Mavzu: Nerv to‘qimasi



Yüklə 63,28 Kb.
səhifə5/5
tarix27.04.2023
ölçüsü63,28 Kb.
#103304
1   2   3   4   5
Mavzu Nerv to‘q-WPS Office

Neyrogliyalar
Neyrogliyalar nerv to’qimalaridagi yordamchi struktura elementlari qatoriga kiradi. Ular nerv to’qimalarida tayanch, chegaralab turish, gomeostatik, himoya va trofik vazifalarni bajaradi. Organizmning embrional rivojlanishi davrida neyrogliyalar ektodermadan rivojlanadi.
Neyrogliya ikkiga bo’linadi: makrogliya - gliotsitlar va mikrogliya - glial makrofaglar (65-rasm). Uz navbatida makrogliyalar bir necha xilga bo’linadi: ependimogliya, astrotsitgliya, multipotentsialgliya va oligodendrogliyalar.
Makrogliyalar (gliotsitlar)
1. Astrotsitgliya (astrotsitlar) nerv to’qimasida ko’p bo’ladi va o’ziga xos tayanch vazifasini bajaradi. Uzi mayda bo’lishiga ]qaramay, talaygina o’simta chiqaradi. Ular asosan ikki xil: protoplazmatik (plazmatik) va tolali (fibroz) astrotsitlar bo’linadi.
Protoplazmatik (plazmatik) astrotsitlar asosan markaziy nerv sistemasining kulrang moddasi tarkibida bo’ladi. hujayra tanasi yumaloq yoki oval bo’lib, sitoplazmasida xromatin moddasi siyrak bo’lgan yadro joylashgan. Astrotsit tanasidan har tomonga ko’plab yo’g’on, bo’yiga kalta o’simtalar chiqadi. Sitoplazmasi boshqa hujayralarnikiga nisbatan tiniq, fibrillalari kam. Elektron mikroskop yordamida tekshirishlar sitoplazmasida protofibrillalar tutamlari borligini ko’rsatdi. Unda donador endoplazmatik to’r kam rivojlangan, lekin mitoxondriy nisbatan kam. hujayra kiritmalaridan glikogen topilgan. Protoplazmatik astrotsitlar asosan chegaralab turish va trofik vazifalarni bajaradi. Tolali (fibroz) astrotsitlar asosan markaziy nerv sistemasining ok moddasi tarkibida uchraydi. Uzidan uzun va kalta o’simtalar chiqarib, to’rsimon tuzilishga o’xshab turadi. Uzun o’simtalarning uchi bir oz kengayib kapillyar tomirlarga, kalta o’simtalari esa bosh miyaning yumshoq pardasiga borib tutashadi, shu erda u hujayra membranasi bilan chegaralab turish vazifasini o’taydi. Sitoplazmasi tarkibida ko’plab argirofil tolachalar bor. Elektron mikroskopda tekshirib, unda protofibrilla tutamlari bilan mikronaychalar borligi aniqlandi. Endoplazmatik to’r deyarli uchramaydi, mitoxondriy xam kam uchraydi. Umuman unda hujayra organoidlari kam rivojlangan bo’ladi.
2. Ependimogliya (zpendimotsitlar) kubsimon, bir qator joylashgan hujayralardir. Asosan orka miya kanali va bosh miya kanalchalarining ichki yuzasini xuddi epiteliy to’qimasiga o’xshab qoplab turadi. hujayraning apikal kismida mayda kiprikchalar bo’lib, ular muttasil tebranib turadi va shu bilan orqa hamda bosh miya bo’shlig’idagi suyukliklarni siljitib turadi. Uning bazal qismidan ham bir nechta uzun o’simta chikib, miyaning oq va kulrang qismlaridagi nerv hujayralarining o’simtalari bilan tutashadi. Ba'zi hujayralar tarkibida sekretor pufakchalar topilgan, ular sekretini orqa miya suyukligiga chiqarib beradi. hujayraning sitoplazmasi markazida joylashgan yadro atrofida yirik mitoxondriylar, yog tomchilari va pigment donachalari uchraydi.
3. Oligodendrogliya (olegodendrotsitlar) boshqa gliya hu-jayralariga nisbatan ko’p uchraydi. Markaziy nerv va peri-ferik nerv sistemasida nerv hujayralari bilan o’simtalarining ustini qoplab turadi. Bundan tashqari, ular nerv uchlarida ham bo’lib, impulslarni kabul kilish va uzatishda aktiv ishtirok etadi.
Oligodendrogliyalarni elektron mikroskopda o’rganish shuni ko’rsatdiki, ularning tuzilishi nerv hujayralari tuzilishiga o’xshasada, lekin tarkibida neyrofilamentlar yo’k ekan. hujayra tanasi yumaloq, undan bir nechta kalta o’simtalar chikadi. Olegodendrotsitlar nerv va hujayra tolalari ustini xuddi Shvann hujayralariga (lemmotsitlarga) o’xshab o’rab turishda ishtirok etadi. Nerv hujayralarining regeneratsiyasi va degeneratsiyasi jarayonida ishtirok etadi. Ma'lum bo’lishicha, bu gliyal hujayralari qon tomirlar bilan bevosita aloqada bo’lib oziq moddalarni qayta ishlab nerv hujayralariga uzatadi.
4.Multipotentsial gliya mayda hujayra bo’lib, o’zidan talaygina o’simtalar chikaradi. Uning boshka gliya hujayralaridan farqi shundaki, bu hujayra yuksak darajada tabaqalanish va o’ta ko’payish xususiyatiga zga. Ayrim vaqtlarda u astrotsit va olegodendrotsit hujayralarga aylanadi. Bunday hollarda ularning sitoplazmasi qismida shu hujayralarga xos mikronaychalar, glikogen, neyrofilamentlar, mikrostruktura elementlari paydo bo’ladi. Ba'zan esa multipotentsial gliya makrofaglarga ham aylana oladi. Gistoximiyaviy usul bilan tekshirishlar ularda nordon fosfat aktiv bo’lishini, lizosomalar ko’p ekanligini ko’rsatadi.
Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, multipotentsial hujayra katta organizmda kam tabaqalanadigan neyrogliya hujayralari qatoriga kiradi. Ular nerv to’qimada regeneratsiya hamda ximoya vazifalarini bajarishda ishtirok etadi.
Mikrogliyalar (glial makrofaglar). Organizmning embrional rivojlanishi davrida mezenxima hujayralaridan hosil bo’ladi. Ular nerv to’qimasi tarkibida ko’p tarqalgan bo’lib, qon tomirlar atrofida fagotsitoz vazifasini bajaradi. Ko’pgina o’simtalari yordamida ko’chib yurish xususiyatiga ega, yadrosi yumalok, xromatin moddasi ko’p. Ko’chib yurganida hujayra shakli o’zgaradi.
Nerv to’qimalarining rivojlanishi va regeneratsiyasi
Nerv to’qimalarining rivojlanishi. Nerv to’qimalari organizmning embrional rivojlanishi davrida ektodermadan hosil bo’ladi, ya'ni dastlabki davrda ektodermaning dorzal qismida kam tabaqalangan, ko’payish xususiyatiga ega hujayralardan nerv plastinkalari hosil bo’ladi. Nerv plastinkalarining chetlari asta-sekin yo’g’onlashib borib nerv naychasiga aylanadi. Silindr shaklidagi hujayralar ko’payishi natijasida nerv naychasi qalinlashib uch qavatga bo’linadi: ichki - ependima qavati, o’rta-mantiya qavati (yoki yopkich kavat), tashqi - chekka vual qavati. Bu qavat asosan oldingi kavat hujayralarining o’simtalaridan tarkib topadi. Ikkinchi va uchinchi kavatlar birinchi qavatni tashkil etuvchi hujayralarning ko’payishi va boshqa joyga ko’chishi natijasida hosil bo’ladi. Bu qavatlar hujayralaridan neyroblast, spongioblast hujayralari va neyroblast o’simtalari paydo buladi.
Neyronlar xosil bo’lishida dastlab nerv sistemasining o’zagi deb atalmish neyroblastlar hosil bo’ladi. Neyroblastlarning o’simtalari esa bir tomonga yo’nalib (o’sib) markaziy nerv sistemasi bklan periferik nerv sistemasi o’rtasida impuls o’tkazuvchi «yo’l» ga aylanadi. Neyrogliya hujayralari paydo bo’linishida esa oldin spongioblastlardan ependima hu-jayralari, so’ng oligodendrotsitlar hosil bo’ladi. Oligodendrotsitlar bo’lsa, nerv naychasi tashkarisiga chiquvchi aksonlar tutamiga ko’shiladi. Keyin yalang’och kolgan aksonlar asta-sekin nerv tolalariga aylanadi va hokazo.
Nerv to’qimalarining regeneratsiyasi. Nerv to’qimalari re-generatsiyasi xakida shuni aytish mumkinki, masalan, nerv tolasi shikastlansa, shikastlangan joyidan buyog’i degeneratsiyaga uchraydi, ya'ni ajrab kolgan o’simta kesigi yo’g’onlashib va ingichkalashib 2-5 kun deganda yorilib bo’lakchalarga bo’linib ketadi. Keyinchalik ko’p o’tmay, bu bo’lakchalar multipotentsial gliyalar, leykotsitlar va astrotsitlar ishtirokida fagotsitoz kilinadi va so’rilib ketadi. qavat-qavat bo’lib turgan mielin qoldiqlarini esa yuqoridagi hujayralar kamrab oladi. Natijada ular sitoplazmasida ko’plab qavatma-kavat mielinli tanachalar paydo bo’ladi. Neyronning shikastlangan joyidan buyog’idagi kesik o’simta emirilayotganda multipotentsial glial hujayralar bilan astrotsitlar nobud bo’lmaydi, aksincha, zo’r berib mitotik bo’lina boshlaydi. Nerv tolalarining qoldiqini hazm qilib bo’lgach, uzun tasma hosil qiladi. Nariroq borib esa mana shu lemmotsit tasmalaridan o’simtalar chiqadi, ulardan esa keyinchalik neyron tanasi bilan bog’lanadigan oraliq o’simtalar hosil bo’ladi. Shikastlangan nerv tolasi o’rnida shu usulda yangi tolalar hosil bo’ladi. Ammo markaziy nerv sistemasining shikastlangan joyida bunday mitotik bo’linish yuz bermaydi.
Demak, unda regeneratsiya jarayoni bormaydi. Nerv to’qimasining hujayraviy regeneratsiyasi bo’lmasligi, hujayra ichki regeneratsiyasining bo’lishi uning vazifasiga bog’likdir. Chunonchi, bosh miya po’stlog’ining yoki orqa miyaning vazifasi atrofdagi va hatto uzoqda joylashgan turli xil organlardagi neyronlar va boshqa to’qima hujayralari bilan muttasil bog’liqdir. Chunki ularda neyron tanasini tomirlar, muskullar, bezlar va boshka a'zolar bilan tutashtirib turuvchi minglab o’simtalar borki, shu o’simtalar yordamida bosh miya ham, orqa miya ham «xabardor» bo’lib turadi. Bordi-yu, hujayralar bo’linishi yo’li bilan regeneratsiya bo’ladigan bo’lsa, mazkur bog’lanishlar buzilib ketgan bo’lur edi. hujayra ichida regeneratsiya bo’lganda esa neyronlarning bog’lanishi buzilmay qoladi, hujayra ichidagi elementlar esa yangilanadi va hokazo. Nerv to’qimalarining bunday regeneratsiyasi aniqlangach shu vaqtgacha fanda nerv hujayralari ko’paymaydi, hayvonlar embrionida qancha neyron bo’lsa, shuncha neyron bilan yashab o’tadi, degan nazariyaga chek ko’yildi. Yangi tuqilgan hayvon bolasining ovqat hazm kilish sistemasidagi neyronlar soniga qaraganda voyaga etgan xayvonlar ovkat hazm qilish sistemasidagi neyronlar soni ancha ortiq bo’lishi hozir fanga ma'lum. Bu ikki yo’l bilan: kam tabaqalangan neyroglial elementlarning yashash mobaynida (tuqilgandan keyin) neyronlarga aylanishi orkali va tabaqalanib bo’lgan nerv hujayralarining ichki mitotik bo’linishi orkali yuzaga keladi. hayvonlarning biror organi (masalan, oyoqlari)ning nervi shikastlanishidan harakatdan qolsa yoki sezgisini yo’qotsa va vaqt o’tishi bilan bu holat tiklanishi mana shu nerv hujayralari regeneratsiyasi tufayli sodir bo’ladi. Buni yukorida nerv tolasi shikastlangandagi degeneratsiya va regeneratsiya hodisasi misolida ko’rib o’tdik.
Shunday qilib, gistologiya hayvonlar (odamlar) to’qimalarining tuzilishini o’rganar ekan, biologiyaning bir tarmog’i sifatida uni to’ldirib turadi, unga asos bo’ladi, poydevor vazifasini o’taydi. To’qimalarning normal patologik xolatlardagi tuzilishini yoki o’zgarishini bilish bilangina ularning funktsiyasi xususida aniq va to’g’ri xulosa chikarish mumkin. Binobarin, to’qimalarning mikroskopik, ultramikroskopik va molekulyar tuzilishini o’rganish, tadkik kilish va nixoyat ularni funktsiyalari bilan bog’lash xozirgi zamon gistologiyasining eng muhim vazifasidir. Shunda biologiyada organizmlarning funktsional qonuniyatlarini yana ham chuqurroq tadqiq kilish ishiga xissa qo’shilgan bo’ladi. Chunki to’qimalarning tuzilishi bilan funktsiyasi bir-biriga chambarchas bog’langan. Birini bilmaslik, tushunmaslik ikkinchisini rad etish demakdir. Demak, to’qimalarning gistologik tuzilishini bilish bilan ularning fiziologik jihatlarini xam bilish mumkin bo’ladi.

I. Mavzuga doir nazarat savollar.
1. Nerv to'qimasiga tushuncha.
2. Neyronlarga harakteristika.
3. Neyronlarning morfologik klassifikasiyasi.
4. Neyronlarning funksional klassifikasiyasi.
5. Neyronlarning xususiy organellari.
6. Neyronlarning o'siqlarini farqlari.
7. Reflektor yoy tushunchasi.
8. Monosinoptik reflektor yoyi.
9. Polisinopstik reflektor yoyi.
10. Nerv to'qimasining rivojlanishi.


Yüklə 63,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin