Mavzu: Oliy ta’lim tizimini o’quv jarayonini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari. Mundarija



Yüklə 95,51 Kb.
səhifə3/11
tarix14.06.2023
ölçüsü95,51 Kb.
#130182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oliy ta’lim tizimini o’quv jarayonini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari.

I bob bo’yicha qisqacha xulosa
O‘qitish tizimida pedagogik texnologiyalarini samarali qo‘llash
pedagogning kasbiy kompetentligiga ham bog‘liq. SHu sababli pedagogik texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo‘llanilishiga ko‘ra ham baholash mumkin. Bunda quyidagi mezonlar muhim ahamiyatga ega:
- pedagogning texnologik madaniyatga egaligi;
- pedagogning pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida tajribaga
egaligi;
- pedagog tomonidan pedagogik texnologiyalarga “ijodiy” o‘zgarishlar kiritilishi va ularning qayta shakllantirilishi;
- pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda o‘qitiuvchi
va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik negizida muvaffaqiyatli vaziyatlarning qaror topganligi;
- pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik;
- peagogik texnologiyalarning talabalar va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta’minlashdagi imkoniyatlarga egaligi;
- talabalar o‘quv-bilish faoliyatining ijobiy ahamiyat kasb etishi

II BOB OLIY TA’LIM JARAYONIGA YANGI INOVATSIALARNI JORIY QILISH TAJRIBASI

    1. Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari.


Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini
takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan islohotning muhim yo‘nalishi sifatida ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishdan e’tirof etildi. Bu jarayonning samaradorligi o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim amaliyotida faol qo‘llanilishi, shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo‘lishquyidagi shartlar asosida ta’minlandi.
Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish pedagogik faoliyatning muhim ko‘rinishi bo‘lib, u quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi
Pedagogik vazifaning hal etilishiga o‘qituvchi va talaba faoliyatlarining mazmuni, vositalarini loyihalash orqali erishadi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish uni loyihalashga nisbatan yangicha yondashuv, ya’ni, ta’lim jarayonini texnologik strukturasiga muvofiq yoritish zaruratini taqozo etadi.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda ta’lim jarayonini loyihalash alohida ahamiyatga ega. Har bir o‘quv kursini o‘rganish alohida mavzu va bo‘limlarni loyihalash asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayonini loyihalash – pedagogik faoliyat ko‘rinishi bo‘lib, u ta’lim
jarayonining texnologik tuzilma hama o‘qitish natijasini kafolatlovchi metod va vositalar yig‘indisiga egaligi bilan tavsiflanadi
Loyihalash mahsuli ta’lim jarayonining loyihasi sanaladi.
Pedagogik amaliyot mohiyatini tahlil etish natijasida ta’lim jarayonini loyihalashning bir necha qonuniyatlari ajratildi. Ular:
1) ta’lim jarayonining loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy
qismlar (texnologik boshqaruv, vosita, axborot, ijtimoiy-psixologik muhit)ning loyihada maqsadga muvofiq yoritilishi asosida ta’minlanadi;
2) ta’limning texnologik vositalari talabalarning individual xususiyatlariga bog‘liq holda tanlanadi;
3) loyihalash strategiyalari o‘qituvchining individual uslubiga muvofiq tanlanadi;
4) loyihalash sifati teskari aloqa (o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi) ko‘lami, loyihalash mazmuni, shuningdek, barcha omillar samaradorligiga bog‘liq
Ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini loyihalash ikki darajada:
a) o‘qituvchi faoliyati darajasida (ta’lim jarayonining alohida
qismlarini loyihalash);
b) ta’lim menedjeri faoliyati darajasida (ta’lim jarayonini
yaxlit loyihalash) amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy qism,
balki ular orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi hamda loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy asoslarini ishlab chiqishga, pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llashga zamin tayyorlaydi.
Mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonini loyihalashning asosiy
tamoyillari quyidagilardan iborat
1. Markazlashtirish tamoyili texnologik jarayonda talabalar faoliyati modelini loyihalashning bosh elementi sifatida ifodalanadi.
Ta’lim jarayoni tuzilmasida asosiy tizimlashtiriluvchi ta’lim mazmuni va talaba faoliyati texnologik jarayon hisoblanib, uning mazmunini talabalarning ijtimoiy tajriba asoslarini o‘zlashtirib olishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati tashkil etadi. Har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni umumiy ta’lim maqsadi va vazifalariga muvofiq belgilanadi. Faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan umumiy o‘rta ta’lim mazmunini tashkil etuvchi har bir unsur (element) sub’ekt faoliyatining turlaridan biriga muvofiq kelishi kerak. Sub’ekt faoliyatining turlari, o‘z navbatida, aniq modellar yig‘indisi sifatida umumlashgan faoliyat modellari orqali ifodalanishi zarur.
Talabalar faoliyati modeli tizimlashtiriluvchi element bo‘lib, talabaning yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi.
Markazlashtirish tamoyili loyihalashni quyidagi tartibda amalga oshirishni talab etadi: faoliyat modellarini maqsadga muvofiq yaratish, ularni talabalar tomonidan o‘zlashtirish usullari, vositalarini tanlash (texnologik operatsiyalar), o‘quv faoliyatini boshqarish usullari (o‘qituvchi faoliyati)ni asoslash.
2. Refleksivlik tamoyili sub’ektning o‘ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga baho berishi, o‘zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o‘rtasidagi hamkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni tavsiflaydi.
Loyihalash jarayonida o‘qituvchiga doimo ta’lim jarayoni, uning aniq va ideal sharoitlari, talabalarning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, ularni to‘ldirish imkoniyatlari, shaxsiy sifat va qobiliyatlari, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Refleksivlik tamoyili yaratiladigan ta’lim jarayonining loyihasini ta’lim jarayoni ishtirokchisi
– sub’ektning ehtiyojlari va imkoniyatlarini tahlil qilish asosida uzluksiz tuzatib, to‘ldirib borishni talab etadi.
3. Natijaviylik tamoyili pedagogik shart-sharoitlarning qulayligi, oz vaqt va kuch sarflash evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi. Natijaviylik- ijtimoiy tajriba faoliyat modellari mazmuni, texnologik operatsiyalar, ularni o‘zlashtirish, boshqarish
uslublarini tanlash, o‘quv faoliyatining muvofiqligi, ta’lim-tarbiya vositalari, texnologik jarayonda sub’ektning qisqa vaqt va kuch sarflashi vositasida belgilangan maqsadga erishishni nazarda tutishi lozim.
4. Ko‘p omillilik tamoyili. Har bir ta’lim jarayoni bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida amalga oshadi. Ular sirasiga o‘qituvchi va talabalarning ijtimoiy–iqtisodiy hayot sharoitlari, ta’lim muassasalari atrofidagi ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiiy iqlim muhiti, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy bazasi, o‘qituvchilarning kasbiy malaka darajasi, ta’lim muassasasi yoki ma’lum sinfdagi ma’naviy–psixologik muhit, talabalarning o‘quv imkoniyatlari, sinfning intellektual salohiyati, jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi.
Ta’lim jarayonini loyihalashda o‘qituvchi ana shu omillarni hisobga olishi zarur.
5. Talaba shaxsini ta’lim jarayoniga moslashtirish tamoyili.
Bola maktab ostonasiga qadam qo‘yganidan boshlab uning faoliyat ko‘lami (o‘z-o‘ziga xizmat, mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko‘nikmalarini egallashi natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo‘lib boradi. SHuning uchun ta’lim jarayonining samarali bo‘lishi, uni loyihalashda ta’lim mazmuni va boshqa faoliyat modellari hisobga olinishi, ularni talabalar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi ta’minlanishi zarur.
Ayni vaqtda umumiy ta’lim muassasalarida shaxsni rivojlantirish va uni ijtimoiy hayotga moslashtirish muayyan qonuniyatlarga muvofiq psixolog va sotsiologlarning ishtiroklari (psixopedagogik tashxis xulosasi) asosida amalga oshiriladi.
6. Ta’lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili. Tabiiy jarayonlar mohiyatini bilish ta’lim jarayonini samarali, talabalarning yosh xususiyatlari, senzitiv rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish imkonini beradi. Tamoyilning mazmuni ta’limni ijtimoiylashtirish, talabalar tomonidan ijtimoiy tajribani individual qonuniyatlar asosida o‘zlashtirilishi bilan izohlanadi.
Ta’lim jarayonini loyihalashda o‘qituvchi loyihachi va bajaruvchi sifatida loyihani amalga oshirishning qulay yo‘lini tanlaydi.
Loyihalashda talabani o‘quv faoliyatiga yo‘naltiruvchi usullar, mustaqil ta’lim shakli, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zini hurmat qilish imkoniyatlarini aniqlash zarur.
“Pedagogik texnologiya” tushunchasi esa o‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, ya’ni, ta’lim hamda tarbiya jarayonining texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur.
Barkamol shaxsni shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida e’tirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo‘lsak, ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish, mazkur jarayonni texnologiyalashtirishga erishish muhim pedagogik vazifalardan biri sanaladi.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish – aniq maqsad va ijtimoiy g‘oyaga asoslanib, talabalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi
Ta’lim jarayonidan farqli tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda bu jarayonning samarasini qisqa muddat oralig‘ida ko‘ra olish imkoniyati yo‘q. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, talaba va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondoshish zarurligini taqozo etadi.
Zamonaviy sharoitda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishiga rasmiyatchilik nuqtai nazardan voz kechish maqsadga muvofiqir. Zero, tayyor ssenariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jarayonida uning asosiy sub’ektlari bo‘lgan talabalar faol ishtirokchi, tadbir natijasini belgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadi. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan:
1) talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi;
2) talabalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlikqobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi;
3) talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi ularning shaxs sifatida kamol topishlarini ta’minlashga yo‘naltirilganligi haqida emas, balki sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida “soxta obro‘” orttirishi uchun xizmat qiluvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi xulosaning shakllanishi uchun sharoit yuzaga keladi
Ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga texnologik yondashuv quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
- tadbir mavzusi va g‘oyasini talabalar tomonidan bildirilgan shaxsiy tashabbuslar, ularning xohish-istaklariga ko‘ra belgilash;
- tadbir ssenariysini ishlab chiqishda talabalarning mustaqil faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- tadbir mazmunida o‘z ifodasini topgan rollarning majburiy tarzda emas, balki talabalarning layoqati, qobiliyati, shuningdek, qiziqishlarini inobatga olish asosida taqsimlanishiga erishish;
- tadbirning tashkil etilishi va o‘tkazilishida o‘qituvchining roli buyruq berishdan iborat bo‘lmay, aksincha, talabalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ularning faoliyatini yo‘naltirib turish hamda zarur o‘rinlarda maslahat berish sifatida aks etishiga erishish;
- tadbir maqsadining natijalanganligini sinf, guruh talabalarining faol ishtirokiga tayangan holda muhokama qilish
Muhokama jarayonida o‘qituvchi tomonidan turli tanbehlarning berilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning talabalarning o‘zlari tomonidan aniqlanib, ularni bartaraf etish (keyingi tadbirni o‘tkazish jarayonida ularning takrorlanishini oldini olish) yo‘lida chora-tadbirlarni belgilash muhim ahamiyatga ega. Talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga texnologik yondashuv mohiyati talabalar mustaqilligini ta’minlashda quyidagi omillarning mavjudligiga e’tiborni qaratishni ham taqozo etadi:
- talabalarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish va rag‘batning mavjudligi;
- talabalarning tarbiyaviy tadbirlarni mustaqil tashkil etish borasida muayyan tajribalarga ega ekanliklari;
- tadbir g‘oyasining talabalar ichki ehtiyojlariga mos kelishi.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda bu jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi:
1) tadbir mavzusiga doir materiallarni yig‘ish;
2) tadbir maqsadi va vazifalarini belgilash;
3) tadbirning mazmunini ishlab chiqish;
4) tadbir shakli, metodlari va vositalarini tanlash;
5) tadbirni tashkil etish va o‘tkazish (davomiyligi) vaqtini belgilash;
6) tarbiyaviy tadbir ssenariysini ishlab chiqish;
7) talabalar faoliyatini nazorat qilish, ularning faollik darajalarini norasmiy (ularni bu щaqida xabardor qilmasdan) baholash;
8) loyihani amaliy faoliyatda qo‘llash;
9) tadbirni tashkil etish jarayoni;
10) tadbirning o‘tkazilish holati (samarali, samarasiz, muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz kechganligi)ni muhokama qilish va yakuniy xulosa chiqarish.


    1. Oliy ta’lim tizimi va globalizatsiya

1999 yil 19 iyunda Yevropaning 29 davlatining ta’lim tizimi vazirlari tomonidan Boloniya deklaratsiyasi imzolandi va 2010 yilga qadar Yevropaning barcha davlatlari ana shu tizimga kirishi nazarda tutilgan.
Evropa talabalari kengashi (11 million talaba 37 davlatdan) 2001 yil Balloniya jarayonini qo’llashga qaratilgan harakat faoliyatiini o’z zimmasiga oldi va 2 yil davomida talabalarning fikrlarini o’rganadi. Albatta qarama-qarshi fikrlar ko’p bo’lgan. Ijobiy jihatlari va kamchiliklar aniqlangan. 2005 yil ushbu jarayonni tanqidiy o’rganishga kirilishgan va “CHernaya Kniga Bolonskogo protsessa” degan ma’lumotnomani taqdim etildi. Unda kredit tizimini samarasiga va magistraturada o’qish uchun katta mablag’ talab etilayotgani, talalarga yetarli darajada erkinlik berilmayotganligi va haddan tashqari mehnat bozoriga spetsializatsiya qilinayotganligi haqida yozilgan.

Yüklə 95,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin