1.2.O’qitishning maqsadi. Mana shu modulni o’zlashtirish natijasida qanday faoliyat yuritish imkoni tug’ilishi, kasbiy tayyorgalikdagi axamiyati yoritib berilishi lozim. Talabaning rejali taraqqiyoti aks ettirilishi maqsadga muvofiq.
1.3.O’qitish natijalari. Modulni o’rganish natijasida qanday bilimlarni egallashi, qanady ko’nikma va malakalar shakllantirilishi sanab o’tiladi. O’zlashtirish jarayoni tugagandan so’ng talaba qanday faoliyatni qanday sharoitlarda bajara olishi ko’rsatiladi. Natijalar uzviy birlikka ega bo’lib, o’qitish maqsadlaridan chetga chiqmagan holda shakllantirilishi lozim. Natijalarni tekshirish jarayonida bir necha ko’nikmalarni egallanishi nazarda tutilishi lozim. Odatda bir modul 3-5 turdagi ko’nikmani egallashga qaratilgan bo’lib, uni egallanganligi maqsadga erishilganlik darajasini ko’rsatadi. Erishiladigan natijalar aniqlashtirilgan maqsadlarni shakllantirish qoidalari asosida shakllantiriladi.
Modulning nazorat blokini ishlab chiqish. Baholash mezonlari. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda faoliyat ob’ekti, bajariladigan faoliyat turi, faoliyat sifati, bajarilgan faoliyatning standartlari ko’rib chiqiladi. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda o’qitish natijalariga mos holdagi faoliyat turi ishlab chiqilishi lozim. Har bir natijani tekshirish mezonlari 4 yoki 6 tadan oshmasligi tavsiya etiladi.
O’zlashtirish darajasi.O’zlashtirilganlik darajasini chuqurligini ko’rsatuvchi mezonlar ishlab yaiqiladi, ba’zi hollarda uni ishlab chimqish shart emas, agar u baholash mezonlarida ko’rsatilgan bo’lsa. O’zlashtirilganlik darajasini isbotlovchi erishilgan natija turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. O’zlashtirish ob’ekti- tayyorlangan predmet, amaliy topshiriq, og’zaki yoki yozma javoblar tarzida bo’lishi mumkin.
Modulga kirish nazorati. Modulni o’rganish uchun zarur bo’lgan ta’lim va bilimlar tizimini ko’rsatadi.
O’quv jarayonini davomiyligi. Davomiylik O’quv soatlari yoki zachyot birliklari ko’rinishida aks etadi.
Baholash. Baholash tizimini ishlab chiqayotganda uning haqqoniyligiga va ishonchli bo’lishiga e’tibor qaratish lozim. Yakuniy nazorat alohida o’tkazilishi maqsadga muvofiq. Ba’zi modullarda yagona baho ham qo’yilishi mumkin. Baholash tizimi modulning xarakteridan kelib chiqib tanlanadi.