Neyronlararo sinapslar Neyronlararo sinapslar nerv hujayrasi kismlarining bir-biri bilan birikadigan joyi bolib, ular asosan uch xil boladi. 1) Aksosomatik sinaps-birinchi neyronning akson osimtasi ikkinchi somatik neyron tanasi bilan tutashgan joy. 2) Aksodendritik sinaps-bu, birinchi neyron aksoni bilan ikkinchi neyron dendriti osimtasi tutashgan joy. 3) Aksoaksonal sinaps. Ikkita akson osimtasi ortasida sodir bolib, ma'lum bolishicha- bunday sinapslardan qozgatuvchi ta'sir otmaydi, ya'ni aksosomatik va aksodendritik sinapslardan otgan ta'sirni u tormozlab qoyadi, deb taxmin kilinadi. Sinapslarning shakli har xil bolishiga qaramay, ularning morfologik tuzilishi bir-biriga deyarli oxshaydi. Aksonning harakatlanadigan uchi qisman kengayadi, ichida esa kop miqdorda, har xil kattalikda, ya'ni 400-900 A ga teng pufakchalar paydo boladi. Bularga sinaptik pufakchalar deyiladi. Bu erda mayda mitoxondriylar ham kop uchraydi. Usimtalar ortasidagi sinapsda 200 A ga teng keladigan boshliq bolib, unga sinapslararo yoriq deyiladi. Unda spetsifik moddalar bolib, ularga mediatorlar deyiladi. Ularning vazifasi ta'sirning bir neyrondan ikkinchi neyronga otishini ta'minlashdir. Mediatorlar, odatda, nerv uchlaridan ajralib, sinaps boshligiga otadi. Neyronlar tipiga qarab mediatorlar har xil boladi. Xuddi shuningdek, ishlab chikaradigan, mediatorlariga qarab, neyronlar ham har xil boladi: 1. Xolinergik sinaps (atsegilxolin ishlab chiqaradi). 2. Adrenergik sinaps (dofamin, noradrenalin, ya'ni kate-xolaminlar ishlab chiqaradi). ' 3. Seratonin - ergik sinaps (serotonin ishlab chikaradi) 4. Peptidergik sinaps (peptid va aminokislotalar ishlab chikaradi). Keyingi vaqtlarda bulardan tashqari, boshka mediatorlar xam borligi aniqlandi, masalan, gistamin, glitsin shular jumlasidandir. har bir sinapslarda presinaptik va postsinaptik qutblar bolib, presinaptik kutbdagi membranalarda yuqorida korsatilgan mediatorlar ishlanib chiqadi. Postsinaptik membrana zsa oziga xos oqsil modda ishlab chikaradi 5. Elektrotonik sinaps - bunda nerv hujayralari bir-biri bilan zich birikib, urtasida sinaptik yoriq deyarli qolmaydi. Neyrosekretor hujayralar Ma'lumki, neyrosekretor hujayralar umurtkali hayvonlardan tashqari, umurtkasizlarda xam uchraydi. Neyrosekretor-hujayralar deyilishiga sabab ozida mukoproteid yoki glikoli-poproteid xossasiga ega bolgan sekret donachalarini tutgan ney-ronlardan iborat bolishidir. Endilikda ana shunday cekret ishlab chiqaruvchi neyronlar neyrosekretor hujayralar deb yuritiladigan boldi. Ular fiziologik jixatdan neyronlar-belgilariga ega bolishi bilan birga bez hujayralari xususiyatlarini ham ozida saqlagan boladi. Binobarin, xosil bolgan sekretlar hujayra aksonlari boylab okib kelib, oxirgi shoxlangan erda hujayradan chiqadi. Bu orinda shuni aytib» otish kerakki, hujayra mahsulotlari (sekretlar) sinaps yoriqiga emas, balki bevosita qonga yoki miya suyukligiga otadi. Sitoplazma kismida sekret pufakchalari va donachalari boladi. Umurtkali hayvonlarda bunday nerv hujayralari bosh miyaning gipotalamo-gipofizar kismida uchraydi. hujayralarning sekreti umurtkasiz hayvonlarda metamorfoz va xromotofor vazifalarini bajaradi, ya'ni hujayralarning tashqi rangini belgilaydi. Gipotalamus soxasidagi neyrosekretor hujayralar mahsu-lotining ximiyaviy tarkibiga kora ikki guruhga bolinadi: 1) peptidergik hujayralar; 2) monaminergik hujayralar. Nomidan korinib turibdiki, birinchisi peptid gormonlar ishlab chiqarsa, ikkinchisi monamin gormonlar - noradrenalin, serotonin, dofamin ishlab chiqaradi. Peptidergik gormonlar ishlab chiqaradigan neyrosekretor hujayralarni ham oz navbatida ikkiga bolish mumkin: a) vistserotrop gormonlar ishlab chikaradigan hujayralar va b) adenogipofizotrop gormonlar ishlab chiqaradigan hujayralar. Bulardan vistserotrop gormonlar vistseral organlarga ta'sir qiladi. Bunday gormonlarga: vazopressinlar va ularning gomologlari kiradi. Adenogipofizotrop gormonlar esa adenogipofizning bezsimon hujayralari faoliyatini boshkarib turadi. Bular orasida adenogipofiz hujayralarining bez funktsiyalarini kuchaytirib turadigan liberin yoki aksincha su-saytiradigan statinlar ham bor. Monaminergik gormonlar ishlab chiqaradigan neyrosekretor hujayralar oz neyrogormonlarini asosan gipofiz orqa bola-tining portal tomir sistemasiga chiqaradi. Shunday qilib, sut emizuvchi hayvonlarning gipotalamik neyrosekretor sistemasi sitologik jixatdan ham, gistologik jihatdan ham nihoyatda murakkab differentsiyalangan sistemadir. Ular nerv sistemasi bilan ham, endokrin sistemasi bilan ham yaqindan boglik faoliyat korsatadi.