Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja


-Mavzu: Bolalarni jismoniy rivojlanishida ―Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari‖sohalarini o’rganish



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə39/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
jismoniy tarbiya majmua

28-Mavzu: Bolalarni jismoniy rivojlanishida ―Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari‖sohalarini o’rganish
Reja: 1. ―Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari‖ 2. MTMda davlat o’quv dasturini qo’llash
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA'LIM VAZIRLIGI ―Ilk
qadam‖ Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o’quv dasturi Toshkent – 2018 yil
Mualliflardan: Dastur mualliflari O’zbekistondagi YUNISEF Xalqaro bolalar
jamg’armasiga va, shu jumladan, mazkur dasturni ishlab chiqishda o’z fikr-mulohazalari va tavsiyalarini taqdim etgan hamda uni qo’llab-quvvatlagan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiradilar: Anna Golubeva YuNISEF xalqaro konsultanti Dipa Shankar YuNISEF ta'lim seksiyasi rahbari Vazira Nazarova YuNISEF ilk yoshdagi bolalar rivojlanishi va ta'limi buyicha maslahatchisi Yuliya Narolskaya YuNISEF ta'lim masalalari buyicha maslahatchisi Muazam Ismailova YuNISEF konsultanti Li Dong Vuk Puchon (Janubiy Koreya) universiteti professori Mualliflar: I.V. Grosheva, L.G.Yevstafyeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova Taqrizchilar: A.Golubeva YuNISEF xalqaro eksperti N.N.Djamilova Pedagogika fanlari nomzodi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining maktabgacha ta'lim uslubiyoti kafedrasi dotsenti L.R. Mirdjalalova Pedagogika fanlari nomzodi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish xududiy markazining «Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta'lim
metodikasi» kafedrasi dotsenti M.A. Ismailova Tibbiyot fanlari nomzodi, Toshkent
pediatriya tibbiyot institutining neonatologiya kafedrasi dotsenti Ye.G. Kayalova Toshkent shahridagi 247-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Mas'uliyatni cheklash Mazkur hujjatdan joy olgan fikr va mulohazalar faqat uning mualliflarigagina tegishli va aslo Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi (YUNISEF), u bilan bog’liq bo’lgan tashkilotlar yoki uning boshqaruv a'zolari hamda ular nomidan ish yuritadigan mamlakatlarga berilishi mumkin emas. Dastur O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay'at yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. 1-bob. Umumiy qoidalar Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o’quv dasturi (quyida: «MTM davlat o’quv dasturi») O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha
ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. MTM davlat o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida qo’llash uchun majburiy: • davlat maktabgacha ta'lim muassasalari; • maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari; • maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bo’lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; • maktabgacha va boshlang’ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari. 1.1. MTMda davlat o’quv dasturini qo’llash MTM davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Maktabgacha ta'lim muassasasi davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim muassasasining ishchi o’quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi . 1.2. MTMning maqsad va vazifalari MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: • bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo’yilgan Davlat talablari asosida hamda MTM davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; • maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; •bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni
tashkil etish va amalga oshirish; • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat
bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
2-bob. MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari 2.1. MTM ta'lim jarayonining maqsadlari O’quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. 2.2. MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari MTM ta'lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat: • bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olish; • ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi; • bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu
jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; • bolaning ijodiy qobiliyatlarini
qo’llab-quvvatlash; • o’yin orqali ta'lim berish va rivojlantirish; • bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; • bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash; •MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; • milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; Bolaning maktabgacha ta'lim muassasasidagi rivojlanishini qo’llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. 2. 3. Qo’shimcha ta'lim xizmatlarini tashkil qilish Qo’shimcha ta'lim xizmatlari maktabgacha ta'lim muassasasi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi. Qo’shimcha ta'lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko’ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin. 2.4. Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan ta'lim faoliyati Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni qo’llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. Zarurat tug’ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisoslikdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o’quv-tarbiyaviy jarayonning yakka tartibdagi rejasini tuzadi. 2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: • ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
• ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; • ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; • ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish
borasidagi tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash. 3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o’sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo’lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o’zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko’zda tutadi. Boshlang’ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang’ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'i nazar, bola shaxsi
shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko’nikmasi. O’yin kompetensiyasi – bolaning o’yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko’nikmalardan ijodiy foydalanishi. O’quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o’zini tuta olish mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlardan o’quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. 3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: • jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi; • ijtimoiy-hissiy rivojlanish; • nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari; • bilish jarayonining rivojlanishi; • ijodiy rivojlanish.
3.2.1. «Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi
kompetensiyalari «Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi»
sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so’ng 6-7 yoshli bola: • o’z imkoniyatlari va yoshi bilan bog’liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko’rsatadi; • turli harakatchanlik faolligini uyg’un ravishda va maqsadli bajarishni biladi; • turli hayotiy va o’quv vaziyatlarida mayda motorika ko’nikmalaridan
foydalanadi; • o’z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi; • shaxsiy gigiyena malakalarini qo’llaydi; • sog’lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi; • xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi. 3.2.2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: • o’z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi; • o’z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi; • o’zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi; • kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi; • murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo’llarini topadi. 7-Mavzu: ―Ilk qadam‖ davlat o’quv dasturini jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish sohasi kompetensiyalari bilan tanishtirish ―Ilk qadam‖ davlat o’quv dasturi Maktabgacha ta‘lim muassasasining davlat o’quv dasturi ―O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari‖ga muvofiq ishlab chiqilgan me‘yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha ta‘lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta‘limning keyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta‘lim muassasalarida:  davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari;  maktabgacha ta‘lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari;  maktabgacha guruhlarga ega bo’lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;  maktabgacha va boshlang’ich ta‘limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o’quv dasturini qo’llash majburiydur. Davlat o’quv dasturi 7bobdan iborat bo’lib, I-bobda MTM davlat o’quv dasturini qo’llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan. Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta‘lim muassasalari Maktabgacha ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta‘lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta‘lim muassasasining ishchi o’quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1 . Davlat o’quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab berilgan.  bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;  maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;  bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida otaonalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;  bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. II-bob:- MTM ta‘lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni: -MTM ta‘lim jarayonining maqsadlari -MTMda ta‘lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari -Qo’shimcha ta‘lim xizmatlarini tashkil qilish -Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan ta‘lim faoliyati -Ota-onalar bilan hamkorlikni o’z ichiga oladi. Davlat dasturida MTM ta‘lim jarayonining maqsad va tamoyillariaks ettirilgan bo’lib: -O’quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTMda ta‘lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:  bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;  ta‘lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi;  bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;  bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash;  o’yin orqali ta‘lim berish va rivojlantirish;  bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;  bola uchun xavfsiz muhitni ta‘minlash;  MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;  milliy madaniy an‘analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan ta‘lim faoliyati Maktabgacha ta‘lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni qo’llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta‘lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. Zarurat tug’ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta‘lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o’quvtarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta‘minlash uchun maktabgacha ta‘lim muassasasi ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:  ota-onalarning maktabgacha ta‘lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;  ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;  ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;  ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash. III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta‘lim soxasini o’z ichiga oladi.  «Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari  «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari  «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari  «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari  «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kompetensiya bolaning bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang’ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat‘i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko’nikmasi. O’yin kompetensiyasi – bolaning o’yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko’nikmalardan ijodiy foydalanishi. O’quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me‘yorlariga rioya qilgan holda o’zini tutish mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlardan o’quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. VIO’quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O’zbekiston Respublikasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o’quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o’z ichiga oladi. Bunda:- MTMlarda o’quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi. O’quvtarbiyaviy faoliyat «O’zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. V-bob Bolaning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuqlari MTM pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to’ldiriladi2 (3 dan 7 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to’ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo’yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi. 6- Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktabgacha ta‘limmuassasasidaquyidagi mazmunda: -ko’rgazmali-rivojlantiruvchi, - madaniy-tarixiy qadriyatlar: -milliy va mintaqaviy an‘analar; -tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo’lishi yoritiladi; 7-bob. Ilovalarni o’z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo’llashning mazmun va moxiyati yoritib beriladi. Dastur – muhim vosita bo’lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O’zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta‘lim jarayonini tashkil qilish yo’llarini belgilaydilar. Dastur uchta asosiy bo’limni qamrab oladi:  maqsadli– bu tushuntirish xati hamda dastur o’zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o’z ichiga oladigan bo’lim;  mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to’laqonli rivojlanishini ta‘minlovchi bo’lim;  tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta‘minoti ta‘rifini, ta‘lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta‘minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o’z ichiga oluvchi bo’lim.


Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin