Mavzu: Nerv to‘qimasi



Yüklə 63,28 Kb.
səhifə2/5
tarix27.04.2023
ölçüsü63,28 Kb.
#103304
1   2   3   4   5
Mavzu Nerv to‘q-WPS Office

Nerv hujayrasi (neyron)
Nerv hujayrasi (neyrotsit yoki neyron) nihoyatda ixtisosdashgan murakkab morfologik tuzilishga ega bo’lib, har xil tashqi va ichki ta'sirni qabul qilib, uni impulsga aylantirish va hujayra o’simtalari orqali uzatib berish xususiyatiga ega. Neyron sitoplazma va yadro qismlarini tashkil etuvchi tanasi, ya'ni perikariondan hamda bir nechta o’simtalardan tarkib topgan. Ayniqsa uning o’simtalari juda ko’p bo’lib, ulardan bittasi uzun bo’ladi, mana shu uzuni akson yoki neyrit deyiladi. Neyrit orqali hujayra tanasidan boshqa nerv o’simtasiga yoki harakat organlariga impuls o’tkaziladi. Aksonning uzunligi bir necha mikrondan 1-1,5 metrgacha bo’lishi mumkin. Uning yo’g’on-ingichkaligi butun uzunligi bo’ylab bir xil. Ayrim vaqtlarda u yon tomonlarga o’simtalar chiqaradi, ularga yon kollateral o’simtalar deyiladi. Neyronning qolgan o’simtalari kalta bo’lib, ular dendritlar deyiladi. Dendritlar, odatda, hujayra tanasidan yo’g’on bo’lib chiqib, uchiga tomon ingichkalashib boradi. Ular ikkinchi nerv hujayrasi o’simtalari bilan tutashib, sinapslar hosil qiladi. Sinaps ikkita neyron o’simtalarining bir-biri bilan tutashgan qismidir. Ular impulsni bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tkazish funktsiyasini bajaradi. Ayrim vaqtlarda dendritning uchlari ta'sirni qabul qiladigan retseptorga aylanib, ta'sirni qabul qilishda ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmida uchraydigan neyronlar o’zidan chikaradigan o’simtalarning soniga qarab quyidagilarga bo’linadi:
1. Unipolyar (latincha unus - bir degani) - bir qutbli ya'ni bir o’simtali neyronlar.
2. Bipolyar. (latincha bi - ikki degani) - ikki qutbli» ya'ni ikki o’simtali neyronlar.
3. Multipolyar (latincha mulfum - ko’p degani) - ko’p qutbli, ya'ni ko’p o’simtali neyronlar.
Unipolyar neyronlarning tanasidan, odatda, bitta o’simta chiqadi. Ular qatoriga dendrit o’simtalari paydo bo’lmaydigan neyroblast hujayralari kirishi mumkin. Unipolyar neyronlar asosan umurtqasiz xayvonlar organizmida uchraydi. Odam tanasida esa bunday neyronlar bo’lmaydi.
Bipolyar neyronlar qarama-qarshi qutblaridan ikkiga o’simta chiqaradi. Bittasi akson, ikkinchisi dendrit vazifasini bajaradi. Bipolyar neyronlar ham odam organizmida kam uchraydi. Ular faqat ko’zning to’r pardasida, ichki quloqning spiral gangliyasida hamda xid bilish organlarida uchraydi. Bipolyar neyronlar ko’proq hasharotlar terisida bo’ladi. Ayrim ada-biyotlarda psevdounipolyar neyronlar qatoriga qo’shib o’rganiladi. Buni yodda tutish kerak. Psevdounipolyar neyronlar tanasidan, odatda, bitta o’simta chiqib, so’ng u «T» harfi singari ikkiga ajraladi. Lekin o’simtaning o’zagi bitta bo’ladi. Shuning uchun ularni psevdounipolyar deyiladi. O’simtalarning bittasi dendrit vazifasini bajarsa, ya'ni ta'sirni qabul qilsa, ikkinchisi akson vazifasini o’taydi, ya'ni ta'sirni markazga etkazib berishda ishtirok etadi.
Multipolyar, ya'ni ko’p qutbli (tarmoqli) neyronlardan qar tomonga qarab bir nechta o’simta chiqadi. Ularning bittasi, odatda, uzun bo’lib, akson vazifasini bajarsa, kolganlari mayda, kalta bo’lib, dendrit rolini o’ynaydi. Multipolyar neyronlarga orqa miyaning barcha xarakat neyronlari kiradi.
Nerv hujayrasining morfologik guzilishi
Nerv hujayrasi morfologik tuzilishiga ko’ra, tana, ya'ni perikarion va o’simtalardan tashkil topgan. Tana qismi yadro, sitoplazma, organoidlar va o’ziga xos kiritmalardan iborat. O’simtalari esa akson va dendritlardan iborat. Yadrosi, odatda, yumaloq yoki oval shaklda bo’lib, har bir hujayrada bitta bo’ladi, kamdan-kam ikkita yoki ko’p yadroli nerv hujayralari uchraydi. Masalan, prostata bezining nerv sistemasini tashkil qiluvchi neyronlarda ko’p yadroli nerv hujayralari bor. Ularning soni 15 tagacha etadi. Neyronlarda intensiv ravishda fiziologik jarayonlar kechishi natijasida yadro tarkibida xromatin moddasi kamroq bo’ladi. Bitta yoki-ikkita RNK ga boy yadrochaga ega. Sitoplazmasi (neyroplazmasi) tarkibida hamma organoidlar va spetsifik hujayra kiritmalari: mitoxondriylar, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi (apparati), sentrosoma, lizosoma, neyrotubula va neyrofilamentlar, spetsifik elementlardan - neyrofibrillalar va tigroid moddalar uchraydi.
Neyrofibrillalar perikarion bo’shliqi va o’simta ichini to’ldirib turadigan ingichka ipsimon o’simta bo’lib, kumush nitrat tuzi bilan bo’yalgan preparatlarda yaxshi ko’rinadi. Elektron mikroskopda aniqlanishicha, miofibrillalar nerv. hujayrasining uzunasi bo’ylab joylashgan bo’lib, ko’ndalang kesimining diametri 500 A ga teng. Xarakterli tomoni shundaki, miofibrillalar hujayraning tana kismida har tomonga yo’nalgan, nozik chigallangan to’rsimon shaklda joylashsa, o’simtalarda bir-biriga nisbatan to’g’ri, parallel joylashgan bo’ladi.Tigroid modda faqat neyron perikarioni va dendrit bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda zich joylashgan neyrofibrillalar tutami hosil qilgan shaklda ko’rinadi. Ayrim vaktlarda esa tolachalar bir-biri bilan yopishib miyaning eslab kolish xususiyatiga ta'sir qiladi.
Keyingi vaqtlarda elektron mikroskopda tekshirish shuni ko’rsatdiki, neyrofibrillalar to’rsimon shaklda joylashgan ikki xil mayda tolachalardan (fibrillalardan) tarkib topgan ekan. Ulardan birinchisi - diametri 60-100 A ga teng ney-roprotofibrillalar yoki neyrofilamentlar bo’lsa, ikkinchisi - diametri 200-300 A ga teng neyronaycha yoki neyrotubulalardir. Bular kumush nitrat tuzi bilan bo’yalgan gistologik preparatlarda ko’shilnb ketib, yo’g’on miofibrillalarga o’xshab ko’rinadi. Tirik hujayralarda bu protofibrillalar deyarli ko’rinmaydi. Neyronaychalar oqsillardan tashkil topgan nozik struktura bo’lib, faqat elektron mikroskopda yaxshi ko’rinadi. Preparatlarni elektron mikroskop yordamida ko’rilganda ularni fiksatorlardan o’tkazish jarayonida neyronaychalar neyrofilamentlarga yopishib yo’g’on bir neyrofibrillalar tolasiga o’xshab ko’zga tashlanadi.
Tigroid modda nerv hujayrasining sitoplazmasida uchraydigan o’ziga xos kiritma bo’lib, gistologik preparatlarda har-xil kattalikda granula (donacha)larga o’xshab ko’rinadi. Oldin adabiyotlarda bular Nissel tanachalari deb yuritilar edi. hozir esa bu modda tionin va ko’k toluidin bo’yoqlarda to’q bo’yalgani uchun bazofil modda deb ham yuritiladi. Tigroid modda faqat neyron perikarioni va dendrit o’simtasi tarkibida uchrab, akson (neyrit) tarkibida uchramaydi. Aksonning hujayradan chiquvchi o’zagida ham topilmagan. Tigroid modda tarkibida ko’p mihdorda ribonukleoproteid hamda ma'lum miqdorda glikogen va oqsil moddalar topilgan. Elektron mikroskopda tekshirish shuni ko’rsatdiki, tigroid modda asosan donador endoplazmatik to’r yiqilgan joyda ko’p uchrar ekan.
Yuqorida aytib o’tilganidek, akson tarkibida oqsil sintezlovchi organoidlar xamda tigroid modda bo’lmaydi. U erda hujayra o’simtasi o’q kismini tashkil kiluvchi neyrofibrillalardan tashqari, tanasidan aksonning uchi tomon sutkasiga millimetr va undan xam ko’prok tezlikda muttasil oqib turadigan hujayra plazmasi bor. Tigroid modda miqdori hujayralarning fiziologik holatiga qarab doimo o’zgarib turadi. Neyronning fiziologik vazifasi kuchayganda yoki unga uzluksiz ta'sir qilinsa, tigroid modda asta-sekin kamayib borib, hatto yo’qolib ketishi mumkin. Aksincha, hujayraga dam berilsa, tigroid miqdori qayta yana tiklanadi. Nerv hujayralarida sodir bo’ladigan har xil patologik jarayonlarda (yalliqlanish, intoksikatsiya, degeneratsiya va boshqa holatlarda) ham tigroid modda miqdori o’zgarib turadi. Demak, ma'lum bo’lishicha, tigroid moddaning miqdori va sifati nerv hujayralarining fiziologik qolatiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Nerv hujayrasining o’simtalari asosan tashqi va ichki ta'sirni markazga va u erdan javob impulsini xarakat organlariga uzatib berish vazifasini bajaradi. Ular organizm nerv sistemasining bir butunligini ta'minlaydi. Nerv o’simtalarining o’rtasida uning o’q qismi yotadi, uning ustidan esa yumshoq parda o’rab turadi. Bunga mielin parda deyiladi. Ayrim nerv o’simtalarining pardasi bo’lmasligi ham mumkin, ya'ni o’simta faqat o’q kismdan tashkil topgan bo’ladi. Nerv hujayralari pardasi bor-yo’qligiga qarab ikkiga, ya'ni mielinsiz va mielinli nerv tolalariga bo’linadi.
Mielinsiz nerv tolalari ko’z, quloq hamda achchik va chuchukni sezadigan organlar va vestibulyar apparatning nerv sistemasini tashkil etadi. Ular ko’pgina vegetativ nerv sistemasida uchraydi. Bu nerv sistemasi yuksak darajada ixtisoslashgan bo’lib, organizmning tashqi muhit bilan moslashishini ta'minlaydi. har bir nerv tolasi tarkibida 3-20 tagacha o’q silindr, uchraydi. Ayrim vaqtlarda boshka neyronning o’q si-lindri ham qo’shilib ketishi yoki ajralib boshqa neyronga o’tishi mumkin. Ularning bunday tuzilishiga kabelsimon o’q silindrlar deyiladi. har bir o’q silindr tashqi tomondan Shvann hujayralaridan (sinonimlari - lemmotsit, neyrolemmotsit, olegodendrolemmotsit, glial hujayralar) tashkil topgan yupqa parda bilan o’ralgan bo’ladi, mielin pardasi bo’lmaydi. Odatda, Shvani hujayralarining o’q qismini ikki tomondan (membranalari uzilmasdan) asta o’rab o’z ichiga oladi. Bu fagotsitoz xususiyatiga ega bo’lgan hujayralarning mikroorganizmlarini ikki tomonidan o’rab qamrab olishga o’xshaydi. Uq hujayralari ikki yon tomonidan o’rab keluvchi Shvann hujayralarining uchlariga mezakson deyiladi. Nerv tolachasining tar-kibidagi o’q silindrning soniga qarab mezakson qam bir nechta bo’lishi mumkin.
Oddiy mikroskopda mielinsiz nerv tolachalari xuddi o’q silindrdan tashkil topgan tutamlarga o’xshaydi. Ularning ustini o’rab turuvchi lemmotsitlar ham yadrosi bilan yaxshi ko’rinadi. Fakat ularning chegaralari va mezaksonlari ko’rinmaydi. Mielinsiz tolalardan impuls ancha sekin - 1 mG`sek tezlik bilan o’tadi.
Mielinli nerv tolalari organizmda ko’p uchraydi. Masalan, periferik va MNS neyronlari mielinli nerv tolalaridan tashkil topgan. Xarakterli tomoni shundaki, mielinli nerv tolalarida o’q silindrlar, odatda, bitta bo’lib, o’ziga tegishli mielin pardaga ega. Mielin parda asosan lipidlardan tashkil topganligi uchun osmiy kislotada yaxshi bo’yalib, mikroskopda to’q jigarrang bo’lib ko’rinadi. Aksonning ayrim qismlarida mielin modda uchramaydi. Bunday kismlar bo’g’ilmalar yoki Ranve bo’g’ilmalari deb yuritiladi. har bir bo’g’ilma qo’shni Shvann hujayralari chegaralariga to’g’ri keladi. Tolaning ikki bo’g’im orasidagi qismi mielinsiz segment deb zoritiladi. har bir tolaning muayyan oralig’ida mielin mod-dani qiyshiq holda kesib o’tgan oqish kesmani ko’ramiz, unga Shmidt-Lantermsm qiyiqlari deyiladi. hozir zamonaviy elektron mikroskopda tekshirish usullari joriy qilinishi bilan nerv tolalaridagi bo’g’ilmalar, kiyiqlar va Shvann hujayralari hamda ular orasida joylashgan mielin qavatlarini batafsil o’rganish imkoniyati tug’ildi. Endi ma'lum bo’lishicha, har bir bo’g’ilma ikkita lemmotsitlarning, ya'ni Shvann hujayralarining chegarasi bo’lib, bu erda ko’plab mitoxondriy va mikrovorsinkalar bor.
Mielin qavati, odatda, nerv to’qimasining rivojlanishi davridan boshlab hosil bo’la boshlaydi. Bunda tolachalarni oldin lemmotsitlar ikki tomondan o’rab oladi, ya'ni mezakson hosil qiladi. Rivojlanishning so’nggi davrlarida o’q silindr atrofida mielin qavat hosil bo’ladi. Uning ustidan esa lemmotsit hujayralari o’rab turadi. Ilgarilari bu pardani o’ziga mustaqil Shvann hujayralaridan tashkil topgan parda deyilar edi. Shvann pardasining ustidan bazal membrana bilan biriktiruvchi to’qima pardasi o’rab turadi, unga endonevriy deyiladi. Mielinli nerv tolasidan impulslarning o’tish tezligi ancha yukori - 70-100 mG`s.

Yüklə 63,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin