Mavzu: Ovqat hazm qilish tizimi va uning yoshga bog’liq xususiyatlari Reja: Kirish Asosiy qism


Ingichka ichakda ovqatning hazm bo‘lishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/9
tarix05.06.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#60707
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ovqatlanish

Ingichka ichakda ovqatning hazm bo‘lishi. Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6-7 m, diametri 2,5-3 sm. Ingichka ichak 12 barmoqli ichak - 20 sm, och ichak va yon bosh ichakka bo‘linadi. Oshqozon qisman parchalangan ovqat bo‘tkasi 12 barmoqli ichakka tushadi. Bu erda jigardagi o‘t pufakda ishlab chiqilgan o‘t suyuqligi va oshqozon osti bezida ishlab chiqilgan oshqozon osti bezining shirasi yordamida va 12 barmoqli ichak devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi ta’sirida ovqat bo’tqasi parchalanadi.
Jigar. Jigar organizmdagi eng katta bez bo‘lib, og‘irligi 1,5 kg. chap qovirg‘alar ostida joylashgan. Jigar quyidagi vazifalarni bajaradi: darvoza venasini hosil qilgan vena qon tomiri ovqatdagi va qondagi zaharli moddalarni zaharsizlantiradi; qon deposi hisoblanadi. Bu erda 10% qon zapasi saqlanadi; o‘lgay eritrotsitlar jigarda to‘planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil bo‘ladi; Kuper hujayralarida o‘t suyuqligi ishlab chiqariladi; Jigar ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi; Jigar tana temperaturasini turg‘un saqlashda ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan so‘ng o‘t ajralib chiqadi va 12 barmoqli ichakka kuyiladi. O‘t yog’larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi erishini tezlashtiradi, ovqat hazm qilish kanalini harakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o‘ldiradi. Bolaning yoshi ortishi bilan jigarning xajmi, og‘irligi tuzilishi o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilgan bola jigarning og‘irligi 130 g, 2-3 yoshda - 460 g, 6-7 yoshda - 675 g, 8-9 yoshda - 720 g, 12 yoshda - 1130 g, 16 yoshda -1260 g. Bolalar o‘t kislotasining konsentratsiyasi va miqdori kam bo‘ladi.
Bolalar orasida oshqozon - ichak kasalliklari 1 yoshgacha - 40%, 5 yoshgacha - 30% va 5 yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, ovqatlanish gigiyenasining buzilishi, issiq sharoit og‘riq bolalarda ovqat hazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat hazm qilish sistemasining harakterli belgisi: shilliq, qavati nozik, qon va limfa tomirlariga bo’y, elastikligi sust. Bu esa oshqozon-ichak traktining tez yallig‘lanishiga va kasallikning og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol o‘tishini ta’minlaydi. Bolalarda oshqozon shirasida kislotalik kam bo‘ladi, fermentlar kam hazm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va tozalanmaydi va zaharli moddalarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Jigarning etarli rivojlanmaganligi ham bolalarda oshqozon ichak kasallarini keltirib chiqaradi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin