Nerv uchlari (sinapslar) Barcha nerv hujayrasi tolachalarining uchi oziga xos tuzilishga ega bolgan strukturalar bilan tugallanadi. Bunga nerv oxirlari deyiladi. Bajaradigan vazifasi va morfologik tuzilishiga qarab nerv oxirlari uch xil boladi: 1) harakat (effektor) nervi oxirlari; 2) sezuvchi nerv oxirlari (retseptorlar); 3) neyronlararo sinapslar. Harakat (effektor) nervi uchlari Effektor nerv uchlarini tashkil etuvchi neyronlarga orqa miya bilan bosh miya somatik neyronlarining harakat organlariga tutashgan uchlari kiradi. Kondalang yolli muskul tolalaridagi harakat nervi uchlari nerv-muskul (aksomuskul}sinapslari deyiladi (63-rasm). Aksomuskul sinapslari nerv tolasi uchida va muskul tolasida impulsni qabul qiluvchi oziga xos yuza, ya'ni qutb hosil qiladi. Nerv tolalari muskul tolalariga tutashishdan oldin mielin qavatini yoqotadi, ok silindr tarmoqlanib, song sarkoplazma ichiga kiradi. Muskul tolalari ham shu erda ozining kondalang yolli tuzilishini yoqotadi. Bu erda mitoxondriylar soni kop boladi. Sarkoplazma bilan nerv uchlari ortasida kichik 50 A ga teng boshliq bulib, unga sinaps boshliqi deyiladi. Bundan tashqari, muskul tolalari mayda qatlam hosil kilib, ikkilamchi sinaptik boshliklar qosnl qiladi. Nerv tolalarining ustini orab turgan biriktiruvchi toqima muskul tolasining ustini orab turuvchi biriktiruvchi toqimaga tutashib ketadi. Aksonlar uchlarining membranasi tarkibida kop mikdorda atsetilxolin va noradrenalindan iborat mediatorlar uchraydi. Ular vaqt-vakti bilan ta'sirga javoban sinaps boshliklariga chiqib turadi.U erda atsetilxolinestereza fermenti ta'sirida mediatorlar tezda parchalanib, ta'sir qilish kuchi chegaralanib turadi. Shu qisqa vaqt ichida impulslar muskul tolasiga otadi va uning harakatini ta'minlaydi. Sillik muskullarda bu apparat kondalang yolli muskul-lardagiga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Bu erda ham nerv uchlari muskul hujayralariga tutashishdan oldin mielin qavatini yokotadi. Uq silindrlar qisman tarmoklanib, muskul hujayrasi ustiga tutashadi, lekin sarkoplazma ichiga otmaydi. Tutashgan joyida nerv uchlari qisman yogonlashib kengayadi. Bu erda ham impulsni sinaps boshliqidagi mediatorlar otkazadi. Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar) Tashqi va ichki ta'sirni, odatda, sezuvchi nerv uchlari qabul qiladi, ularni fanda retseptorlar deyish rasm bolgan. Binobarin, retseptorlar sezuvchi nerv uchlari bolib, ta'sirni qabul qilish va uni impulsga aylantirish, markaz tomon uzatib berish xususiyatiga ega. Xamma retseptorlar ikkita katta guruhga bolinadi: 1) eksteroretseptorlar - ta'sirni tashqi muhitdan qabul qiladigan retseptorlar; 2) interoretseptorlar-ta'sirni organlarning ichki qismidan qabul qiladigan retseptorlar. Bundan tashqari, ta'sirni qabul qilish xarakteriga qarab, yana bir necha xil retseptorlar uchraydi. Masalan, issiq-sovuqni sezadigan retseptorlar (termoretseptorlar), baroretseptorlar (bosimni sezadigan), xemoretseptorlar (kimyoviy ta'sirni sezadigan), mexanoretseptorlar (mexanik ta'sirni sezadigan) va hokazo. Ogriqni sezuvchi retseptorlar ham shular jumlasiga kiradi. Ular ogriqni sezib, alohida ingichka mielinsiz nerv tolalari orqali impulsni MNS ga uzatadi. Sezuvchi nerv uchlari morfologik tuzilishiga kora ikkita katta guruhga bolinadi: 1) erkin sezuvchi nerv uchlari. Bunda oq silindr nerv uchlarining tarmoqlari bevosita innervatsiya qilishi kerak bolgan toqima hujayralari orasida yotadi (masalan, Merkel hujayralari); 2) erkin bolmagan sezuvchi nerv uchlari. Bunga nerv tolalarining hamma komponentlari, ya'ni oq silindr tarmoqlari, ta'sirni v;abul kilishga moslashgan gliya va epiteliy hujayralari kiradi. Erkin bolmagan nerv uchlari, bundan tashqari, biriktiruvchi toqimadan iborat kapsula bilan oralgan-oralmaganligiga qarab ham ikkiga bolinadi: 1) kapsulaga oralgan nerv uchlari. Bunda nerv uchlari biriktiruvchi toqimadan iborat kapsulaga oralgan boladi; 2) kapsulaga oralmagan nerv uchlari-kapsulasi bolmaydi. Yuqorida barcha nerv uchlari oziga xos fiziologik xususiyati va morfologik tuzilishiga kora bir-biridan farq qiladi, deb aytib otgan edik. Shulardan ayrim nerv uchlari bilan tanishib chiqamiz. Merkel disklari yoki hujayralari. Erkin nerv uchlariga kiruvchi bu nerv tolalari odatdagidek epiteliy qatlamiga kelib mielin qavatini yoqotadi va oxirgi terminal tarmoqlari toqima hujayralari ichiga tarkaladi. Buning xarakterli tomoni shundaki, bunday nerv uchlarida terminal tarmoqlardan tashqari, spetsifik ozgarishga ega bolgan hujayralar ham uchraydi. Bunga sezgi (idrok) disklari yoki Merkel hujayralari deyiladi. Bu hujayralar oqish boyalgan sitoplazma va yassilangan yadrosi hamda diametri 100 mk atrofidagi osmiofil donachalari bilan ajralib turadi. Nerv tarmoqlari ana shunday hujayralar bilan tutashib nozik tor shaklida sezuvchi nervlar uchini hosil kiladi. Sezgi (idrok) disklari, odatda, teri epiteliysining sezish xususiyati kuchli bolgan joylarda kop uchraydi. Fater-Pachini tanachasi . Biriktiruvchi toqimadan iborat kapsulali sezuvchi nerv uchi bolib, ichki organlarda (ichak devorida, me'da osti bezi, tomirlar va bogimlar atrofida) boladi. Koproq teri ostida uchraydi. Kapsulaning ortasida kolbasimon Shvann gliyasining ozgargan hujayralaridan tarkib topgan, tarmoqlangan nerv uchlari joylashgan. Odatda, nerv tolasi kapsulaga kirish oldidan mielin qavatini yoqotadi va ichiga faqat oq silindrning ozi kiradi. Plastinkasimon kapsula fibroblast hujayralari va spiral xolda joylashgan kollagen tolachalardan hosil bolgan. Kapsula bilan kolbaning chegarasida, ya'ni dendritning uchi bilan kapsula ichki chegarasida kontakt bolishini ta'minlab turuvchi gliyalardan xosil bolgan hujayralar bor. Plastinkasimon tanachaga tekkan qar qanday ta'sir tezda nerv uchlariga yetkazib beriladi. Meysner tanachasi. Bu ham biriktiruvchi toqimadan iborat kapsulaga oralgan sezuvchi nerv uchlariga kiradi. Bunga sezuvchi tanacha yoki Meysner tanachasi deyiladi. Tanachada oziga nisbatan perpendikulyar xolda oligodendrogliya hujayralari joylashgan. Kapsulasi nisbatan yupqa kollagen tolachalardan tashkil topgan. Boshqa tanachalarga oxshab nerv tolasi tanachaga kirish oldida mielin kavatini yoqotadi va kapsula ichida oq silindr tarmoqlanib, gliya hujayralari yuzasidan joy oladi, Bunday sezuvchi tanachalar teri sorgichlari tarkibida uchraydi. Genital tanachalar jinsiy organlarda, organizmning boshka joylarida, biriktiruvchi toqima tarkibida ham uchraydi. Boshka tanachalardan asosiy farqi shundaki, bunda kapsula tanachasiga odatdagidek bitta nerv tolasi kirmay, balki bir nechta nerv tolasi (2-3 tagacha) kiradi va kop mikdorda oxirgi tarmoqlarni hosil qiladi. Krauze kolbasi kop tarmoqlangan bolib, bu ham tashqi bi-riktiruvchi toqimadan iborat kapsula va uning ichida joylashgan oxirgi sezuvchi tarmoqlarni orab turuvchi neyroglial kolbadan tashkil topgan. Adabiyotlarda yozilishicha, bu tanacha issiq-sovuqni sezishda ishtirok etadi. 6) Skelet muskullaridagi retseptorlar morfologik tuzilishiga kora boshqa nerv uchlariga qaraganda oziga xos tuzilishga ega. Ular nerv-muskul duklari deb xam yuritiladi. Ular tashki tomondan biriktiruvchi toqimadan iborat kapsula bila» oralgan bolib, ichida bir nechta yogon va ingichka muskul tolalari bor. Bu orinda skelet muskullari ozining kondalang .yolli tuzilishini yokotgan. Tolachalar orasida oziga xos toqima suyuqligi boladi. Markazda joylashgan har bir muskul tolasi juda kop sezuvchi nerv uchlari bilan spiral shaklda chirmashib ketgan. Muskul tolachalarining ayrimlaridagi yadrolar tolaning ortasida top-top bolib turadi. Shu xususiyatlarga asoslanib, ular yadrolar xaltachasi deyiladi. Boshqa muskul tolachalarida esa yadrolar tolacha boylab uzunasiga zanjirga oxshab joylashgan. Dukning kengaygan kop yadroli markazini ekvatorial zona deyiladi. Bu erda yadrolar top-top bolib joylashgan va tolalar uchi dukning karama-qarshi qutblarida yakunlanadi. Tuzilishi jihatidan ular harakat nervi uchlariga, motor pilakchalariga oxshaydi.