Mavzu O’qish darslarida “Kumush qish” mavzusini o’rganish Munda-fayllar.org
Bob bo’yicha xulosalar: O'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib yetishishlariga erishish o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. O’qish inson xayotida muhim ahamiyatga ega. O’qish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo’ladi, o’qishni bilmagan odamning ko’zi ojiz kishidan farqi yo’q. Boshlang’ich sinfda o’qish faoliyati barcha prеdmеt darslarida amalga oshiriladi. Lеkin o’qishga o’rgatishning yo’l —yo’riqlarini oqish mеtodikasi ishlab chiqadi. O’qish mеtodikasining kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiyasi, xususiy mеtodika sohasidagi yutuqlar borli
4-sinfda “Zumrad bahor” mavzusini o`rganish
Bo'lim materiallarini o'rganishda o'quvchilarning oldingi sinflarda olgan bilim
va tushunchalariga tayaniladi va yangi ma'lumotlar beriladi.
10
S.Matchonov va . O’qish kitobi. 4-sinf uchun. _T., Yangiyul poligraf servis. 2009, 192-195-bet.
15
Bolalar serquyosh O'zbekistonning fasllari orasida fasllar kelinchagi bahor
fasli haqida ko'plab taassurotlarga egalar. Ular bu taassurotlarini, albatta, televizor
va radio, gazeta-jurnallar orqali va o'zi yashayotgan zaminda har yili olam-olam
gul-u bo'ston bo'lib, hamma yoqni ko'm-ko'k maysazor-u, bog'-rog'larni gul-u
gulzorga aylantiradigan bahor faslini ko'rish, undan zavq olish orqali ham
yaqindan biladilar. Zumrad bahor haqidagi ilk mavzuning o'zidayoq o'qituvchi
o'quvchilarga O'zbekiston fasllari, jumladan, go'zal bahor haqida qo'shimcha bilim
va tushunchalar berishni maqsad qilib qo'yadi.
Bo'lim materiallarini o'quvchi o'rganib borar ekan, bahor fasli, uning
go'zalligi-yu, bor tarovati haqida, bu faslda bo'ladigan bayra-mlar haqida bilimga,
tushunchaga ega bo'lib boradilaf.
Bo'limni to'liq o'zlashtira borib o'quvchining tasavvuri kengayadi, bilimi
kengayadi, zarur konikma va malakalarni egallaydi. Bo'lim materiallarini
o'qituvchi o'quvchiga o'rgatib borish orqali o'zi yashayotgan shahar yok i qishloq, u
yerdagi mahalliy sharoit bilan bog'liq hodis-alarni, bahorning erta yoki kech kelishi
sabablarini va erta bahorda o'sib-unib chiqadigan bahor chechaklari haqida
ma'lumotlar berishni diqqat markazida tutadi.
”Zumrad bahor” bo'limidagi Yusuf Xos Hojibning "Bahor ta'rifida" hikoyasi,
Habib Rahmatning "Jala darakchisi" she'ri kabi asarlarida o'quvchilarga uyg'onish,
yasharish, yangilanish fasli — so'lim bahor haqidagi ma'lumotlarni yetkazish
nazarda tutilgan.
Bulardan tashqari, bahor fasli haqida Mirtemir, Q. Hikmat, X.To'xtaboyev,
F. Musajonov kabi adiblarning ham qator asarlari berilgan. O'quvchilar bu
asarlarni o'qish orqali go'zal bahor fasli haqidagi tasavvurlarini yanada
boyitadilar.
O'quv materiali. Bahor ta'rifida. Yusuf Xos Hojib
Darsning maqsadi.
16
1. O'quvchilarga Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodi haqida qisqacha
ma'lumot berish. Bahor uyg'onish fasli ekanligini anglashlariga erishish, tabiatdagi
o'zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish.
2. Bahor faslini qadrlash va sevish hissini tarbiyalash. Bahor tuhfalarini
asrash-avaylash, ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish hissini tarbiyalash.
3. O'quvchilarning to`g`ri, ongli, ifodali va tez o`qish malakalarini:
rivojlantirish, lug'atni nasim, turdosh, chin, sabo, havo so'zlari bilan boyitish.
Iboralarning ma'nosini izohlash.
4. Darslikdagi va o`qituvchi tuzib kelgan, o`quvchilarning asardan to`g`ri
xulosalar chiqarishiga yordam beradigan savol-topshiriqlari ustida ishlash.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi dars, ilmiy-ommabop asar-larni o'qish
darsi.
Darsning metodi. Izohli o'qish, suhbat, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi. Bahor fasli, tabiati tasvirlangan rasmlar, predmet rasmlari:
qushlar, gullar, hayvonlar rasmi.
Darsning borishi.
I. O'quvchilarni yangi o'rganiladigan mavzuga tayyorlash.
1. Men topishmoq aytaman. Siz uning nima haqida ekanini, javobini topasiz.
Ilon izli yorug' nur Bulutlarni quchadi. Jarangdor ovozidan yer -u osmon ko'chadi
(Chaqmoq).
— Topishmoqni topishda sizga qaysi so'zlar yordam berdi? Bu so'zlar qaysi
faslning ta'rifida aytiladi?
Aqliy hujum. Bahor faslini qanday so'zlar bilan ta'riflash mumkin?
O'quvchilar javobi tarmoqlash usulida har xil ranglar bilan kartonga yozib boriladi.
Tarmoqlash bahor faslining ko'rinishini eslatadigan shaklda tuziladi.
2. Bahor faslidagi tarixiy sanalar haqida suhbat. Savol: Bahor faslida qaysi
bayramlar nishonlanadi? Siz qaysi bayrami juda sevasiz?
3. O'quvchilarga bahor haqida yod olgan she'rlari ayttiriladi. O'qituvchi
o'quvchi bilan bo'lgan suhbatni umumlashtiradi: Bahor - yaxshi kayfiyat, mehnat
17
qilishga ishtiyoq uyg'otadigan fasl. Shuning uchun qadimdan shoiryozuvchilarimiz bahorni madh etib she'rlar bitgan, hikoyalar yozgan. Shunday
yozuvchilarimizdan biri Yusuf Xos Hojibdir. Siz bu yozuvchi haqida oldingi
darslarimizda eshitgansiz.
— Eslang. Yozuvchining qaysi asaridan parcha o'qigansiz? O'sha parcha
nima deb nomlangan edi? Unda nima haqida hikoya qilingan edi? (Yaxshilik va
yomonlik, bilimdonlik va nodonlik haqida).
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asaridan yana bir parcha o'qiymiz.
O'ylang. Bu parcha qaysi mavzuda bo'lishi mumkin? Doskaga mavzu o'quv
materiali yoziladi:
1. Asar bilan tanishtirish. Matnni o'qituvchi o'qib beradi. Topshiriq.:
«Asarni diqqat bilan tinglang. Yusuf Xos Hojib bahorni qanday ta'riflar ekan?
2. Kirish suhbati. Asar nima haqida ekan? Unda nimalarning ta'rifi berilgan?
3. Topshiriq asosida ichda o'qish mashq qildiriladi. Asarni o'qing.
O'zingizga ma'nosi notanish so'zlarning izohli lug'atini tuzing.
|4. Lug'at ishi.
Nasim — shabada, shamol Chechaklar — gullar
Firdavs — bog', jannat bog'i Ifor — yoqimli hid
Chin — Xitoy Mushk-anbar — xushbo'y
Musaffo — toza, pokiza hid
Navo — kuy
Sabo yeli — shamol nafasi
5. Asarni qismlarga bo'lib o'qitish. Asar 3- qismga bo'linadi. 3 o'quvchiga
o'qitiladi.
2-qayta o'qitilayotganda quyidagi topshiriqlar beriladi.
1- qism yuzasidan: Yozuvchi bahorni ta'riflashda qaysi so'zlardan
foydalangan?
18
Nasim, firdavs, oq rang, bo 'z yer, alvon rang musaffo, yashil to 'n, oq,
sariq, kok-qizil rangli harir yaproqchalar, yashil parda, xitoy karvoni,
chechaklar, ifor.
Shu so 'zlarning ma 'nosi so 'rab o 'tiladi.
2-qism yuzasidan: Yozuvchi qaysi qushlarni va parrandalarni tilga oladi?
G'oz, o'rdak, oqqush, qil quyruq, turna, kaklik, qora qarg'a, bulbul. Shu qush va
parrandalarni rasmlar ichidan ko'rsating.
3-qism yuzasidan. Yozuvchi qaysi hayvonlarning nomini tilga olgan?
- Bug'u, jayron.
6. Tanlab o'qish. Topshiriqlar.
— Bahor faslida daraxtlarning harakatga kelishi tasvirlangan o'rinni topib
o'qing.
- Kaklik tasviri berilgan qismni topib o'qing.
- Qora qarg'aning ovozi nimaga o'xshatiladi? Shu misralarni topib o'qing.
Yozuvchi yerni o'tlar bilan qoplanishini nimaga o'xshatadi? Shu qismni topib
o'qing.
- Turnalarning uchishi nimaga o'xshatilgan? Shu o'rinni topib o'qing.
- Asardan jonsiz narsa jonlashtirilgan o'rinni topib o'qing. (Gullar yuz ochib,
qahqaha urib kulmoqda).
- Zerikarli qishni bahor qanday haydadi? (Bahor nafasai bilan haydadi).
- Daraxtlarning barg yoyishi nimaga o'xshatilgan? Matndan topib o'qing (...
daraxtlar yana yashil to'n kiydi).
7. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
8. Darsda o'rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy hulosa
chiqarish. Siz bugungi o'qigan asarimiz orqali nimalarni bilib oldingiz? Bahor
faslida tabiatda qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi? U kishilarga qanday kayfiyat
bag'ishlaydi? Bahor fasli tuhfalariga qanday munosabatda bo'lyapsiz?
9. O'qituvchi: Demak, yozuvchi Yusuf Xos Hojib bahorni ta'riflashda juda
ko'p rang bildiruvchi so'zlardan, o'xshatishlardan, jonlantirishlardan foydalangan.
19
Siz ham uyda «Bahor — go'zal fasl» mavzusida kichik hikoya tuzing. Unda
shunday so'zlardan, iboralardan foydalanishga harakat qiling. Bunda quyidagi
rejadan foydalaning.
Reja
1. Bulut suzgan osmon.
2. Gullarga burkangan olam.
3. Qushlar navosi (chug'uri).
Asarni bir necha marta o'qing. Hikoyagizda asardagi so'zlardan ko'proq
foydalanishga harakat qiling.
10. O'quvchilar faoliyatini baholash.
Yuqoridagi dars namunasi pedagogik amaliyot davrida tajriba-sinovdan
o`tkazildi va u juda yaxshi natijalar berdi.
1. ”Zumrad bahor” bo`limidagi she`riy asarlarni o`rganish
She’r ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida
vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir deyiladi professor K.Qosimovaning ”Ona
tili o`qitish metodikasi”
11
darsligida. SHe’riy nutqni ohang jihatidan ma`lum bir
tartibga solish vositalari ritm - bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir
meoyorda takrorlanib kelishi va qofiya - misralarning oxirida keladigan
ohangdosh so’zlar hisoblanadi
12
.
She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqeahodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.
Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmali ta`limning asosiy shakli she’rni ifodali o’qish
hisoblanadi. Lirik she’rni ham o’quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga
erishish muhim. SHuning uchun she’r birinchi marta o’qilganda, hech qanday
tushuntirish berilmaydi. SHe’r o’quvchilarga qanday ta`sir qilganini hisobga olish,
bilish zarur.
O’qituvchi she’rni shunday ifodali o’qishi kerakki, bolalar uning asosiy
11
K. Qosimova va b. Ona tili o`qitish metodikasi. –T.: Noshir. 2009.
12
Ҳомидий Ҳ. ва бошқ. Адабиётшунослик терминлари луғати. - Т.: Ўқитувчи, 1967. 92 -бет.
20
mazmunini anglasinlar, ularga jonli so’z kuchliroq ta`sir etsin. So’ngra she’rni
mustaqil o’qish topshiriladi. O’qish oddiy bo’lishi kerak. O’qiyotganda tabiiy
zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g’azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta
ifodalashga yo’l qo’ymaslik zarur. Bolalar she’rni o’qiganda, she’riy satrga rioya
qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak.
Quyida she`r o`tish darsi namunasini keltiramiz:
O'quv materiali. Bahor. Qudrat Hikmat.
Darsning maqsadi. 1. O'quvchilarning. Bahorda tabiatda, hayvonot va
qushlar hayotida bo'ladigan o'zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish.
2. Bahor faslida tabiatni kuzatishga, undagi o'zgarishlarni payqab olishga
o'rgatish.
3. Tabiatni sevish, asrash, uning gullab yashnashi uchun hissa qo'shishga
yo'llash.
4. O'quvchilar nutqini badiiy so'zlar bilan boyitish.
Dars turi. Yangi bilim beruvchi, she'r o'qish darsi.
Dars shakli. Noan'anaviy dars.
Dars metodi. Kichik guruhlar bilan ishlash, mutsaqil ish metodi, suhbat
metodi, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi. Korton qog'oz, rangli flomaster, gul, qushlar rasmi, tabiiy
hodisalar tasviri.
Tashkiliy qism. Sinf 4 guruhga ajratib o'tqaziladi.
Darsning borishi.
I. Da'vat bosqichi. Maqsad. O'quvchilarning bahor fasli, undagi hayot
haqidagi tushunchalarini aniqlash. Yangi mavzuni o'rganishga tayyorlash va
qiziqish uyg'otish. Tabiatni asrash hisini tarbiyalash.
Metod. Mustaqil ish metodi.
1. O'quvchilar guruhiga o'tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
yozilgan kartochka solingan konvertlar beriladi. Savol-topshiriqlar:
21
l-guruh uchun: 1. Bahor fasli haqida qaysi asarni o'qib keldingiz? Unda
tabiatdagi ob-havo o'zgarishlari qanday tasvirlangan? So'zlab bering. 2. Nasim,
firdavs so'zlarining ma'nosini izohlab bering. 3. «Bahor ta'rifida» matnining 1 -qismini ifodali o'qib bering.
2-guruh uchun: 1. «Bahor ta'rifida» asarida yerning yuz qismidagi, dov daraxtlardagi o'zgarishlar qanday tasvirlanadi? So'zlab bering. 2. Chin so'zining
ma'nosini izohlab bering. 3. Asarning 2-qismini ifodalai o'qib bering.
3-guruh uchun: 1. Qushlar hayoti qanday tasvirlanadi? Shularni so'zlab
bering. 2. Kaklik, oqqush, o'rdakni rasmlar ichidan tanlab ko'rsating. 3. Asarning
3-qismini ifodali o'qib bering.
4-guruh uchun: 1. Hayvonlar harakati qanday tasvirlangan? Shu o'rnni
hikoyalab bering. 2. Jayronning rasmiga qarab, uning tashqi ko'rinishini tasvirlang.
3. Asarning 4-qismini ifodali o'qib bering.
O'quvchilar to'plagan ballar e'lon qilinadi.
2. Baddiy til vositalari ustida ishlash. O'qituvchi: Bugun darsda daxatdagi
olmalardan uzishga ruxsat beraman. Faqat uning orqasiga yozilgan savoltopshiriqni bajarsangiz, olma sizniki bo'ladi va uni o'z savatchangizga solasiz.
Har bir guruhdan o'quvchilar navbat bilan chiqib olmadardan oladi va shu
vaqtning o'zidayoq savollarga javob beradi:
O'qing. Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting.
Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to'n kiydi, oq, sariq, ko'k, qizil rangli
yopinchiqlar bilan bezandi.
O'qing. Qanday badiiy vositalar qo'llanganini ayting.
Bo'z yer yuziga yashil parda tortdi, go'yo Xitoy karvoni Chin hariri ipak
matolarini har tomonga yoydi.
O'qing. Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting.
Qora qarg'a tumshug'ini ko'pirtirib qag'illaydi, uning ovozi tantiq qizning
ovozi kabi yoqimsizdir.
O'qing. Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting.
Mag'rur turnalar ko'kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilib tuya karvonidek
uchmoqda.
Guruhlar balli e'lon qilinadi.
3. Matnni topshiriqlar asosida o'qitish. «Bahor ta'rifida» matnini o'qing.
Undan ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlarni toping. (Bahor nafasi, firdavs yo'li,
o'z hukmiga, harir yopingich, har tomonga yoydi, kaklik kulmoqda, gullar yuz
ochib, qah-qah urib kulmoqda kabi).
Guruhlarning balli e'lon qilinadi.
4. Bahor fasli haqida o'quvchilar tushunchasini aniqlash.
- Bahor fasliga xos xususiyatlarni tarmoqlash usulida ifodalang, uni doskaga
iling va izohlab bering.
-«Bahor» she'ri muallifi Qudrat Hikmat haqida nimalar bilasiz? Og'zaki
gapirib berishga tayyorlaning.
- Qudrat Hikmatning qaysi she'rlarini yod bilasiz? (O'quvchilar «Qish
to'zg'itar momi par» she'rini aytishadi)
Guruhning balli e'lon qilinadi.
O'qituvchi hikoyasi. Q. Hikmat bolalar uchun she'r yozgan. Shuning uchun
bolalar shoiri deb aytishadi. U Toshkentda tug'ilgan. Pedagogika oliygohida
o'qigan. U atigi 43 yil yashagan. Lekin bolalar uchun ko'plab she'rlar t o'plamini
yaratgan. Uning «Me ning Vatanim», «Baxtli bolalar», «Uch o'rtoqning sovg'asi»,
«Soatjoninng soati», «O'g'lim bilan suhbat» to'plamlari bor.
II. Anglash bosqichi. Maqsad. «Bahor» asari orqali o'quvchilarning bahor
tabiati, qushlarning harakati haqidagi bilimlarini boyitish, ifodali o'qish
ko'nikmalarini takomillashtirish. O'quvchilar nutqiga mayin shamollar, soyabon
tollar, tong yellari, o'tlar tebranar, ko'kni quchgan teraklar iboralarini kiritish.
Metod. Mustaqil ish metodi.
1-topshiriq. She'rni ichingizda o'qing. Ifodali o'qib berishga tayyorlaning.
O'qish uchun 1-2 daqiqa beriladi. So'ng har bir guruhdan 4-5 o'quvchiga o'qitiladi.
23
Ular baholanib boradi, guruhning ifodali o'qishi bo'yicha umumiy balli e'lon
qilinadi.
2-topshiriq. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlang. Har bir guruh o'z
ichida savol-topshiriqlarni bo'lib olib tayyorgarlik ko'rsin. Tayyor o'quvchi turib
javobini aytaveradi. Guruhlar bir-birining javobini to'ldiradi.
3-topshiriq. Jonlantirish qo'llangan misralarni topib o'qing. Shoirning
murojaatini topib o'qing. Shoir sizga nima demoqchi?
III. Fikrlash bosqichi.
Maqsad: O'quvchilarning she'r asosida olgan bilimlarini hayotda ko'rgankuzatganlarini, eshitganlari bilan bog'lab ifodalab berishga o'rgatish. Darsda olgan
taassurotlarini eshitish orqali keyin darsning vazifalarini rejalashtirib olish.
Metod. Suhbat metodi.
1. Mavzu yuzasidan o'rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa
chiqarish. Savollar:
- Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz?
- She'rni o'qishdan oldin bahor, uning ob-havosi, tabiat ko'rinishi, qushlar
hayoti haqida nimalarni bilar edingiz?
- "Bahor" she'ri orqali nimalarni bilib oldingiz?
- Hissiyotingizga kuchli ta'sir qilgan misralar qaysilar? Ularni o'qib bering.
Bahordagi tabiatning uyg'onishini shoir qo'llagan ifoda bilan tasvirlab bering.
- Siz qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?
2. Guruhlar to'plagan ball va ayrim faol o'quvchilarning bahosi e'lon qilinadi.
3. Uy vazifasi: She'rni yod olish. She'r mazmuniga mos rasm chizish.q fanlar yutug’i asosida shakllanib boradi.
http://fayllar.org