko‘rib sababini so‘radilar. Shunda Savbon roziyallohu anhu: «Betob emasman. Ammo ozgina vaqt sizni ko‘rmay qolsam dahshatga tushayapman. Mana hozirgina oxiratni esladim. Shubha yo‘qki, siz jannatda Payg‘ambarlar bilan bo‘lasiz. Men garchi Alloh rahmat qilib jannatga kirsam ham siz bilan bo‘la olmayman. Chunki, sizning manzilingiz baland. Agar jannatga kira olmaydigan bo‘lsam, keyin sizni hech qachon ko‘ra olmayman. Oxiratdagi holim ne kechishini o‘ylab titrab ketayapman», dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: «Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana o‘shalar Alloh ne’mat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ularning rafiqlari qanday ham yaxshi!». ( Niso, 69).
Darhaqiqat, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam darajalariga hech kim yeta olmaydi. Lekin rahmati keng, afvi ulug‘ Zot suyukli Rasuliga ilhom berdi. Allohning habib Rasuli esa bu hushxabarni ummatlarga yetkazdi.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir a’robiy Payg‘ambarimiz huzurlariga kelib so‘radi: « Qiyomat qachon bo‘ladi?» « U kun uchun nima hozirlading», dedilar Rasuli akram. «Alloh va Rasuliga muhabbat» deya javob berdi a’robiy. Shunda Rasululoh: «Jannatda ham yaxshi ko‘rganlaring bilan birga bo‘lasan», dedilar . (Muttafaqun alayh)
Demak, ayni muhabbat tufayli biz Alloh Taoloning diydoriga, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan birga abadiy birga bo‘lish saodatiga erishamiz. Shunday ekan savol tug‘iladi: «Muhabbat qanday hosil bo‘ladi, qanday kuchayadi?..»
Keling mazkur hadisga yana murojaat qilaylik. A’robiy Allohning Rasulidan qiyomatning vaqtini so‘radi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam ajib bir hikmat bilan bizga ibrat bo‘ladigan tarzda so‘rovchining e’tiborini so‘ralayotgan narsadan muhimroq ishga qaratdilar.

Til nutq sharoiti, qo‘yilgan maqsad, qo‘llanish doirasi, muloqot qiluvchilarning
kimligiga qarab turlicha voqelanadi. Bunda bir tushuncha har xil ifodalar, bir fkr
turli sintaktik qurilmalar bilan beriladi. Tilning bunday ko‘rinishi nutq uslubidir.Tilda
so‘zlashuv, publitsistik, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar farqlanadi. Bu uslublarda
qo‘llanuvchi birliklar so‘zlashuv (anaqa), kitobiy (o‘shal) va betaraf (bu, o‘sha)
birliklarga bo‘linadi.

Yüklə 23,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin