O‘zbekistonda fermer va dehqonxo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo‘llari
Fermer xo’jaligida yerdan va suvdan foydalanish. Fermer xo’jaligini yuritish uchun yeruchastkalaritanlov asosidaijaraga beriladi. Ijaramuddati 30-yildan50 yilgacha.
Yer uchastkasining ijara muddati tamom bo’lgandan keyin fermer xo’jaligi ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatini cho’zish) huquqiga egadir.
Fermer xo’jaligi rahbari vafot etgan taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqi va ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish (muddatini cho’zish) huquqi meros bo’yicha o’tadi.
Fermer xo’jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi O’zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi», «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarining o’lchami va chegaralari yer ijarasi shartnomasiga o’zgartirishlar kiritilgandan keyingina o’zgartirilishi mumkin.
Fermer xo’jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, garov obyekti bo’lishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
Fermer xo’jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo’jaligi yerlari maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan shartnomada nazarda tutilgan qishloq xo’jaligi ekinlari o’rniga boshqa ekinlar ekilishi ijara shartnomasini qo’pol ravishda buzish hisoblanadi.
Fermer xo’jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami har bir shartli bosh chorva moliga hisoblanganda:
Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarda-kamida 0.30 gektarni;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarda kamida -0.45 gektarni;
sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlarda -kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashayotgan fermer xo’jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami:
paxtachilik va g’allachilik uchun kamida-10 gektarni
bog’dorchilik va uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun - kamida 1 gektarni tashkil qiladi.
Yer uchastkasi fermer xo’jaligiga imkoni boricha yagona mavze bo’yicha, konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda beriladi, uchastka chegaralari sug’orish tarmoqlari, kollektorlar, yo’llar va boshqa topojadval elementlar bo’yicha belgilanadi. Fermer xo’jaligiga berilayotgan yer uchastkasi boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlardan foydalanishi uchun noqulayliklar vujudga keltirmasligi kerak.