Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Pzezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimiga tegishli dolzarb farmon va qarorlar tahlili Reja


Uchinchisi - Iqtisodiyotni rivojlantirish



Yüklə 52,16 Kb.
səhifə5/9
tarix09.11.2022
ölçüsü52,16 Kb.
#68247
1   2   3   4   5   6   7   8   9
P1u8Ahh5knwXfNAfZU8rZtxgXSIF3bDhK9265Is8

Uchinchisi - Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishari.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish; tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish; qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish; viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish masalalarining yechimi bu yo’nalishga asos qilib olingan.
To’rtinchichi - Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish; aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish; arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish; ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish vazifalariga alohida e’tibor qaratilishi belgilab olindi.


Beshinchisi - Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Aholining turli qatlamlari o’rtasidagi ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik tamoyillarining hayotda qaror toptirish ijtimoiy taraqqiyotning muhim shartidir. Shuningdek Vatanimizning taraqqiyoti, barqarorligi masalalarining echimi ma’lum bir jihatdan chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatga ham bog’liqdir. Avvalo, aholining muayyan qatlami  o’rtasida kambag’allik mavjudligini birinchi marta tan olib, uni qisqartirish bo’yicha keng qamrovli ishlarni boshladik. 
Barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo’yicha mutlaqo yangi – “temir daftar” tizimi joriy etildi. Qisqa muddatda bu tizim orqali 527 ming fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, o’zini o’zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda ko’pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yo’lga qo’ydi.
Dehqon xo’jaligi va tomorqa er egalariga 300 milliard so’m imtiyozli kredit va subsidiya ajratilgani ham qishloq aholisini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashda yangi yo’nalishga aylandi.
Toshkent shahri, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida tashkil etilgan “IT-Parklar”da 500 dan ortiq zamonaviy kompaniyalar ish boshladi.
Yakunlanayotgan yilda markazlashgan ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 3 trillion so’m yoki 2016 yilga nisbatan 5 barobar ko’p mablag’ ajratildi. Natijada aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 73 foizga etdi. 
Birgina joriy yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar qamrovi 2 barobarga oshirilib, 1 million 200 ming nafarga etkazildi. Ushbu maqsadlarga byudjetdan 2016 yilga nisbatan 5 barobar ko’p mablag’ ajratildi.
Kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 2 barobar ortib, 60 foizga etdi. Bog’chalar soni esa 3 barobarga ko’payib, 14 mingdan oshdi.
Bu yil oliy ta’limga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o’sdi, yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga etdi. 
Ehtiyojmand oilalarning mingga yaqin qizlari ilk bor oliy o’quv yurtlariga alohida davlat grantlari asosida qabul qilindi. 
O’zbekiston “Ochiq ma’lumotlarni kuzatish” xalqaro indeksida 125 pog’onaga ko’tarilib, 44-o’rinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi 20 ta yo’nalish bo’yicha ko’rsatkichlarni oshkor qilib borish amaliyoti joriy etilgani muhim ahamiyat kasb etdi.
“Iqtisodiy erkinlik” reytingida ham mamlakatimizning 26 pog’ona ko’tarilgani islohotlarimizning xalqaro maydondagi yana bir e’tirofi bo’ldi. Barchangizga ma’lumki, kirib kelayotgan 2021 yilda O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil to’ladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz, azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g’oya asosida keng bayram qilamiz. 


    1. Yüklə 52,16 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin