Mavzu:Nerv to‘qimasi Nerv toqimalari ja'mi bir butun bolib, organizmda yuqori darajada ixtisoslashgan va takomillashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. Bu sistema har qanday tashqi va ichki ta'sirni qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga etkazib berish va u erda analiz-sintez jarayonida hosil bolgan javob impulsini (reaktsiyasini) harakat organlariga etkazib berish kabi ota murakkab vazifani bajaradi. Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki muhit bilan uzluksiz boglanish bolib turadi. Ma'lumki, organizmning tashqi va ichki organlarida har xil ta'sirni qabul qiluvchi apparatlar - retseptorlar joylashgan. Tashqi ta'sirni qabul qiluvchi retseptorlar ekstero-retseptorlar, ichki ta'sirni qabul kiluvchi retseptorlar intero-retseptorlar deyiladi.Yuqorida aytib otilganidek, tashqi va ichki retseptorlar qabul qilgan ta'sir impuls tariqasida markazga intiluvchi nerv (afferent) hujayralari (neyronlar) orqali tezda markaziy nerv sistemasiga (MNS) etkaziladi. U erda analiz-sintez qilinib, javob impulsi harakat neyronlari, ya'ni markazdan qochuvchi (efferent) neyronlar orqa-li harakat organlariga (muskul yoki bezlarga) etkaziladi. Shundan keyin bu organlar qisqaradi yoki boshashadi, bezlar esa mahsulot (sekret) ishlab chiqaradi. hayvonlar tashqaridan qabul qiladigan impulslarning analiz-sintezi bilan atrof-muxitda ozining turgan joyi va yonalishinn aniqlab oladilar. Odam esa dunyo sirlarini chuqur organib chiqib, organgan narsa-hodisalarni amalda qollaydi. Nerv toqimasi tarknbida faqat sezuvchi (markazga intiluvchi) va harakat (markazdan qochuvchi) nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi guruh - oraliq (assotsiativ) neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls otkazish vazifasini bajaradi. Masalan, impulsni ular afferent neyrondan efferent neyronga otkazishi mumkin. Umuman olganda, nerv toqimasi ikkita katta tarkibdan: oziga xos vazifani bajaruvchi nerv hujayralaridan va toqimada tayanch, trofik, sekretor, himoya vazifalarini bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan tashknl topgan. Bular hammasi bir butun holda organizmda morfologik va funktsional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashkil etadi.