Kurs ishining ob’ekti. Sinfda va sinfdan tashqari ona tili darslarida o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq mashg‘ulotlarida matnlr va ular bi;an ishlashning yangiligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalar asosida dars o‘tish jarayoni tadqiqotimizning ob’ektini tashkil etadi.
Kurs ishining predmeti. Ona tili darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Ona tili darslarida o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. Ona tili darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Ona tili darslarida matnlar bilan ishlash va unga ma’lum bir o‘zgartirishlar kiritishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini shakllantirish tadqiqot ishi mavzusi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi.
Kurs ishining vazifasi: Yuqorida oldimizga qo‘ygan maqasadimizdan kelib chiqib:
1. Tadqiqot ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiy-ma’rifiy, ilmiy-metodik hamda o‘quv adabiyotlarni o‘rganib chiqish va umumlashtirish.
2. Ona tili darslarida matnlar bilan ishlashga oid mashg‘ulotlari bilan ishlash jarayonini o‘rganish va tahlil qilish.
3. Mavzuga oid ilmiy metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida
matnlar bilan ishlashga oid mashg‘ulot mazmuni, maqsadi va qurilishini o‘rganish hamda qayta takomillashtirish dolzarb nuammo ekanligini aniqlash.
4. Ona tili darslarida matn ustida ishlashning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan matnlar bilan ishlashning madaniyatini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarini boyitish, maktabda olib boriladigan turli o‘quv predmetlarini takomillashtirish hamda ularning bilimini o‘stirishda, malakasini oshirishda keng foydalaniladi.