Mavzu: O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi Reja


Fe‘l nisbatlari haqida umumiy ma‘lumot



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/9
tarix11.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#111778
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shoimova Nodira

2.2. Fe‘l nisbatlari haqida umumiy ma‘lumot.
Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (sub’ekti) va predmeti (ob’ekti) yoki bir necha bajaruvchi (sub’ektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabat turlicha bo`ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shax syoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov).
Boshqa bir shaklda harakatning sub’ekti (ega) ham, ob’ekti ham bir shaxsning (predmetning) o`zi bo`ladi. Masalan: Feruzaga hovliga tushib, shabnamda qiyg`os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G`ulom).
Yana bir ko`rinishda harakatning bajaruvchisi sub’ekt emas, ob’ekt sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi. Masalan: Tashqarida so`riga gilam to`shaldi, ko`rpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi (Tog`ay Murod).
SHuningdek, harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajarilishi mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Tog`ay Murod).
Yana bir nisbat shaklida esa harakat grammatik sub’ekt (ega)ning boshqa bir sub’ekt va ob’ekt ta’siri bilan bajariladi. Masalan: Mo`minning ovozidan qat’iyat, buyruq Laylini bo`shashtirdi (S.Z.)
SHunga ko`ra fe’llarda besh xil nisbat ko`rinishi mavjud:
1. Aniq nisbat.
2. O`zlik nisbat.
3. Majhullik nisbati.
4. Birgalik nisbati.
5. Orttirma nisbat.
Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi qo`shimchalar yordami bilan yasaladi. Bu qo`shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o`zgartirmaydi, balki unga qo`shimcha ma’no qo`shadi. YA’ni bu qo`shimchalar harakatning bajaruvchisi (sub’ekti) va predmeti (ob’ekti) ni ko`rsatib, gap qurilishining qanday bo`lishini bildirib turadi. Masalan: yozdi – sub’ekt (ega)ning o`zi bajaradigan harakat, yozildi – predmet (ob’ekt) tomonidan bajarilib, sub’ekti noma’lum harakat, yozishdi – bir necha sub’ektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – sub’ektning ob’ektga ta’siri bilan bajariladigan harakat.
Bu shakldagi fe’lda harakatning bajaruvchisi grammatik jihatdan ega vazifasini bajargan shaxs yoki predmet bo`ladi. To`ldiruvchi esa harakatning ob’ekti bo`ladi. Gapning bunday qurilishi tilshunoslikda aktiv konstruktsiya (faol qurilma) deb yuritiladi. Masalan: Navoiy shiringina yasog`liq uyda tanho ishlar edi (O.). Ushbu gapda ishlar edi harakatning bajaruvchisi (sub’ekti) Navoiy bo`lib, u ega orqali ifodalangan. Harakatning ob’ekti esa uyda vositali to`ldiruvchi orqali ifodalangan.
Bunday shaklida maxsus nisbat ko`rsatkichi yo`q. Bu nisbat ma’nosi fe’l negizi orqali ifodalanadi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil qilishi uchun asos bo`la oladi (qiyoslang: o`qidi, o`qildi, o`qishdi, o`qitdi kabi)2.
Bu nisbatdagi fe’lda harakatning sub’ekti bilan ob’ekti bir shaxsning o`zi bo`ladi. Masalan: Men har tong Toshkentning go`zilligi, fayzi bilan zavqlanaman (U.Mahkamov) gapida zavqlanaman fe’li tarkibida kelgan –lan qo`shimchasi harakatning sub’ekti bilan ob’ekti men shaxsi ekanligini ko`rsatib turibdi.
O`zlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in qo`shish bilan: maqta-n, o`ra-n, yuv-in, kiy-in kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il qo`shish bilan: surka-l, shosh-il kabi;
v) –lan (-la+-n dan tuzilgan qo`shma affiks) affiksini qo`shish bilan: zavq-lan, tinch-lan, shod-lan kabi;
g) –ish qo`shimchasini qo`shish bilan: ker-ish kabi.
Barcha fe’l negizlaridan (o`timli, ba’zi bir o`timsiz) o`zlik nisbati yasalmaydi: so`ra, bor, yugur kabi. Ba’zi fe’l negizlarining, aksincha, aniq nisbati yo`q: quvon, seskan kabi.
Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi sub’ekt (ega) emas, ob’ekt (to`ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi.
Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G`.) gapida olib kirildi harakatining bajaruvchi sub’ekti noma’lum, ot-aravalar so`zi ega vazifasida kelsa-da, ob’ekt vazifasini bajargan.
Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda passiv konstruktsiya deb yuritiladi.
Majhullik nisbati quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il affiksini qo`shish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in affiksini qo`shish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.
Majhullik nisbatdagi fe’lni hosil qilishda –l (-il) affiksi ko`proq qo`llaniladi. Ba’zan ayni bir fe’l negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o`zlik, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l negizining o`zlik yoki majhullik nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga tayyorlandi. Operatsiyaga meditsina uskunalari tayyorlandi.
Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko`z tegmasligi uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (O`.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi fe’llari anglatgan harakatning bir necha sub’ekt, ya’ni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi.
Birgalik nisbatdagi fe’l quyidagicha yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –sh, undoshdan so`ng –ish affiksini qo`shish bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi;
b) so`z o`zagiga –lash (-la+-sh qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi.
Bu nisbat shaklida harakat grammatik sub’ekt (ega)ning boshqa bir sub’ekt yoki ob’ektga ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi.
Masalan: Biz Hamid Olimjon bilan bunday oydin, musaffo kechalarni ko`p o`tkazganmiz (G`.G`.) gapida ikkita sub’ekt mavjud bo`lib, asosiy sub’ekt vositali to`ldiruvchi (Hamid Olimjon bilan), ikkinchi darajali sub’ekt esa ega (Biz) vazifasida qo`llangan bo`lib, o`tkazganmiz harakati sub’ektning sub’ektga ta’siri natijasida bajarilgan.
SHuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir sub’ekt mavjud bo`ladi. Bunday holda harakat ob’ektga (to`ldiruvchiga) o`tadi. Masalan: U kitob keltirdi kabi.
Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo`shish bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga –t affiksini qo`shish bilan: qisqart, boyit kabi;
b) fe’l negiziga –tir (-dir) affikslarini qo`shish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, buzdir kabi;
v) sh, ch, t, undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –ir affiksini qo`shish bilan: shoshir, ichir, botir kabi;
g) oxiri undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe’l negizlariga –ar affiksini qo`shish bilan: chiqar, qaytar kabi;
d) oxiri undosh bilan tugagan fe’l negizlariga -g`iz, -giz, -qaz, -g`az, -kaz, -qiz, -kiz affikslarini qo`shish bilan: turg`iz, egiz, o`tkaz, qutqaz, yutqiz, etkiz kabi;
e) oxiri m, q undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –iz affiksini qo`shish bilan: tomiz, oqiz, boqiz kabi;
yo) fe’l negiziga –sat (-sa+-t qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: ko`rsat (faqat ko`r fe’l negiziga qo`shiladi) kabi.
Fe‘lning munosabat shakllari
So'zlovchining fe'ldananglashilgan harakat-holatiga munosabatini bildirgan fe'l shakllariga mayl shakllari, shunday shakllar tizimiga esa mayl kategoriyasi deyiladi.
Fe'llarning to'rtta mayl shakli mavjud:1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli ; 4) maqsad mayli.
Xabar (yoki ijro) mayli---harakat holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi xabar darakni bildiruvchi fe'l shakli xabar shakli hisoblanadi.
Xabar maylining maxsus qo'shimchasi yo'q. Xabar mayli fe'l asosiga zamon va shahs-son qo'shimchalarini qo'shish orqali ifodalanadi. Keldi, keladi,
Buyruq-istak mayli---harakat va holatini bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq , istak, iltimos, maslahat ma'nolarini bildirgan, harakatni bajarishga da'vat etish ma'nosini bildiradigan fe'l shakliga buyruq-istak mayli shakli deyiladi.
Buyruq-istak mayli shakllari fe'l asoslariga quyidagi qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi: -y(ay), -(a)yon, -gin, -kin, -qin, -(i) ng, -sin(lar), -(a) ylik, -(i) nglar.Hayot saboqlarini o'rgangin..
Fe'lning zamon, shahs-son qo'shimchalarisiz qismi || shahs buyruq-istak maylini ifodalaydi. Bu qismga buyruq-istak ma'nosini kuchaytirish uchun -gin qo'shimchasini qo'shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki shakl ma'nodosh sanaladi: kel-keling-kelgin; ol-oling-olgin.
Shart mayli--boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart boʻlgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe'l shakli shart mayli shakli sanaladi, shart mayli -Sa qo'shimchasi yordamida yasaladi:Aysam, tilim, aytmasam dilim.
Shart mayli edi, ekan to'liqsiz fe'llari bilan kelganda orzu-istak ma'nosini bildiradi: -Sa edi shakli ba'zan -Saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi; ko'rsaydi, o'qisaydi...
Shart mayli shakli kerak so'zi bilan kelganda taxminan-gumon ma'nosini bildiradi: Bu bola yaxshi bilsa kerak (bilmasligi ham mumkin)
Maqsad mayli---harakatning biror maqsadda bajarilishini bildiradi, -moqchi qo'shimchasi yordamida hosil qilinadi. Masalan; Yozmoqchiman., yozmoqchisan,, yozmoqchi,.
FE'LLRDA SHAHS-SON KATAGORIYASI.
Fe'ldan ifodalangan harakatning shahslarga munosabatini bildigan qo'shimchalarga shaxs-son qo'shimchalarini deyiladi. Masalan, keldim yozding,boraman so'zlaridagi -maydoni,-ng, -man qo'shimchalari. Bunday qo'shimchalarning
shahs-son qo'shimchalari deb yuritilishiga sabab shuki, shahs qo'shimchalari ayni paytda sonni ham bildirib turadi:yo birlik, yo ko'plik shaklida bo'ladi. Masalan:
BIRLIK KO'PLIK
yozdi-m yozdi-k
yozdi-ng yozdi-ngiz(laring)
yozdi- yozdi-lar(yozishdi).
Baʼzi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs qo'shimchasi , shuningdek, birlik ma'nosini ifodalash uchun ko'plik qo'shimchasi qo'llanishi mumkin. Bunday holatlar ma'lum uslubiy maqsadda roʻy beradi. Ikkinchi va uchinchi shaxs birlik shakllari o'rnida ko'plik shakli qo'llanilsa, shaxs ko'pligi emas, balki shaxsga hurmat ma'nosi ifodalanadi. Masalan:Dadam keldilar, Ayrim o'zbek shevalarida shart maylidan keyin qo'shiladigan shaxs-son shakllari o'rniga o'tgan zamonning— gan shakli, hozirgi zamon va kelasi zamon shakllaridan keyin ishlatiladigan shakl qo'llaniladi. Masalan:borsa, o'rniga borsamiz borsavuz. II shaxs buyruq mayli qo'shimchalari o'rniga III shaxs buyruq mayli qo'shimchasi ishlatiladi. Masalan: kiring o'rniga kirsinlar. Bunday holat o'zidan katta yoki obroʻli kishilarga nisbatan qo'llanilib, hurmat ma'nosi ifodalaydi. Fe'llning I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi. III shaxsda esa zamon qo'shimchalari shaxs ma'nosini ham ifodalaydi. O'tgan zamonning -di hamda kelasi zamon shart mayli -Sa shakllaridan soʻng -m, -ng, -k, -ngiz qo'shimchalari:kelsam, bordingiz, keldik, ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe'lning hozirgi zamon shakllaridan soʻng -man, -miz,-san,-siz qo'shimchalari qo'llaniladi. Fe'lning shaxs-son shakllari bir-birining o'rnida almashib qo'llanishi mumkin:Uka shunaqa narsa bilan hazil qiladimi? (3shaxs birlik hazil qilasanmi—2- shaxs, birlik o'rnida qo'llaniladi)
FE'LNING ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimiga esa zamon kategoriyasi deyiladi.
O'TGAN ZAMON SHAKLLARI
O'tgan zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo'lganini bildiradi. Bu zamon shakllari fe'l asoslariga -di, -(i) bdi, -gan, -kan,-qan qo'shimchalarini va ulardan soʻng shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. -di qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli so'zlovchining bevosita oʻzi ko'rgan harakat va holatni bildiradi. -di qo'shimchasidan soʻng shaxs-son qo'shimchasining -m, -k, -ng -ngiz shakllari qo'llaniladi. -(i)b qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli ilgari roʻy bergan harakat va holatning sozlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va bu qo'shimchadan soʻng shaxs-son qo'shimchasining -man, -miz, -san, -siz, -di(lar) shakllari qo'shiladi:boribman, boribsan, boribsiz.... Bu shakllar garchi "o'tgan zamon" umumiy ma'nosi asosida birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma'lum ma'nosiga ko'ra farq qiladi; -gan shakli -di ga nisbatan harakatning nutq soʻzlagan vaqtdan ancha oldin roʻy berganini bildiradi. -ibdi, -ibman, -ibsan shakllari esa so'zlovchi nutq momentidan oldin roʻy bergan harakakni boshqa shaxsdan eshitganligiini yoki oldindan kutilgan harakatning amalga oshganligini bildiradi.
HOZIRGI ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtda roʻy berishi yoki bermasligini bildirgan shakllarga hozirgi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon ma'nosi -yapti, -yotir, -moqda singari qo'shimchalar qo'shish orqali ifodalanadi. Masalan :yozyapti, yozmoqda, yozayotir. Bulardan -yapti, -moqda, fe'l asoslariga, -yotir esa fe'lning ravishdosh shakliga qo'shiladi. Hozirgi zamon shakllari ma'lum uslubga xoslangani bilan o'zaro farqlanadi, -yapti uslubiy betaraf (neytral) shakl bo'lsa, -moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xosdir. -yap shakli undosh bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi
KELASI ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan soʻng roʻy berish-bermasligini bildirgan zamon shakllariga kelasi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa kelasi zamon kategoriyasi deyiladi. Kelasi zamon ma'nosi fe'llning -a ravishdosh shakliga -di, -jak, fe'l asoslariga -a, -y, -ar, -urush, -gusi qo'shimchalari qo'shish orqali hosil boʻladi. Masalan; o'tiraman , yashayman,kelajak, kelar, kelur, kelgusi, keladi kabi. Bulardan -adi, -ar uslubiy betaraf shakllar bo'lsa, -jak, -gay, -urush, -gusi shakllari badiiy va publitsistik uslubga xosdir. Uslubiy betaraflik belgisiga koʻra -adi va -ar shakllari bir guruhni tashkil qilsa ham, ular ifodalanayotgan harakatga gumon-taxmin ma'nosini bildirish-bildirmasligiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisi bunday ma'noga betaraf bo'lsa, ikkinchi shakl gumon-taxmin ma'nosiga ega. Solishtirsak ;keladi— kelar.
KO'MAKCHI FE'LLAR.
Ravishdoshning -a/y, -(i) b shakllariga qo'shilib, o'z mustaqil ma'nolarini yo'qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi ) va tarzi (tezligi, imkoniyati) ni bildiruvchi boshlamoqchi, olmoq, yubormoqchi, turmoq, chiqmoq singari fe'llar ko'makchi fe'llar hisoblanadi,.
Salim kitobni o'qib chiqdi. Gapida chiqdi fe'li "tashqarida bo'lmiq" lug'aviy ma'nosini yo'qotib, gapdagi o'qib yetakchi
fe'llning ma'nosini biroz o'zgartirish, ya'ni undan anglashilgan harakatning tugallangan ligini bildiradi. Bunday so'zlar ham tuzilishiga koʻra, FE'L+FE'L tarzida bo'ladi. Birinchi fe'l so'zning asosiy leksik ma'nosini ifodalaydi. Shuning uchun u yetakchi fe'l sanaladi. Ikkinchi qismi esa birinchi qismga(yetakchi fe'lga) qo'shilib, unga turli xil qo'shimcha ma'nolarini yuklaydi, lekin yetakchi fe'lning leksik ma'nosini o'zgartib yubormaydi. Undan yangi fe'l hosil bo'lmaydi. Shuning uchun bunday fe'llarga ko'makchi fe'llar deyiladi. Shuni takidlash kerakki , faqat ko'makchi fe'l vazifasini bajaruvchi alohida fe'llar mavjud emas. Bir qator mustaqil fe'llar yetakchi fe'l qo'shilganda ko'makchi fe'l vazifasida keladi. Ularga quyidagilar kiradi :boshla,yot, tur, bor, o'tib bo'l, bitir,bit, ol,ber, qo'y, chiq,kel, ket, yubor,tashla,sol, tush, qara,boq va boshqalar kiradi,
Ko'makchi fe'lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe'l hisoblanadi, Ko'makchi fe'l faqat yetakchi fe'l bilan birgalikda qoʻllaniladi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qo'llanuvchi olmoq(xatni olmoq)., tugatmoq(o'qishni tugatmoq), turmoq(o'rindan turmoq), tashlamoq(qogʻoz tashlamoq) fe'llardan farq qiladi.
1) ravishdoshning -a/-y shakliga qo'shiluvchi BOSHLAMOQ ko'makchi fe'li harakatning boshlanishini bildiradi.
2) ravishdoshning -a/-y shakliga qo'shiluvchi OLMOQ ko'makchi fe'li esa harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma'nosini anglatadi.
3) ravishdoshning -(i) b shakliga qo'shiluvchi YUTMOQ, TURMOQ, TURMOQ ko'makchi fe'llari harakatning davomiyligini bildiradi.
4) ravishdoshning -(b) shakliga qo'shiluvchi YUBORMOQCHI, TASHLAMOQ, QO'YMOQ ko'makchi fe'llari harakatning
tez va oson bajarilishini ifodalaydi.
5) ravishdoshning -(b) shakliga qo'shiluvchi CHIQMOQ ko'makchi fe'li harakatning to'la yakunlanganini bildiradi.
Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasida ko'makchi fe'l birdan ortiq bo'lishi mumkin. Aytib bera olm

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin