Fasilitator (ingl. facilitator, lot. facilis — «engil, qulay» degan ma’noni bildiradi) — fasilitator gruhlarda faoliyatni tashkil etishda ko’maklashadi. U guruhlardagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlashi ,guruhda sohlom komunikatsiyani o’rnatishi, gruhda ishlash qoidalariga va regamentlarga amal qilishni ta’minlashi joiz. Fasilitator gruhda qulay psixologik muhitni yaratadi va faoliyatni samarali bo’lishiga yordam beradi. Ushbu tushuncha mumtoz psixolog Rodjers Karl tomonidan kiritilgan bo’lib, ingliz zabon mamlakatlarining ta’lim muassasalarida keng foydalaniladi. 1989 yildan buyon Xalqaro bosh fasilitaorlar assotsiatsiyasi (The International Association of Facilitators) faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda uning faoliyatida 63 davlatning 1200 a’zosi ishtirok etmoqda. Fasilitator faoliyati turli modellarda uchraydi. Qozog’iston milliy tibbiyot universitetida bo’lajak shifokorlarni kasbiy faoliyatini mohiyatini chuqur tushinishi va o’z shaxsini mutaxassis sifatida taraqqiyotini ta’minlashda psixologik-pedagogik yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan. Fasilitator faoliyati har qanday treningning tarkibiga kiradi. Turli amaliy faoliyatlarni onlayn tizimida, guruhlarda tashkil etish jarayonida fasilitatorlik xususiyatlari o’z aksini topadi.
Moderator - ( lot. moderor — me’yorlashtiraman, tekshiraman) qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, talabalarning qobiliyatlarni ochilishiga, bilish faoliyatini aktivlashtirishga yordam beradi.
Supervizor-quyidagi to’rt fazifani bajaradi: o’qituvchi sifatida o’rgatadi, fasilitatorlik, maslahatchi, ekspert vazifani bajaradi.
Superviziya — bu o’zaro munosabatlar tizimi bo’lib, supervizor tomonidan kasbiy faoliyatga oid boshqa mutaxassisga maslahatlar berishni ko’zda tutadi. Bu faoliyat ayniqsa psixoterapevtlarni tayyorlashda muhim axamiyatga ega. Superviziya kasbiy kompententlikni oshirishga, bilim, ko’nkmalarni yanada takamollashtirishga va shaxsiy kamolotga erishishga yordam beradi. Ba’zi mutaxassisliklarni o’quv rejasida (Klinik psixologiya) “Supervizorlik ” kursi o’qitiladi. U majburiy amaliy kurs hisoblanadi. Umuman olganda, yuqorida qayd etilgan tushunchalar bir ma’no va bir vazifani o’zida aks ettirmaydi. Ular orasida aniq chegara o’tkazish qiyin. Ular hammasi maslahat tizimiga ega bo’lib, qandaydir faoliyatga urg’u bergan holda olib boriladi. Lekin turli oliygohlarda ushbu faoliyatlar turlircha nomlanishi ham mumkin.
Keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida kompleks yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilmoqda. Bugungi kunda aralash ta’lim innovatsiya sifatida kirib kelmoqda.
Deklan Bern "blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi-ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli metodikalardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, individual va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv talabani charchatmaydi va o’qishga bo’lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala tanlangan metodikalarning o’zaro muttanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi.
Aralash ta’lim ko’proq treninglarni tashkil etishni talab etadi. Treninglarni tashkil etishda quyidagi bosqichlarga e’tibor qaratish lozim:
1. Tayyorgarlik bosqichi.
Maqsadlarni aniqlab olish bosqichi.
Treningni o’tkazish bosqichi.
Bugungi kunda blended learning ta’limi deganda kunduzgi an’anviy ta’lim va masofaviy ta’limning elementlarini kombinatsiyasi ham tushunilmoqda. Bu tizimda o’qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalandi. Aytish joizki, axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi axamiyati be’qiyos, tobora uning yangi ko’rinishlari taklif etilmoqda. Ta’lim tizimiga ushbu texnologiyalarning kirib kelishi tarixiga nazar tashlasak.
XVIII asr oxirida Yevropada, muntazam ravishda faoliyat ko’rsatuvchi va ko’pchilik aholi uchun imkoniyatli bo’lgan pochta aloqasining joriy qilinishi natijasida “korrespondentlik o’quvi” paydo bo’ldi. O’quvchilar pochta orqali o’quv materiallari olar va o’qituvchilar bilan yozma aloqa olib borardilar hamda ilmiy ish shaklida yoki ishonch bildirilgan shaxsga imtihon topshirardilar. Rossiyada bunday shakl XIX asr oxirida paydo bo’ldi. XX asr boshi texnologiyalarning jo’shqin rivojlanishi radio va televideniening paydo bo’lishi masofaviy o’qitish usullariga yangi o’zgarishlar kiritdi. Bunday texnologiyalarning kirib kelishi jamiyat hayotining keskin o’sishi bilan bog’liq bo’lib, o’quvchilar auditoriyasi bir necha yuz barobar oshib ketdi. XX asrning 50-yillaridan o’quv-teleko’rsatuvlar tashkil qilina boshladi. Biroq televidenie va radioda olib borilayotgan bunday o’quv mashg’ulotlarining jiddiy kamchiligi mavjud edi, ya’ni o’quvchida qaytaruv aloqa olish imkoniyatlari mavjud emas edi. 1969 yil Buyuk Britaniyada jahonda birinchi bo’lib masofaviy ta’lim universiteti ochildi. Universitet "Buyuk Britaniya ochiq universiteti" deb nomlandi. Uning bunday nomlanishining sababi, mashg’ulot auditoriyalariga tez-tez borish zaruriyati bo’lmagan hollarda, yuqori bo’lmagan haq hisobiga masofaviy bilim olish imkoniyatlarini ochish edi.
Xorijiy mamlakatlarda masofaviy o’qitish dasturlari asosida faoliyat yurituvchi mashhur universitetlar vujudga keldi. Jumladan, University of South Africa 1946. Fern Universitat in Hagen (Germaniya, 1974). Milliy texnologiya universiteti AQSH 1984 (injener mutaxassisligi bo’yicha dasturlar asosida masofaviy mashg’ulotlar olib boriladi)), Xagen ochiq universiteti (Germaniya), INTEC kollej Keyptaun (YuAR), Ispaniya masofaviy o’qitish milliy universiteti, Britaniya ochiq universitetining ochiq biznes maktabi, Avstraliya hududiy axborot tarmog’i va hokazolar. Masofadan o’qitish ta’limining ommaviylashuvida Internet (“on-line”)ning roli, telekommunikatsiyalarning o’rni, barcha insonlarning Internetga barobar ochiq tashrifi uchun yo’lak WWW (Web) texnologiyasini yaratgan olim Tim Berners Lining xizmati beqiyosdir. Hozirgi kunda masofaviy ta’lim AQSHda mukammal shakllangan bo’lib, uning vujudga kelishi 1970-yillar oxiriga borib taqaladi. Dunyoda interaktiv ta’lim olishning ko’plab bazalari vujudga kelyapti. Jumladan, Britaniya ochiq universitetiga qarashli masofaviy ta’lim umumjahon markazining ma’lumotlar bazasini misol qilib keltirish mumkin. Distant uslubida Xalqaro Kengash faoliyat ko’rsatyapti, “D – Learning” – masofaviy ta’lim olayotgan tinglovchilarning soni tobora ortib boryapti. O’tgan asrning 80-yillari oxirida shaxsiy kompyuter imkoniyatlarining oshishi o’qitish tizimini soddalashtirish va avtomatlashtirish bilan bog’liq yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Kompyuter o’rgatuvchi dasturlar har xil o’yinlar shaklida paydo bo’ldi.
XXI asr kompyuterlari va Internet masofaviy o’qitishning tezkorlik va soddalashtirilgan tartibda keng tarqalishiga imkon berdi. Internet radio va televideniega nisbatan juda katta siljishlarga olib keldi. Har qanday o’quvchi bilan u qaerda joylashganligidan qat’i nazar muloqotga kirishish va qaytaruv aloqaga kirishish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Tezkor internetning tarqalishi o’qish uchun "onlayn" seminar tizimiga o’tish imkonini berdi va natijada masofaviy o’qitish tizimi vujudga keldi. Masofaviy o’qitish jarayonida tinglovchilarning hamma vaqt auditoriyada bo’lishi talab qilinmaydi. Masofaviy o’qitishni amalga oshiruvchi ko’pchilik o’quv muassasalarida umumiy mashg’ulotlar o’tkazib kelinmoqda, ayrim holatlarda ular kechki vaqt yoki dam olish kunlari o’tkaziladi. Bunday mashg’ulotlarda tinglovchilarning qatnashishi shart emas, biroq tinglovchilarning amaliy ko’nikmalarini shakllantirish uchun ularning bunday mashg’ulotlarda ishtirok etishi juda foydali hisoblanadi.