Mavzu: O‘zbekistonda fermer va dehqonxo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari



Yüklə 36,16 Kb.
səhifə1/9
tarix03.05.2023
ölçüsü36,16 Kb.
#107033
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekistonda fermer va dehqonxo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari

Mavzu: O‘zbekistonda fermer va dehqonxo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari


Kirish
Reja:

  1. Fermer xo’jaligini tashkil etish va rivojlanish soslari

  2. O‘zbekistonda fermerlikni rivojlantirishni ustuvorligi. Fermer xo’jaliklarining yer maydonlarini optimallashtirish.



1. Fermer xo’jaligini tashkil etish va rivojlanish asoslari


Fermer xo’jaligi o’ziga tanlov asosida va ijara shartnomasiga ko’ra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
Fermer xo’jaligi tuman (shahar) hokimligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o’z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo’lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo’lish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo’lish huquqini oladi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Fermer xo’jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo’jaliklari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xo’jaligi o’z majburiyatlari bo’yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktasiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko’rsatilgan xizmatlar uchun o’z vaqtida haq to’lash yuzasidan majburiyatlari bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo’lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo’jaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qo’yilishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari yo’l qo’yilmaydi,

Fermer xo’jaligining maqsadi vazifalari va faoliyati. Tovar, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish yo’li bilan daromad (foyda) olish, o’zining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish fermer xo’jaligining maqsadi hisoblanadi.


Fermer xo’jaligining vazifalari faoliyat sohasi quyidagilardan iborat:

  • ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash;

  • tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish;

  • mustaqil ravishda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmatlar ko’rsatish.

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek bozorlarda, shu jumladan o’z savdo shaxobchalari orqali sotish;

  • tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish;

  • yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko’rsatish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

  • faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish.

Yüklə 36,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin