Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Pzezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimiga tegishli dolzarb farmon va qarorlar tahlili Reja



Yüklə 52,16 Kb.
səhifə7/9
tarix09.11.2022
ölçüsü52,16 Kb.
#68247
1   2   3   4   5   6   7   8   9
P1u8Ahh5knwXfNAfZU8rZtxgXSIF3bDhK9265Is8

Birinchidan, yosh avlodga bog’cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo’lga qo’yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog’lom, vatanparvar insonlar bo’lib ulg’ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo’lgan insonlar etib voyaga etkazamiz. 
Uchinchidan, o’g’il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o’rgatish, ularda tadbirkorlik ko’nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro’yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Bir so’z bilan aytganda, bola tug’ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo’lgan davrda uni har tomonlama qo’llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o’rin topishi uchun ko’mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi.
Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga etkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o’n, yuz barobar ko’p foyda keltiradi. 
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino, bundan ming yil oldin “Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir bo’ladigan qiyinchiliklardan qo’rqmaydi”, deb bejiz aytmagan.
Yaqinda Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bo’lib o’tgan uchrashuvlarda yoshlarimiz tomonidan bildirilgan dadil fikr va tashabbuslar meni juda quvontirdi.
Ayniqsa, kuni kecha Yoshlar forumida o’g’il-qizlarimizning yonib turgan ko’zlarida ulkan azmu shijoatni, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko’rib, yanada ruhlandim va ulardan kuch oldim. Ibn Sino bobomiz aytgan dovyurak va botir yoshlar aynan shu farzandlarim ekaniga yana bir bor amin bo’ldim.
Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko’ra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi g’ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko’zlagan marralarga albatta etamiz.
Yangi O’zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz. 
Ana shu muhim yo’nalishlarda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga ko’tarish maqsadida kirib kelayotgan 2021 yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berishni taklif etaman.
2021 yil nomida belgilangan sohalarni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha quyidagi keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishimiz lozim. 

Yüklə 52,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin