Mavzu: O‘zbek tilshunosligida nisbat kategoriyasining o‘rganilishi Reja



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə6/9
tarix11.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#111778
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shoimova Nodira

Majhullik nisbati
Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi sub’ekt (ega) emas, ob’ekt (to`ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi.
Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G`.) gapida olib kirildi harakatining bajaruvchi sub’ekti noma’lum, ot-aravalar so`zi ega vazifasida kelsa-da, ob’ekt vazifasini bajargan.
Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda passiv konstruktsiya deb yuritiladi.
Majhullik nisbati quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il affiksini qo`shish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;
b) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in affiksini qo`shish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.
Majhullik nisbatdagi fe’lni hosil qilishda –l (-il) affiksi ko`proq qo`llaniladi. Ba’zan ayni bir fe’l negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o`zlik, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l negizining o`zlik yoki majhullik nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga tayyorlandi. Operatsiyaga meditsina uskunalari tayyorlandi.
Birgalik nisbat
Bu nisbatdagi fe’lda ish-harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajariladi. Masalan: Ayollar chaqaloqqa ko`z tegmasligi uchun qilinadigan irim-sirimlarini bitirishgach, bolani beshikka belashdi (O`.Hoshimov) gapida bitirishgach, belashdi fe’llari anglatgan harakatning bir necha sub’ekt, ya’ni ayollar tomonidan birgalikda bajarilganini anglatadi.
Birgalik nisbatdagi fe’l quyidagicha yasaladi:
a) fe’l negiziga unlidan so`ng –sh, undoshdan so`ng –ish affiksini qo`shish bilan: sana-sh(di), yugur-ish(di) kabi;
b) so`z o`zagiga –lash (-la+-sh qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: yordam-lash(di), bahs-lash(di) kabi.
Orttirma nisbat
Bu nisbat shaklida harakat grammatik sub’ekt (ega)ning boshqa bir sub’ekt yoki ob’ektga ta’siri, tazyiqi bilan bajariladi.
Masalan: Biz Hamid Olimjon bilan bunday oydin, musaffo kechalarni ko`p o`tkazganmiz (G`.G`.) gapida ikkita sub’ekt mavjud bo`lib, asosiy sub’ekt vositali to`ldiruvchi (Hamid Olimjon bilan), ikkinchi darajali sub’ekt esa ega (Biz) vazifasida qo`llangan bo`lib, o`tkazganmiz harakati sub’ektning sub’ektga ta’siri natijasida bajarilgan.
SHuningdek, orttirma nisbatdagi fe’lda faqat bir sub’ekt mavjud bo`ladi. Bunday holda harakat ob’ektga (to`ldiruvchiga) o`tadi. Masalan: U kitob keltirdi kabi.
Orttirma nisbat fe’l negiziga quyidagi affikslarni qo`shish bilan yasaladi:
a) fe’l negiziga –t affiksini qo`shish bilan: qisqart, boyit kabi;
b) fe’l negiziga –tir (-dir) affikslarini qo`shish bilan: keltir, chaqirtir, kuldir, buzdir kabi;
v) sh, ch, t, undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –ir affiksini qo`shish bilan: shoshir, ichir, botir kabi;
g) oxiri undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe’l negizlariga –ar affiksini qo`shish bilan: chiqar, qaytar kabi;
d) oxiri undosh bilan tugagan fe’l negizlariga -g`iz, -giz, -qaz, -g`az, -kaz, -qiz, -kiz affikslarini qo`shish bilan: turg`iz, egiz, o`tkaz, qutqaz, yutqiz, etkiz kabi;
e) oxiri m, q undoshlari bilan tugagan fe’l negizlariga –iz affiksini qo`shish bilan: tomiz, oqiz, boqiz kabi;
yo) fe’l negiziga –sat (-sa+-t qo`shma affiksi) affiksini qo`shish bilan: ko`rsat (faqat ko`r fe’l negiziga qo`shiladi) kabi.
Tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda ham qo`llana oladi. Masalan: Vohid ho`l sochlarini taray-taray boqqa sho`ng`idi (O.YOqubov). Mashina silkinib oldinga intildi (S.Ahmad).
Ravishdoshlarning –gach (-kach, -qach), -gani (-kani, -qani), guncha (-kuncha, -quncha) affikslari yordamida hosil qilingan shakllari tuslanmaydigan ravishdoshlar sanaladi: etgach, ekkach, chiqqach; etgani, ekkani, chiqqani; etguncha, ekkuncha, chiqquncha kabi. Masalan: Sultonali tong otguncha ikki go`dakning qo`ynini puch yong`oqqa to`ldirib chiqqan (A.Qodiriy). Uzun, qorong`i yo`lakka chiqqach, Unsin to`xtadi (O). Siz bilan maslahatlashgani keldim (B.Rahmonov).
d) zamon ma’nosini ifodalaydi. Ravishdoshning zamon ma’nosini ifodalashi nisbiy zamon sanaladi. CHunki ravishdoshning zamoni shu gapdagi tuslangan fe’lning zamoniga nisbatan belgilanadi.
Ravishdoshlar zamon ma’nosiga ko`ra uchga bo`linadi: o`tgan zamon ravishdoshi, hozirgi zamon ravishdoshi, kelasi zamon ravishdoshi.
O`tgan zamon ravishdoshlari fe’l o`zak-negiziga –b (-ib), -gach (-kach, -qach) affikslarini qo`shish bilan hosil qilinadi: qolib, o`qib, qolgach, o`qigach kabi.
-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy harakatdan ilgari bo`lgan harakatni yoki asosiy harakatdan oldin boshlangandek ko`rinsa ham ammo u bilan bir vaqtda yuz bergan harakatni anglatadi. Masalan: Zulfiya javob so`rab keldi gapida javob so`rab ravishdoshi asosiy harakatdan (keldi harakatidan) oldin ro`y bergan harakatni bildirsa, u kulib gapirmoqda gapida esa kulib ravishdoshi asosiy harakat (gapirmoqda harakati) bilan bir vaqtda yuz beradigan harakatni anglatadi.
-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslanganda, o`tgan zamon hikoya fe’lini hosil qiladi.
Fe’l negiziga –gach (-kach, -qach) affiksini qo`shish bilan yasalgan ravishdosh tuslanmaydigan ravishdosh bo`lib, u tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan ilgari uning bajarilishi (yoki bajarilmaslik) sababi yoki paytini ko`rsatadigan harakatni anglatadi. Masalan: Uch-to`rt kun mehmondorchilikda yurishgach, maktabdan qaytdilar (P.Tursun). Zorlanishdan, ichni eyishdan boshqa hech nima qo`lidan kelmagach, nima qilsin (M. Ismoiliy).
Hozirgi zamon ravishdoshi fe’l o`zak-negiziga –a, -y affikslarini qo`shish bilan hosil qilinadi: bora-bora, ishlay-ishlay kabi.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy harakat bilan bir vaqtda ro`y beradigan harakatni anglatib, uning bajarilish holati, paytini ko`rsatadi. Masalan: Toma-toma ko`l bo`lur, hech tommasa cho`l bo`lur (Maqol). Tog` oralig`idagi qalin qor eriy-eriy odam bemalol kira oladigan g`or bo`lib qolibdi (S.Anorboev).
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda odatda, takroriy so`z shaklida qo`llanadi. YAkka holda ishlatilganda, ravishdosh anglatgan harakatdan tuslangan fe’l anglatgan harakatga tezlik bilan o`tilganlik ma’nosi hosil bo`ladi. Masalan: Sultonmurod kela o`qishga kirishdi.
Hozirgi zamon ravishdoshi tuslanib, hozirgi-kelasi zamon fe’lini hosil qiladi. Masalan: Sada tagidagi hovuzning suvida yaproqlar suzadi (S.Z.).
Kelasi zamon ravishdoshlari fe’l negiziga –gani (-kani, -qani), -guncha (-kuncha, -quncha) affikslarini qo`shish bilan yasaladi: o`qigani, tinchiguncha kabi.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin