O‘zbekistonda fermer va dehqonxo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari
Fermerxo ’jaligi:
o’ziga qarashli xo’jalik imoratlari, qishloq xo’jalik ekinzorlari va ko’chatzorlari, dov- daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo’jaligi texnikasi, inventar, asbob- uskunalar, transport vositalari, pul mablag’lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek fermer xo’jaligi balansida bo’lgan boshqa mol-mulkning;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning;
olingan daromad (foyda)ning;
qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi. Fermer-fermer xo’jaligining muassisi va rahbari hisoblanadi. U o’n sakkiz yoshga to’lgan,
muomalaga layoqatli, qishloq xo’jaligida tegishli malaka oshirgan va ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
Fermerxo’jaliginingrahbari:
fermer xo’jaligi nizomini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda o’zgartirishlar kiritadi;
fermer xo’jaligi faoliyatining biznes-rejasini tasdiqlaydi;
fermer xo’jaligi faoliyatini tashkil qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro munosabatlarda fermer xo’jaligi nomidan ish ko’radi;
ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek fermer xo’jaligi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini imzolaydi;
fermer xo’jaligi xodimlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
xodimlarning xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratib beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalari yuritilishini tashkil etadi, ish haqini to’lanishini ta’minlaydi, mehnatga haq to’lash miqdorini va moddiy rag’batlantirish usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;
fermer xo’jaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi;
fermer xo’jaligini qayta tashkil etish va tugatish masalalarini hal etadi.