Mavzu: O’qish darslarida “Kumush qish” mavzusini o’rganish Mundarija: Kirish



Yüklə 65,28 Kb.
səhifə2/11
tarix19.12.2023
ölçüsü65,28 Kb.
#185753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu O’qish darslarida “Kumush qish” mavzusini o’rganish Munda-fayllar.org

Maqsad va vazifalari: Kuzatishlar natijasida “Kumush qish” mavzusini o’rgatish Qish haqida malumotga ega bo’lish, unda sodir bo’ladigan tabiat hodisasini o’rgatish.
Mavzuning o’rganganlik darajasi: Yuqori
Kurs ish natijalarining joriy qilinishi.O’qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o’zi oladigan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg’u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. Bu o’rinda o’qish darslari alohida o’rin tutadi.
Kurs ishi natijalarining aprabatsiyalari. Kurs ish natijalari maktab xamda Chirchiq davlat pedagogika universititeti dekani, kafedra mudiri hamda kurs ishi raxbari tomonidan aprabatsiya qilindi.
Jamiyatimiz yuqori ma’lumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, o’z bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol o’ynaydi. Shu tufayli darsga bo’lgan talab ham o’sib boradi. Darsga qo’yiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir. Darslarda o’rganiladigan bilimlar mazmuni o’zbek tilshunosligining ilmiy yutuqlarini o’zida aks ettirishi, ta’lim jarayonining maqsadiga hamda bolalarning bilim saviyasiga mos bo’lishi zarur. Ta’limda bularning birontasiga rioya qilinmasa, ona tili mashg’ulotlarining samaradorligiga putur etkaziladi.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi. Kurs ishi 2 asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Ishning hajmi_____ sahifani tashkil etadi.

II BOB. Boshlang’ich sinf o’qish darsini yangi pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etishda interfaol usullardan foydalanishning shakl, metod va vositalaridan foydalanishning ta’limiy ahamiyati




1.1 Boshlang’ich sinf o’qish darsini yangi pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etish
Boshlangich sinflarda interfaol usullardan foydalanish.
“Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har

qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi. Shunday


farzandlarimiz borki, ular umumiy o`rta ta’lim jarayonida ma’lum yo`nalish bo`yicha o`zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to`g`ri yo`naltirish lozim” , – dedi I.A.Karimov o`zining “Barkamol avlod orzusi” asarida.
Boshlang`ich sinflarda o`tiladigan ona tili, matematika, o`qish, odobnoma,
tabiatshunoslik darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko`ra ta'lim tizimida alohida o`rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang`ich ta'lim darslariga o`quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang`ich sinflardanoq « dars » degan muqaddas so`zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o`quvchilarni darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o`qituvchilar turli didaktik o`yinlardan foydalanishmoqda. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o`zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o`zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo`llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari– norasmiy bahs– munozaralar o`tkazish, o`quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o`qish,o`rganish, seminarlar o`tkazish, o`quvchilarni tashabbus ko`rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo`lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat.
Interfaollik, bu – o`zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bundan o`quv- biluv
jarayoni o`zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki
o`qituvchi – o`quvchilarning o `zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik – o`zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o`quvchi – o`qituvchi, o`quvchi – o`quvchi
suhbatlarida sodir bo`ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o`quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o`quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o`quvchi chetda qolmay, eshitgan, o`qigan, ko`rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo`ladilar. O`zaro fikr almashish jarayoni hosil bo`ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o`zaro do`stona munosabatlar shakllanadi .
Interfaol ta’lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar orqali evristik
(fikrlash, izlash, topish) suhbat – dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ – ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o`z ichiga oladi .
Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta’lim o`z navbatida
kompyuter dasturlari yordamida o`qitish, masofadan o`qitish, internet tarmoqlari asosida o`qitish, media – ta’lim metodlaridan iborat.
Boshlang`ich ta’limda o`quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik
darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida har bir o`quvchi o`zining o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo`lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta’lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o`yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz: Interfaol o`yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
Interfaol o`yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamda
aralash o`yinlardan iborat. Bular o`quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko`nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi .
Bu metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o`ylashga, erkin
fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof –muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to`siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantiradi .
Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta’lim olish motivlarini,
ularni turi yo`lanishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan, interfaollikkka asoslangan didaktik o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Interfaol o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa
yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda tahlil qilish,hisoblash,
o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qaabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash,nutq o`stirish, til o`rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra, mavjud barcha o`yin turlarini
tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik , sport va harbiy o`yinlarga ajratiladi.
Interfaol o`yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi
natijalar beradi. -ishtirokchilarni tarkibi bo`yicha, ya’ni o`g`il bolalar, qiz bolalar yoki arlash guruhlar uchun o`yinlar :
-ishtirokchilarning soni bo`yicha –yakka, juftlikda, kichik guruh, katta
guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o`yinlar :
- o`yin jarayoni bo`yicha fikrlash, o`ylash, topag`onlik, harakatlarga
asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan;
-vaqt me’yori bo`yicha –dars, mashg`ulot vaqtining reja bo`yicha ajratilgan
qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`oliblar aniqlanguncha davom etadigan o`yinlar.
Bularning bari o`quvchilarga fanlararo bog`liqlikni o`rgatish orqali ularda
olam tuzilishini ilmiy asoslarini to`liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
O'quvchi matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standarti (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta'limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga boigan inti-lishlariga turtki beriladi.
Shu maqsadda ,,O'qish kitobi" darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o'rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do'stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo'yicha atroflicha tushunchalar berishga mo'ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
O'qish darslari savod o'rgatish davrida o'quvchilarni bo'g'in, so'z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o'qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o'qish texnikasi egallangandan so'ng o'qish muayyan mavzular bo'yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
Boshlang'ich sinf ,,O'qish kitobi" darshklariga kiritilgan muayyan mavzular o'quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to'g'ri shakllanti-rishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra, o'qish darslarining yetakchi xususiyati o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash bilan birga, o'quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlar-ning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko'zlangan maqsad o'zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularni uyg'otishdir.
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzu­lar o'qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo'lib, 2-sinf ,,0'qish kitobi"dagi ,,Ona yurtim-oltin beshigim" bo'limiga kiritilgan ,,0'zbekistonim" (H. Imonberdiyev), ,,lstiqlol" (J.Jabborov), ,,0'lka" (E.Vohidov), „ Yur tog'/arga" (U.Nosir), 3-sinfda ,,Ona bitta, Vatan yagona" bo'limidagi ,,Vatan haqida she'r" (A.Avloniy), ,,0'zbegim" (E.Vohidov), „ Vatan rno'tabardir" (X. Davron), ,,Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi" (T.Malik), 4-sinfda ,,O'zbekiston — Vatanim manitn" bo'limidagi ,,Serquyosh o'lka" (Z.Diyor), ,Jqboli buyuksan" (A. Ori-pov), ,,Toshkentnoma" (M.Shayxzoda), ,,Xarita" (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o'tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug` siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o'quvchilarni faqat o'tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o'tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bi­lan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo'ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo'lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog'liq H. Imonberdiyevning ,,0'zbekistonim ", J. Jabborovning „Istiqlol"(2-sinf), A. Rustamovning ,,Bayroq nima?", A. Obidjonning ,,0'ktam avlod" (3-sinO, S.Bar-noyevning ,,Mangulikka tatigulik kun", E.Malikovning ,,Assalom, Neksiya!" (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.
Tabiatga oid mavzular yordamida o'quvchilar tabiatdagi o'zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o'quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to'g'ri munosabatda boiishga o'rgatadi.
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag'riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o'rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Umuman, ,,O'qish kitobi" darsliklaridagi barcha mavzular o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini boyitishga, og'zaki va yozma nutqini to'g'ri shakllantirish va nutq madaniyatini o'stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi ,,0'qish kitobi" darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o'tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o'rgatiladigan ,,Ajdodlarimiz-faxrimiz", »Ilm — aql chirog'i", ,,Zumrad bailor", ,,Kumush qish" kabi mavzular 2—4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o'quvchilarning oldingi bilimlarini to'ldiradi va boyitadi.
Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviy-ahloqiy, adabiy-estelik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o'quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi.
Boshlang'ich ta'lim bo'yicha DTS va ,,Ona tili" o'quv dasturida o'qish ta'limi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to'g'ri tashkil qilish, o'qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Umuman olganda, o'qish darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:
1. O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qishlarini shakllantirish.
  1. O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni



olishgao'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan

chuqur mulohaza yiirituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish.


  1. O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish



va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

  1. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga mu­



habbat ruhida tarbiyalash.

  1. O'quvchilarning bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafak-



kurini o'stirish.

  1. O'quvchilarning xayolot olamini boyitish.




  1. Elementar adabiy tasawurlarini shakllantirish.



Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo'lib, ular zamonaviy o'qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o'zaro bog'Iiq holda va sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi.

Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish mеtodida o’rganilgan bo’lsa, hozirgi maktablarda o’qish izohli o’qish mеtodida olib boriladi. Yod olish mеtodida matndagi so’zlarga izoh bеrishga, mazmunini tushuntirishga, o’qilganini qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e'tibor bеrilmagan. Ularda ko’proq turli talaffuzga, qiroat bilan o’qishga, ifodali o’qishga katta e'tibor bеrilgan.


Hozir maktablarda o’qish izohli o’qish mеtodida olib borilyapti. Izohli o’qishga kеyingi ma'ruzalarda to’xtalamiz. O’qish darslarida o’quvchilar tabiat, jamiyat, unda yashovchi, kishilar xayoti, ularning o’tmishi, hozirgi yashash tarzi, mashhur kishilari haqida, vatanning tabiati, ob-havosi, boyliklari, hayvonot dunyosi va boshqalar haqidagi bilimlarni egallaydilar. Bilim olish jarayonida ularga nisbatan munosabat uyg’onadi. Bilim bеrish bilan o’quvchi shaxsi tarbiyalanib boradi.
V.A.Suxomlinskiy bu haqida shunday dеydi: «Bolalar dunyoni va o’z-o’zini bila borish bilan birga katta avlodlar yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar uchun o’zining mas'ulligini oz-ozdan bila borishlari kеrak. …bolaga yaxshilik va yomonlikni to’gri ko’rish imkonini bеrish kеrak. Yaxshilik unda quvonch, zavq, hayajon, ma'naviy go’zallikka ergashish ishtiyoqini hosil qiladi;
yomonlik qahr-g’azab, murosasizlik uyg’otadi, haqiqat va adolat uchun kurashga chorlovchi ma'naviy kuchga to’ldiradi. (1-4 sinf "O’qish kitobi" da bеrilgan asarlar misolida ochib bеriladi).

Yüklə 65,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin