Mavzu: O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi Reja



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/9
tarix11.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#111778
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shoimova Nodira

Kurs ishning obyekti: O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi asoslarini yoritish jarayoni.
Kurs ishning predmeti: O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi uslubiy asoslari.
Kurs ishining maqsadi: O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi mavzusini o‘rganishda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
Kurs ishining vazifalari:
1. O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi.
2. Fe‘l nisbatlari haqida umumiy ma‘lumot.
3. O‘zbek tilidagi fe‘l nisbatlarida pleonazm va u haqida mulohazalar.
4. Jahon tilshunosligida nisbat kategoriyasi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida O'zbek tilshunosligida til avlodlarni-avlodlarga, asrlarni - asrlarga bog`laydi , chunki biz va siz tasavvur qilaolmaydigan o`tmish ajdodlarimiz ruhi shu ona tilimizga singdirilgandir shu dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 3 bob, 4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
II Asosiy qism:
2.1. O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi.
O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasi haqida umumiy ma‘lumot.
Turkiy tillar tilshunosligidagi izlanishlar Turkiy tillardagi barcha tasviriy grammatikalar va fe’l nisbatlariga bag‘ishlangan maxsus adabiyotlarda fe’l nisbatlari harakatning sub’ekti va ob’ekti, harakat va sub’ekt, harakatning bir tomondan sub’ekt va obyekt, ikkinchi tomondan, ob’ekt va sub’ektning harakatga munosabatini ifodalovchi kategoriya sifatida qaraladi. Turk tilida nisbat shakllari besh xil ko‘rinishga ega. Turk tilshunoslaridan Zeynep Korkmaz fe’l nisbatlarini quyidagicha izohlaydi:
“Fe’lning o‘zak yoki negizi leksik jihatdan hech qanday o‘zgarishga uchramasdan, fe’ldan fe’l hosil qilgan ba’zi aniq qo‘shimchalar bilan kengaytirilib, gapdagi ega va to‘ldiruvchi bilan bo‘lgan munosabatidan hosil bo‘ladigan holat o‘zgarishiga nisbat deyiladi”.
Agar bu izohni yana ham aniq tushuntiradigan bo‘lsak, nisbat fe’lning ma’no o‘zgarishini emas, balki gapdagi ega va to‘ldiruvchiga ishora qiluvchi shakl o‘zgarishidir. Bu borada ko‘plab o‘zbek olimlari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.
Turkman, tatar tillarida ham xuddi shunday beshta daraja tasniflanadi. Qozoq tilida yuqoridagilardan farqli ravishta fe’l nisbatlarining to‘rtta turi ajratib ko‘ratiladi. Bosh daraja nisbat shakli sifatida keltirilmaydi.Yo. Abdurasulovning “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” kitobida nisbatlar haqida to‘xtalingan, umumiy tavsif berilgan. Uyg‘ur, yoqut, boshqird, gagauz, ayrim joylarda tatar, turkman tillarida misollar keltirilgan. Ammo alohida guruhlashtirilish masalalariga e’tibor qaratilmagan
Harakatning bajaruvchisi bilan harakat o 'tadigan predm et — vositasiz to 'ld iru v ch i orasidagi o 'zaro munosabatda bajaruvchining holatini belgilaydigan morfemaga nisbat yasovchisi deyiladi, bunday morfemalar nisbat shakllari paradigmasini tashkil etadi.N isbat paradigmasi o 'zb ek tilida majhul nisbat va unga zid q o 'y ib belgi- lanadigan aniq nisbat shakllaridan iborat. Majhul nisbat markerli: -/ affiksi bilan yasaladi: ayt---- * aytil-, yasa— + yasal- kabi. Ba'zan -I affiksi -n shak­lida qo'shiladi: ol— > olin-, sayla— > saylan- kabi1. K o'rinadiki, majhul nis­bat yasovchi affiks -I, -n allomorfemalari shaklida namoyon bo'ladi; bulardan -/ asosiy, -n esa ikkilamchi allomorfema bo'lib, odatda fe'l leksema tarkibida / fonemasi mavjud b o 'lsa, shu fonemaning ta'siri bilan affiksning ifoda jihati b o 'lib kelgan / tovushi n tovushiga almashadi, shuning natijasida -I va -n al­lomorfemalari, / fonemasining I va n allofonemalari yuzaga keladi.
Bajaruvchining majhullashishi fe’l leksemaga -/ affiksini q o 'sh ish bilan voqe b o 'lad i, shunga k o 'r a bu affiks majhul nisbat yasovchisi, bu affiks at- nashadigan sintaktik qurilma esa majhul qurilma deyiladi (Adabiyotlarda passiv onstruksiya termini ishlatiladi). Majhul qurilma hosil etish uchun asos b o 'lg an sintaktik qurilmaga aniq qurilma deyiladi (Adabiyotlarda aktiv kons­truksiya termini ishlatiladi).
Majhul nisbat affiksi q o 'sh ilg an o'tim li fe'l leksemaga zid q o 'y ib (oppo­zitiv munosabatda) bunday affiks qo'shilm agan holat aniq nisbat deb yuriti- ladi. Aniq nisbat shaklini yasovchi affiks yo'q, bu nisbatning shakli majhul nisbat shakliga zid q o 'y ib nol ko'rsatkichli morfema deb belgilanadi;
O 'tim li-o 'tim sizlik d a harakat bilan vositasiz to'ldiruvchi munosabati asosga olinsa, nisbatda bajaruvchining holatida voqe b o 'ladigan o'zgarish asosga olinadi: ega vazifasidagi bajaruvchi majhullashadi, sintaktik quril-160madan chiqadi, vositasiz to'ldiruvchi esa ega vazifasiga o ‘tadi. Rasmiy nutq turida bajaruvchi majhullashmay, vositali toMdiruvchi vazifasiga o ‘tishi ham uchraydi: Xat ukam tomonidan yozildi kabi.Aniq nisbatdagi fe’l leksema vositali toMdiruvchini ham boshqarishi mumkin. Bunday fe'l leksemadan majhul nisbat yasalganida vositali toMdiruv­chi odatda .o'zicha saqlanadi:


Demak, o ‘zbek tilida majhul nisbatdan va unga zidlab belgilanadigan aniq nisbatdan iborat ikki a'zoli paradigma mavjud. Majhul nisbat o ‘timli fe'l leksemadan yasaladi; bunda sintaktik qurilma "bajaruvchi ega + vositasiz toMdiruvchi + aniq nisbatdagi fe'l leksema" holatidan "ega vazifasiga o ‘tkazilgan vositasiz toMdiruvchi + majhul nisbatdagi fe'l leksema" holatiga transformatsiya qilinadi (lot. transformatio — 'qayta qurilish'). Majhul nisbat yasalishi bilan uch a'zoli sintaktik qurilma odatda ikki a'zoli sintaktik qurilmaga ylanadi, ayni vaqtda bajaruvchi ega majhullashib, vositasiz toMdiruvchi ega vazifasiga o'tadi. Bunday o'zgarishda tushum kelishigi bilan bosh kelishik orasidagi aloqa-munosabat namoyon boMadi: tushum kelishigi bosh kelishikka almashadi.


Majhul nisbat o ‘timli fe'l leksemadan yasaladi, shunga k o ‘ra aniq nisbatda deb faqat o ‘timli fe'l leksemani-gina aytish to ‘g ‘ri. 0 ‘tim siz fe'l leksema vositasiz toMdiruvchini boshqarmaydi; transformatsiyalanuvchi boMaklardan biri y o'qligi sababli majhul nisbat yasab boMmaydi. Demak, otim siz fe'l leksema aniq nisbat — majhul nisbat yasalishi paradigmasida qatnashmaydi.
Bu yerda ega o‘zicha saqlanmaydi, sabab holiga aylanadi; vositasiz toMdiruvchi tashlanmaydi, lekin vositali toMdiruvchiga aylanmay, egaga aylanadi; qurilmadan o ‘zlik ma'nosi ifodalanadi. Ushbu transformatsiyalanish eganing o 'zich a saqlanmagani bilan o ‘zlik shakli yasalishidan farqlanadi, vositasiz toMdiruvchining egaga aylanishi bilan majhul nisbat yasalishiga o’xshaydi; lekin transformadan o'zlik ma'nosi ifodalanadi.
O‘zlik shakli faqat o ‘timli fe'l leksemadan yasaladi, lekin majhul nisbat orttirma yasovchisi qo‘shilishi bilan o ‘timlilashgan fe'ldan ham yasaladi.0 ‘zlik shakli -n affiksi bilan yasaladi: yuvin-, taran-, yelpin-, qashinkabi. Ba'zi leksemalarga -n shaklida emas, -I shaklida qo'shiladi: egil-, bukil-,yiqil- kabi. Ko'rinadiki, o 'zlik shakli yasovchi -n affiksi birlamchi -n allomor­femasi shaklida va ikkilamchi -I allomorfemasi shaklida namoyon bo'ladi; demak, bu yerda n fonemasining n asosiy allofonemasi va / ikkilamchi allo­fonemasi voqe bo'ladi (Majhul nisbat yasalishida buning aksi bo'lishi yuqorida ta’kidlandi). Ayrim fe'l leksemalardan o 'zlik shakli -sh affiksi bilan yasaladi: jo y lash- kabi.
O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishining asosiy nazariyasi
O’zbek tilshunosligida nisbat kategiriyasinng o’rganilishi.
O‘zbek tilshunosligidagi izlanishlar N. Abdurahmonovning “Qadimgi turkiy til” kitobida fe’l nisbatlari fe’l darajalari deb yuritilganligini va qadimgi turkiy til davridagi manbalardan kelib chiqib fe’l darajalarini 5 turga bo‘linganligini bilishimiz mumkin: bosh daraja, o‘zlik daraja, majhul daraja, orttirma daraja, birgalik daraja
Keyinroq nashr etilgan I. Azimovning “Qadimgi turkiy til” kitobida esa majhul va o‘zlik nisbat qo‘shimchalari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: –л,-н, -қ (-к). So‘zlar undosh bilan tugagan holatda ushbu qo‘shimchalar oldidan bir tor unli qo‘shiladi deyilgan.
N. Raxmonov, Q.Sodiqovlarning “O‘zbek tili tarixi” kitobida yozma yodgorliklar tilida fe’lning birgalik nisbati -š qo‘shimchasi bilan, orttirma nisbat -t, -r, -ur, -ür, -tur, -tür/ -dur, -dür/ -tἲr, -tir/ -dἲr, -dir ,-qur,, -kür, -ḡür, -gür, -z, -uz, -üz, -duz, -düz qo‘shimchalari orqali yasalishi aytilgan
M. Sodiqovaning “Fe’l stilistikasi” kitobida fe’l nisbatlari beshta emas to‘rt turli bo‘lishi, aniq nisbat fe’lning nisbat kategoriyasiga kiritilmasligi, balki bu o‘zlik nisbat tarkibida bosh nisbat sifatida kelishi haqidagi shaxsiy fikrlari aytib o‘tiladi. Shuningdek, muallif o‘zlik nisbatiga aloqador formalarni “o‘zlik” ma’nosining ifodalanish turiga qarab ikki guruhga ajratadi: sintetik usul, analitik usul. Sintetik usulda grammatik qo‘shimchalar yordamida o‘zlik nisbati yasalsa, analitik usulda “o‘z” olmoshi qatnashadi. Masalan: o‘zini o‘zi koyidi (koyindi), o‘zini o‘zi maqtadi (maqtandi), o‘zini o‘zi yuldi. Analitik formadagi fe’llarning sintetik formadagi paraleli doim ham bo‘lmaydi Ko‘rinib turibdiki, til tarixida nisbat kategoriyasi turli ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. Hozirgi kunda fe’l nisbatlari beshta deb qaraladi: 1.Aniq nisbat (0); 2.Majhul nisbat (-n,-l); 3.O‘zlik nisbat (-n,-l); 4.Orttirma nisbat (-t,-dir-,tir,-ir,-ar,-iz,-gaz,-giz,-sat); 5.Birgalik nisbat (-sh,-ish). Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi qo‘shimchalar yordami bilan yasaladi. Bu qo‘shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o‘zgarti rmaydi,
balki unga qo‘shimcha ma’no qo‘shadi. Ya’ni bu qo‘shimchalar harakatning bajaruvchisi (sub’ekti) va predmeti (ob’ekti) ni ko‘rsatib, gap qurilishining qanday bo‘lishini bildirib turadi. Masalan: yozdi – sub’ekt (ega)ning o‘zi bajaradigan harakat, yozildi – predmet (ob’ekt) tomonidan bajarilib, sub’ekti noma’lum harakat, yozishdi –bir necha sub’ektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – sub’ektning ob’ektga ta’siri bilan bajariladigan harakat. Ilk o‘rta asrlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi yoz ma yodgorliklar butun turkiy xalqlar uchun umumiy bo‘lgani singari til grammatikasidagi xuxusiyatlar ham yagona ko‘rinishda o‘rganilib kelingan. Ammo hozirgi kunda o‘zbek tili bilan bir qatorda boshqa turkiy tillar tarkibiga kiruvchi qardosh xalqlar morfologiyasida ma’lum bir o‘xshashliklar va farqlar yuzaga keldi. Bu borada ham ba’zi bir qardosh tillardagi nisbat kategoriyasi haqidagi fikrlarga to‘xtalib o‘tamiz.
Turkiy tillar tilshunosligidagi izlanishlar Turkiy tillardagi barcha tasviriy grammatikalar va fe’l nisbatlariga bag‘ishlangan maxsus adabiyotlarda fe’l nisbatlari harakatning sub’ekti va ob’ekti, harakat va sub’ekt, harakatning bir tomondan sub’ekt va obyekt, ikkinchi tomondan, ob’ekt va sub’ektning harakatga munosabatini ifodalovchi kategoriya sifatida qaraladi. Turk tilida nisbat shakllari besh xil ko‘rinishga ega. Turk tilshunoslaridan Zeynep Korkmaz fe’l nisbatlarini quyidagicha izohlaydi:
“Fe’lning o‘zak yoki negizi leksik jihatdan hech qanday o‘zgarishga uchramasdan, fe’ldan fe’l hosil qilgan ba’zi aniq qo‘shimchalar bilan kengaytirilib, gapdagi ega va to‘ldiruvchi bilan bo‘lgan munosabatidan hosil bo‘ladigan holat o‘zgarishiga nisbat deyiladi”.
Agar bu izohni yana ham aniq tushuntiradigan bo‘lsak, nisbat fe’lning ma’no o‘zgarishini emas, balki gapdagi ega va to‘ldiruvchiga ishora qiluvchi shakl o‘zgarishidir. Bu borada ko‘plab o‘zbek olimlari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.
Turkman, tatar tillarida ham xuddi shunday beshta daraja tasniflanadi. Qozoq tilida yuqoridagilardan farqli ravishta fe’l nisbatlarining to‘rtta turi ajratib ko‘ratiladi. Bosh daraja nisbat shakli sifatida keltirilmaydi.Yo. Abdurasulovning “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” kitobida nisbatlar haqida to‘xtalingan, umumiy tavsif berilgan. Uyg‘ur, yoqut, boshqird, gagauz, ayrim joylarda tatar, turkman tillarida misollar keltirilgan. Ammo alohida guruhlashtirilish masalalariga e’tibor qaratilmagan

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin