Mavzu: neft va gaz sanoati


Kislota-ishqor bilan tozalash



Yüklə 393 Kb.
səhifə13/14
tarix11.11.2022
ölçüsü393 Kb.
#68505
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
NEFTNI TOZALASH00

Kislota-ishqor bilan tozalash. Bu jarayonda mahsulotga kislota bilan ishlov berilib, ishqor bilan neytrallanadi. Kislota-ishqor bilan tozalanganda to‘yinmagan uglevodorodlar va smolalar yo‘qotiladi. Tozalash 1.6-rasmdagi sxema bo‘yicha olib boriladi. Tozalanishi kerak bo‘lgan benzin 1/3 balandligi ishqor bilan to‘ldirilgan kolonnaga haydaladi.

2. rasm. Benzinni ishqor bilan tozalash sxemasi: 1–sovitgich; 2–nasos; 3–injektor; 4–tindirgich; 5–tozalangan benzin.
Benzin o‘tayotgan trubaga injektor o‘rnatilgan bo‘lib, undan benzin o‘tayotganda o‘zi bilan kolonnadagi ishqorni olib ketadi. Aralashma kolonnaning tag qismiga beriladi. Solishtirma og‘irligi katta bo‘lgan ishqor kolonnaning pastki qismiga tushadi, benzin esa ishqor orasidan yuqoriga ko‘tariladi. Dizel yonilg‘ilarning qotish haroratini pasaytirish uchun parafindan tozalash (deparafinlash) usulidan qo‘llaniladi. Bunda mahsulot karbamid bilan kompleks hosil qiladi va ajratiladi. Katalitik kreking jarayonida olingan benzinlarning sifatini yaxshilash uchun alyumosilikat katalizatorlari ishtirokida foydalaniladi. Bu usulda to‘yinmagan uglevodorodlar miqdori kamayadi va izomer parafin uglevodorodlar miqdori oshadi. Neftning og‘ir qoldig‘i tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirib, sifatini yaxshilash uchun vodorod ishtirokida oltingugurtdan tozalanadi. Masalan, tarkibida 1,0÷1,3% oltingugurt bo‘lgan dizel distillyatlari tozalangandan so‘ng, tayyor mahsulotdagi oltingugurt miqdori 0,02÷0,06% dan oshmaydi va 97÷98% kimyoviy barqaror yonilg‘i olinadi. Moyli distillyatlarning ishlatilish xususiyatini yaxshilash uchun tozalashda selektiv tozalash usulidan foydalaniladi. Ma’lumki, neftdan olinadigan moy fraksiyalarining tarkibi parafinlardan, naftenlardan va aromatik uglevodorodlardan iboratdir. Bular bilan birga har xil chiqindilar - smolasimon birikmalar ham bor. Neft moylari har xil sharoitda ishlaydi. Moylarning sifatiga qo‘yiladigan talablardan biri – moylar issiq va sovuq sharoitlarda o‘z qovushqoqligini o‘zgartirmasligidir. Parafin uglevodorodlar issiq sharoitida o‘zlarining qovushqoqligini pasaytiradi, sovuq sharoitda esa, kristallana boshlaydi. Aromatik uglevodrodlar ham past haroratda amorf holatga o‘tadi. Bular moylarning sifatini yomonlashishiga olib keladi. Naften uglevodrodlar esa, o‘z qovushqoqligini kam o‘zgartiradi. Shu sababli neft fraksiyalaridan sifatli moylar olish uchun fraksiyalar tarkibidagi yuqori molekulali qattiq aromatik va parafin uglevodorodlardan tozalanadi.
Moylarni tozalashda bir necha usul ketma-ket ishlatilishi mumkin. Selektiv tozalash usulining 2 xil yo‘nalishi mavjud: 1) moy tarkibidagi har xil kerakmas aralashmalar erituvchilar bilan reaksiyaga kirishib tozalanadi; 2) moyning asosiy qismi ajralib chiqadi va uning sifatini yomonlashtiruvchi aralashmalar esa qoladi. Bunday ishlanganda mahsulot ikki qavatga ajraladi. Birinchi qavatda erituvchi bilan tozalanuvchi moy aralashmasi, ikkinchi qavatda esa moydan chiqarib yuboriluvchi zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Olingan qatlamlar ajratilgach, erituvchi haydaladi va qaytadan ishlatiladi. Birinchi usulda erituvchi aralashmalar, ikkinchi usulda esa uglevodorodli moylar haydaladi. Selektiv erituvchilar sifatida suyuq propan, fenol, furfurol kabi organik birikmalardan foydalaniladi. Selektiv tozalashda olingan mahsulotlarning xossalari va miqdori ko‘p jihatdan xomashyoning tarkibiga, erituvchining miqdoriga hamda sarfiga, haroratiga va ishlov berishning davom etish vaqtiga bog‘liq. Qotish harorati past bo‘lgan qishki sort motor moylarini olish uchun, mahsulot selektiv tozalangandan so‘ng deparafinlanadi, ya’ni suyuqlik harorati – 20°C dan yuqori bo‘lgan qattiq parafinlardan tozalanadi. Deparafinlash uchun qotish harorati past bo‘lgan atseton, dixloretan, suyuq propan kabi organik birikmalar ishlatiladi. Moy erituvchi bilan birgalikda kerakli haroratgacha sovitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi, erituvchi esa moyda haydaladi. Neft moylarining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida maxsus moddalar, shu jumladan, qo‘shilmalardan (moy xossalarini yaxshilash maqsadida qo‘shiladigan har xil moddalardan) foydalanilad
XULOSA
Hozirgi kunga yurtimiz dunyoning istalgan mamlakati bilan ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qila oladi chunki mamlakatimiz sanoati uchun muhim bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishda mahalliy imkoniyatlardan foydalanilib ularning turi sifati va turli atoqli xususiyatlarga boy mahsulotlarni ishlab chiqarishga keng imkoniyatlar ochib berilmoqda.
O’zbekiston neft sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmog’i hisoblanadi va energitikaning muhim asosini tashkil etadi.
Shuning uchun arzon sanoat xom ashyolari asosida yangi ekologik toza oktan sonini oshiruvchi qo’shimchalar yaratish va tajriba-sanoati miqdorida ishlab chiqarish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Neft konlarida yo’ldosh neft gazidan samarali foydalanmasdan, ularni mash’alalarda yoqib yuborilishini asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

  • neft olish quduqlarini katta maydon bo’ylab joylashganligi

  • Energiya quvvatini yetishmasligi yoki umuman yo’qligi

  • yo’ldosh neft gazi hajmini ozligi

  • gazni uzatish quvurlari sistemasidan uzoqligi

  • gazni uzatish quvurlari sistemasiga bosimi pastligi tufayli ulanish imkoniyati yo’qligi

  • yo’ldosh neft gazi tarkibida oltingugurt birikmalari borligi

Keltirilgan sabablar tufayli yo’ldosh neft gazidan oqilona foydalanish nafaqat ekologik, balki ekologik –iqtisodiy muammoga aylanadi. Shuning uchun yo’ldosh neft gazidan foydalanish loyihalari alohida konlarga tuzilmasdan bir-biriga yaqin joylashgan konlar uchun majmua ko’rinishida tuzilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Yüklə 393 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin