Mavzu: Oltinni flotatsiya usulida boyitish jarayonlari. Reja: I. Kirish iiasosiy qisim. Qalmoqirda boyitish jarayonlari haqida



Yüklə 355,26 Kb.
səhifə3/4
tarix16.03.2023
ölçüsü355,26 Kb.
#88195
1   2   3   4
Mavzu Oltinni flotatsiya usulida boyitish jarayonlari. Reja I.

Birinchi guruh - rangli metallar miqdori yuqori, yaxlit sulfidli rudalar. Bu rudalar asosan qo‘rg‘oshin, mis, va temir sulfidlaridan tashkil topgan. Sulfidlarning umumiy miqdori 75-90%, rangli metallarning miqdori 6-15%.Bu guruhdagi rudalarni boyitish uchun odatda to‘g‘ri selektiv flotatsiya sxemasi qo‘llaniladi. Flotatsiya chiqindisi oltingugurtga etarli darajada boy va sulfat kislota ishlab chiqaruvchi sanoat uchun xomashyo sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan holda to‘g‘ri selektiv flotatsiya sxemalari ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi guruh - rangli metallar miqdori kam va oltingugurtning miqdori yuqori, yaxlit sulfidli rudalar. Rudalarning bu guruhiga ko‘pchilik mis-ruxli, piritli rudalar kiradi. Mis-ruxli, piritlardagi misning miqdori 1-2 %, ruxning miqdori esa 1-2,5%. Bu guruhlardagi rudalarni boyitishning eng samarali usuli boy piritli chiqindi olinuvchi mis va rux sulfidlarini dastlabki kollektiv flotatsiyalash hisoblanadi.Rudada oltingugurtning miqdori kam bo‘lganda kollektiv flotatsiya chiqindisi oltingugurtning miqdori bo‘yicha talabga javob bermaydigan hisoblanadi. Bu holda barcha sulfidlarni dastlabki kollektiv flotatsiyalash sxemasi ayniqsa manfaatli hisoblanadi.
Uchinchi guruh - rangli metallarning miqdori yuqori va ora-sira joylashgan polimetall rudalar. Bu guruhga foydalanilayotgan qo‘rg‘oshin, ruxli va mis–ruxli konlarning rudalari kiradi. Bu turdagi rudalarda mis, qo‘rg‘oshin va ruxning umumiy miqdori 8-15% gacha etadi.Foydali minerali yirik va ora-sira joylashgan rudalar to‘g‘ri selektiv flotatsiyali sxema bo‘yicha boyitiladi. Agregatli va ora-sira joylashganda dastlabki kollektiv flotatsiyali sxema ko‘proq samara beradi.
To‘rtinchi guruh - rangli metallarning miqdori kam bo‘lgan va ora-sira joylashgan rudalar. Rangli metallarning umumiy oltin miqdori qoidaga ko‘ra 3-4% dan ortmaydi, ba’zi xollarda esa 2%. Piritning miqdori ba’zan 30-40% ga etadi. Bu guruhdagi oltin rudalarni boyitishda iqtisodiy shartlar bo‘yicha dastlabki kollektiv flotatsiya sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiq. Rudadagi qimmatbaho komponentning miqdori yuqori,konsentrat sifatiga qo‘yiladigan talablar past, puch tog‘ jinslari flotatsion aktiv emas. Bunda konsentratni tozalash operatsiyalarisiz, lekin chiqindini bir, ikki marta kontrol flotatsiyalash qo‘llanuvchi flotatsiya oltin sxemasini ishlatish mumkin. Bunday sxemalar ko‘mir boyitish fabrikalarida, shuningdek rangli metallarning boy rudalarini boyituvchi ba’zi fabrikalarda qo‘llanadi.


Asosiy flotatsiya chiqindisini nazorat flotatsiyalovchi flotatsiya sxemasi

Yüklə 355,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin