Mavzu: nostandart masalalarni yechishni o'rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o'rgatishda reja



Yüklə 42,61 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü42,61 Kb.
#208695
1   2   3
REFERAT

5. Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so'ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko'p bo'lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so'ng qo'yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko'rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz

  1. Algoritmning asosiy xossalarini aytib bering.

  2. Ijrochining ko'rsatmalar majmui nima?

  3. Algoritmning ommaviylik xossasini ochib beruvchi misollar keltiring.

  4. Chekli qadamlardan so'ng natija bermaydigan jarayonlarga misol keltiring.

  5. Algoritmning xossalari ichida eng asosiysi qaysi biri deb hisoblaysiz?

  6. Algoritmning hamma asosiy xossalarini misollar yordamida tushuntirib bering.
3.Algoritmning tasvirlash usullari

Algoritmning tasvirlash usullari bilan tanishishni biz misollar ko'rish bilan boshladik. Hozircha asosan algoritmning so'zlar orqali ifoda qilinishi bilan ko'proq tanishdik. Aslida algoritmning berilish usullari xilma-xildir, biz shularning eng ko'p uchraydiganlari bilan tanishamiz.
1.Algoritmning so'zlar orqali ifodalanishi. Biz bu usul bilan yuqoridagi qator misollar yordamida batafsil tanishdik. Ushbu holda ijrochi uchun beriladigan har bir ko'rsatma jumlalar orqali buyruq mazmunida (shaklida) beriladi.
2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi. Biz bunday misol bilan ham yuqorida tanishib o'tdik. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlarni o'rganishda ko'plab foydalanamiz. Bu usulni ba'zan analitik ifodalash ham deyiladi.
3. Algoritmning jadval ko'rinishida berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishidan ham ko'p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo'llanib kelinayotgan to'rt xonali matematik jadvallar yoki turli lolereya, zayomlarning yutuqlar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlar jadvali ko'rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo'lgani tufayli ularni o'zlashtiirb olish oson.
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi bilan kursimizning keyingi qismlarida batafsilroq tanishamiz. Bu yerda qisqa ma'lumot bilan cheklanamiz. Millionlab kompyuterlarning keng tarqalib ketishi algoritmlarning dastur tarzidagi tasvirining keng ommalashib ketishiga katta turtki berdi. Chunki avvalgi bo'limlarda takidlaganimizdek kompyuterlar doimo dasturlar yordamida boshqariladi.Dasturdagi buyruqlar kompyuter - ijrochiga tushunarli bo'lishi shart. Demak, beriladigan buyruqlar tizimi kompyuter uchun tushunarli tilda bo'lishi yoki shu tilga tarjima qilib berilishi lozim. Jahonda hozirgi kunda minglab dasturlash tillari mavjud va yangilari yaratilmoqda. Biz ham kursimiz davomida keng tarqalgan va maktabda o'rganish qulay bo'lgan Beysik, Paskal kabi dasturlash tillaridan biri bilan tanishishni hamda dasturlashning asoslarini o'rganishni rejalashtirganmiz.
5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi.
Algoritmik til - algoritmni bir xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qo'llaniladigan belgilash va qoidalar majmui.
Algoritmik tillar dasturlash tillariga nisbatan ancha kam ishlatilsa ham, ularning algoritmlash asoslarini o'rganish sohasidagi ahamiyatini tan olish zarur.
Hozirda algoritmik tillardan o'quv, o'rganish tili sifatida foydalanilmoqda, ularning ichida eng ko'p tarqalgani E-praktikum yoki E-tili deb ataluvchilaridir. Biz kursimiz davomida algoritm ijrochisining algoritmik tili bilan tanishamiz.
Yüklə 42,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin