Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Pzezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimiga tegishli dolzarb farmon va qarorlar tahlili Reja



Yüklə 52,16 Kb.
səhifə8/9
tarix09.11.2022
ölçüsü52,16 Kb.
#68247
1   2   3   4   5   6   7   8   9
P1u8Ahh5knwXfNAfZU8rZtxgXSIF3bDhK9265Is8

Birinchidan, bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo’lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. 
Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – bog’cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo’nalishi bilan to’liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat.
Kelgusi yil yakuni bilan maktabgacha ta’lim qamrovini 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga etkazishimiz kerak. Bu ishlarga byudjetdan 600 milliard so’m subsidiya berish hisobidan qo’shimcha ravishda 2 mingta nodavlat bog’cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga etkaziladi.
Shuningdek, 2021 yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi. 
Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta’limning muqobil shakllari yanada kengaytiriladi. Bunda YUNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modeli ham yo’lga qo’yiladi.
Ikkinchidan, maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom ettiriladi.
Kelgusi yili 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion so’m ajratiladi.
Sohada yagona “elektron ta’lim” tizimini joriy etishga kelgusi 2 yilda 250 milliard so’m yo’naltiriladi.
Ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o’quv dasturlari, o’qituvchi va domlalar uchun metodik qo’llanmalarni ilg’or xalqaro mezonlarga moslashtirish lozim.
Bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish zarur. Bu borada kelgusi o’quv yilida boshlang’ich sinflarda davlat ta’lim standarti o’rniga, ilg’or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o’quv dasturi” joriy etiladi.
Umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo’lishi shart. Buning uchun chekka hududlarda maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Jumladan, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o’qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to’lanadi. 
Shuningdek, hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag’batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.
Yoshlarning iqtidori va salohiyatini to’g’ri yo’naltirishga qaratilgan uzluksiz tizim yaratiladi.
Kelgusi yilda yurtimizda 10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab o’z faoliyatini boshlaydi.
Iqtidorli o’g’il-qizlarimizning yuqori texnologiyalar va bilimlarni chuqur o’zlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida yangi zamonaviy universitet tashkil etamiz. Ushbu oliygohda chet eldagi etakchi olimlar va professor-o’qituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida ta’lim-tarbiya beriladi.
Bolalarimizning mehnat ko’nikmalarini maktab davridan boshlab shakllantirib borish maqsadida “kasbga o’rgatish tizimi” joriy etiladi.
Yana bir masala – pedagoglar malakasini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ma’lumki, muallimlar hozirgi vaqtda har 5 yilda malaka oshiradi. Bundan buyon ularning “hayot davomida o’qish” tamoyili asosida o’z malakasini uzluksiz oshirib borishi yo’lga qo’yiladi.
Shuningdek, o’qituvchilarning o’z fanini bilishi, pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligidan kelib chiqib, toifa berish mezonlari ham qayta ko’rib chiqiladi.
Yana bir bor takrorlaymanjamiyatda o’qituvchi kasbi eng nufuzli va obro’li kasb bo’lishi lozim. Muallimlarimiz bolalarga sifatli ta’lim berish va o’z ustida ishlashdan boshqa narsa haqida o’ylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur. Shu bois o’qituvchi, murabbiy va metodistlar mehnatiga munosib haq to’lash bo’yicha boshlagan ishlarimiz kelgusi yilda ham davom ettiriladi. Buning uchun xalq ta’limi xodimlarini rag’batlantirish hududiy jamg’armalariga 330 milliard so’m yo’naltiriladi.
Shu bilan birga, 240 mingdan ziyod maktab o’qituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama to’lovlar 1,5 barobarga oshirilib, byudjetdan 400 milliard so’m qo’shimcha mablag’ ajratiladi.

Yüklə 52,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin