Mavzu: Ovqat hazm qilish tizimi va uning yoshga bog’liq xususiyatlari Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/9
tarix05.06.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#60707
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ovqatlanish

Hazm a’zolarining taraqqiyoti. Ovqat hazm qilish kanali pushtda birlamchi ichak nayi shaklida bo‘lib, homilada u og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, me’da va ichaklarga bo‘linadi. Hazm tizimi homila hayotining 4-oyidan faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bu davrda homila ichagida bargrang mekoniy bo‘lib, uning tarkibiga epiteliy hujayralari, shilliq, o‘t, hamda homila yutgan amnion suyuqligi tarkibidagi moddalar bo‘ladi. Homila davrining so‘ngida hazm tizimi yangi tug‘ilgan bolaning hayotiy vazifalarini bajarish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Birlamchi ichak nayining boshlang‘ich qismidan rivojlanuvchi a’zolar
Hazm tizimining oldingi uchi ektodermadan taraqqiy etadi. Bosh miyaning oldingi qismi tez o‘sishi natijasida peshona bo‘rtig‘i, uning ostida esa botiqlik-og‘iz ko‘rfazi hosil bo‘ladi. Og‘iz ko’rfazi chuqurlashib entodermadan hosil bo‘lgan birlamchi ichak nayini oldingi uchiga yaqinlashadi va uni qoplagan ektoderma birlamchi ichak entodermasi bilan qo‘shilib epitelial halqum pardasini (membrana pharyngea) hosil qiladi. Homila hayotining 3-haftasida bu parda so‘rilib, og‘iz ko‘rfazi birlamchi ichak bo‘shlig‘i bilan qo‘shiladi. Og‘iz ko‘rfazi yon va past tomondan I visseral ravoq hosilalari bilan chegaralangan. Bu ravoqning yuqori jag‘ o‘simtasidan: yuqori jag‘, tanglay, yuqori labning tashqi qismi, lunj, burun bo‘shlig‘ining yon devori hosil bo‘ladi. Juft pastki jag‘ o‘simtasining birikishidan esa pastki jag‘, pastki lab, og‘iz bo‘shlig‘ining tubi hosil bo‘ladi. Yuqori jag‘ o‘simtalari orasiga peshona bo’rtig‘ining o‘rta burun o‘simtasi kiradi va undan qattiq tanglayning keskich qismi va yuqori labning o‘rta qismi hosil bo‘ladi. Agar shu o‘simta yuqori jag‘ o‘simtalari bilan birikmasa, yuqori lablar birikmay quyon lab (labium leporinum), yuqori jag‘ o‘imtasining tanglay plastinkasi birikmay qolsa, bo‘ri og‘iz (palatum fissum) hosil bo‘ladi.
Tishlar (dentes) ovqat hazm qilishda ishtirok etib qolmay, odamda so’z bo’g’inlarini hosil qilishda ham qatnashadi. Ular yuqori va pastki jag’ning tish katakchalarida milklarning yuqorigi chekkasida joylashadi. Tishlar kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari jihatidan suyaklarga o’xshaydi va ulardan kelib chiqishi bilan farq qiladi. Tish uch qismdan: toji, bo’yni va ildizidan iborat.
Tish toji (corona dentes) og’iz bo’shlig’ida ko’rinib turgan qismi bo’lib, to’rtta yuzasi bor. Tilga qaragan yuzasi (facies lingualis), og’iz dahliziga qaragan yuzasi (facies vestibularis) kesuv va kurak tishlarda lablarga qaragan (facies labialis), kichik va katta oziq tishlarda lunjga qaragan (facies buccalis) bo’ladi. Tishlarning o’zaro yondoshgan yuzasi (facies contactus) va chaynov yuzasi (facies occlusalis) tafovut qilinadi.
Tish bo’yni (collum dentis) tish toji bilan ildizi o’rtasidagi toraygan qismi. Uni atrofidan milkning shilliq pardasi o’rab turadi.
Tish ildizi (radix dentis) bittadan uchtagacha bo’lib, tish katakchalarida joylashgan. U ildiz uchi (apex radicis) bo’lib tugaydi. Tish toji ichidagi tish bo’shlig’i (cavitas dentis) ildizga kanal (canalis radicis dentis) bo’lib davom etadi. Bu kanal ildiz uchida ildiz uchi teshigi (foramina apicis dentis) bo’lib ochiladi. U orqali kirgan qon tomir va nervlar tish pulpasini (pulpa dentis) hosil qiladi.Tish pulpasi joylashgan joyiga qarab toj qismi ichidagi (pulpa coronalis) va ildiz ichidagiga (pulpa radicialis) bo’linadi.
Tishning moddasi dentindan (dentinum) iborat bo’lib, tish toji tashqi tomondan emal (enamalum) ildizi esa tsement (cementum) bilan qoplangan.


    1. Yüklə 0,82 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin