Mavzu: O’zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish va dunyo mamlakatlari tajribasi. Reja: Kirish



Yüklə 88,25 Kb.
səhifə1/8
tarix21.12.2023
ölçüsü88,25 Kb.
#188724
  1   2   3   4   5   6   7   8
Abdurazzoqov Shaxzod. xalqaro turizm. referat.


Mavzu: O’zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish va
dunyo mamlakatlari tajribasi.
Reja:
Kirish

  1. Xalqaro turizm. Umumiy tushuncha.

  2. O’zbekistondagi xalqaro turizmning hozirgi kundagi holati

  3. Xalqaro turizmni rivojlantirishda dunyo mamlakatlari tajribasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish. Maʼlumki turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotiga eng tez daromad keltiruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi, shu boisdan ham hozirda koʻplab mamlakatlar milliy iqtisodiyoti tarkibida turizmdan keladigan daromadlarni oshirishga harakat qilmoqda. 2019 yilda boshlangan koronavirus infeksiyasi va 2020 yil boshlarida eʼlon Covid-19 pandemiyasi jahon turizm sanoatiga jiddiy taʼsir oʻtkazdi. Bu pandemiya davrida tabiiyki birinchi boʻlib turizm sohasi jiddiy yoʻqotishlarga uchradi. Hozirda turizmning turli shakllari mavjud boʻlib eng tez rivojlanayotgan turizm sohasi bu dam olish turizmi hisoblanadi. Koʻplab mamlakatlar qulay geografik hududda joylashgan boʻlsa-da, lekin dam olish turizmining rivojlanishi sekin kechmoqda. Buning bir qator sabablari mavjud eng avvalo ushbu sohaga tikiladigan investitsiya, qulay geografik hudud, sayohat qilishning qulaylik darajasi, infratuzilma va kadrlar muammosi mamlakatlarda turizm rivojlanishiga u yoki bu maʼnoda taʼsir oʻtkazadi.
Yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, Pandemiya sharoitida mamlakatlar turizm sohasidan jiddiy zarar koʻrdi agar, jahon boʻyicha turistlar tashrifi sonining oʻzgarishini tahlil qiladigan boʻlsak, pandemiyadan oldingi yillarda uning doimiy tarzda oʻsish tendensiyasiga ega boʻlganligini kuzatish mumkin. Agar 1995-yilda jahon boʻyicha turistik tashriflar soni 536 mln kishini tashkil etgan boʻlsa, 2014-yilga kelib bu koʻrsatkich 1135 mln. kishiga yetgan boʻlib, 2019 yilda bu koʻrsatgich 1460 million kishi u yoki bu mamlakatga sayohat qilgan, yaʼni bu oldingi yillarga nisbatan oʻsish tendensiyasiga ega. Hozirda mutaxassislar turizm va ishchi kuchi migratsiyasini alohida hisoblashga harakat qilmoqda sababi ayrim mamlakatlarda statistik maʼlumotlar uzatishda turistlar tashrifiga ishchi kuchi migrantlarining sonini birgalikda hisoblayotganini ham kuzatishimiz mumkin bu esa mamlakatlar iqtisodiyotiga turizmdan kelayotgan daromadlarni aniq hisoblash imkonini bermaydi. Masalan 2019 yil turizm bozorida yuqori oʻsish yili boʻldi, ammo xalqaro ishchilar soni 2017 (+ 7%) va 2018 (+ 6%) da qayd etilgan istisno darajadan pastroqqa oʻsdi, sababi bu migrantlarga boʻlgan turli cheklovlar bilan bogʻliq. Jahon turizm bozoridagi iqtisodiy vaziyatga baho beradigan boʻlsak, 2019 yil quyidagi tendensiyalar yuzaga keldi. - Turli mintaqalardagi rivojlangan mamlakatlarga sayohat qilish talab biroz zaiflashdi sababi turistlar rivojlangan megapolislarga sayohat qilishdan koʻra tabiat infratuzilmasiga koʻproq intilmoqda. - Brexit atrofidagi noaniqlik, geosiyosiy va savdo munosabatlar va global iqtisodiy pasayish turizm bozori oʻsishiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. - Yevropa turizm bozori pasayishi va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida turizm bozorining oʻsishi yuzaga keldi (+ 8%), 2019 yilda ushbu mintaqalarga turistlarning kelishi oshib bordi, va Yevropa oldingi yillarga nisbatan past oʻsishga erishdi (+4%) bu esa jahon turizm bozoriga oʻz taʼsirini koʻrsatdi.
Fransiya xalqaro turistik xarajatlarning dunyodagi eng yaxshi oʻnta bozorlar orasida eng kuchli oʻsishga erishganligini koʻrishimiz mumkin, (+ 11%), Amerika Qoʻshma Shtatlari esa mutlaq oʻsishda (+ 8 mlrd. AQSh dollari) oʻsishga erishgan. 1-rasm maʼlumotlarida koʻrib turganimizdek, 2019 yilda koʻplab mamlakatlar turizmdan yuqori miqdorda foyda olgan boʻlsa, 2020 yilga kelib bu tendensiyaga butunlay pasayib ketganligini keyingi raqamlarda kuzatishimiz mumkin. Jahon turizm sanoati 2020 yilning birinchi chorakligidayoq 22 foizga tushib ketdi, keyin bu koʻrsatgich yil oʻrtalariga kelib 57 foizga pasayib dunyo boʻyicha jami 67 million kishining ishsiz qolishiga olib keldi. Bu iqtisodiyotga xalqaro turizm eksportidan tushadigan daromadlarning taxminan 80 milliard AQSh dollariga teng zarar keltirganligini aytishimiz mumkin. Mintaqalar miqyosida qaraydigan boʻlsak, Osiyo tinch okeani mintaqasi COVID-19 pandemiyasidan eng koʻp zarar koʻrgan mintaqa sifatida baholandi, mintaqaning turizmdan koʻrgan zarari 35 foizga pasaydi.
Mintaqalar doirasida, 2020 yil 1-choragida eng katta pasayish Yevropada -19 foiz, Amerika qitʼasida -15 foiz, va Yaqin Sharqda -11 foizni tashkil qildi. Bunday pasayish keyingi yillarda, pandemiya davri davom etadigan taqdirda, yanada tushib borishi kutilmoqda, keyingi davrlarda bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga turist sifatida tashrif buyuruvchi kishilar soni 850 million kishidan, 1,1 milliard kishiga qadar yetishi kutilmoqda. Bu esa iqtisodiyotga 860 milliard AQSh dollaridan 1,2 trillion AQSh dollarigacha boʻlgan eksport daromadlari tarixiy seriyadagi eng katta pasayish boʻlishi mumkin. Pandemiya davri koʻrsatdiki, mamlakatlarda turizmni rivojlantirish mamlakatlarning oʻz ichki imkoniyatlariga tegishli boʻlmagan taqdirda inqirozlarga yuz tutdi, Oʻzbekistonda ham turizm sohasiga keyingi yillarda davlat darajasida jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Turizm sohasining oʻziga xosligi shundaki, uning mamlakat iqtisodiyotiga taʼsiri turistlar talabi va isteʼmolidan kelib chiqadi.
Bizga maʼlumki, turistga tovar va xizmatlar yetkazib berilmaydi, balki turist-isteʼmolchining oʻzi xizmatlar ishlab chiqariladigan va isteʼmol qilinadigan joyga yetib keladi. Xizmatlar uchun pul toʻlab, turist biron-bir joyga tashrif buyurishdan taassurot olishni xohlaydi, shuning uchun tashrif buyuradigan mamlakatlar tarixiy, maʼdaniy, arxitektura, etnografik va boshqa resurslarga ega boʻlishi kerak. Bizning mamlakatimiz esa ana shunday oʻzining boy tarixiy-madaniy merosi, noyob moddiy va nomoddiy madaniy qadriyatlari, meʼmoriy obidalari bilan jahonda alohida mavqega ega. Oʻzbekistonda turizm sohasi rivojlanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ushbu soha yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari koʻpayishida muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatimizda, turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga olib keladigan oʻrta muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, shuningdek, 2017-2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Mazkur vazifaning amalga oshirilishi turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi. Turizm korxonalar faoliyatida iqtisodiy erkinlikning taʼminlanishi erkin raqobat muhitini shakllantiradi. Bu uchun esa turistik korxonalarda davlat buyurtmasi, uni boshqarishda va nazorat qilishda davlatning aralashuvi kamroq boʻlishi lozim. Bu borada juda koʻp ishlar qilinmoqda. Juda koʻp tadbirlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining erkinligini kafolatlovchi bir qancha qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonuniy va normativ hujjatlarning hammasi mamlakatimizda raqobat muhitini yaratishga qaratilganligi tufayli barcha sohalar singari turizm sohasida ham erkin raqobat muhiti yaratiladi, bu bir qancha muhim qonuniyatlarni amalga oshiradi va tartibga soladi. Bular jumlasiga turistik infratuzilmaning yaratilishi, ularning hududlar boʻyicha turistlar tashrifining tashkil qilinishi, ishlab chiqarish va sotish oʻrtasidagi mutanosiblikni nazorat qilishi kabilarni kiritish mumkin. Mamlakatimizda 2017-yildan to 2019-yilga qadar turizm sohasidan olingan daromad – ushbu xizmatlar eksporti hajmi hamda ularning mamlakat YaIMdagi ulushi 2,5 barobar oshdi. 2019-yilda turizm xizmatlari eksporti umumiy hajmining YaIMga nisbati 2,3 foizni tashkil qildi. Oʻzbekistonda turizm sohasining soʻnggi bir necha yil davomida jadal rivojlanishi, undan tushadigan daromadning umumiy hajmi bir necha milliard dollarga yetishi mumkin edi. Biroq, boshqa mamlakatlarda boʻlgani kabi, joriy yil boshida dunyo boʻylab tarqala boshlagan koronavirus pandemiyasi ushbu rejalarni chetga surib qoʻydi. Jahondagi barcha mamlakatlar turizmida boshlangan inqiroz Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi. 2019-yilda turistik xizmatlar eksporti hajmi 1,3-1,4 milliard dollarni tashkil qilgan edi (Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra — $1,3 mlrd., Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra — $1,4 mlrd.). 2020-yilning 1-yarim yilligida esa turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad jami 203,5 million AQSh dollariga yetdi. Ushbu daromadning 99,5 foizi ($202,4 mln.) 2020-yilning 1-choragiga toʻgʻri keladi, 2-chorakda bu koʻrsatkich atigi 1,1 million dollarga teng boʻldi. Soʻnggi uch yilda mamlakatimizga keluvchi xorijlik sayyohlar soni 4 barobar oshdi. Shu uch yilda turizmni rivojlantirishga qaratilgan oʻnlab hukumat hujjatlari qabul qilindi. Ular tarkibiga - Turizm toʻgʻrisidagi yangi qonun, 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi, turizm sohasidagi biznesga turli imtiyoz va preferensiyalar berish, ushbu sohaga investitsiyalar jalb qilish va ularni ragʻbatlantirish, chet ellik investorlarga turli imtiyozlar taqdim etish kabi chora-tadbirlar kiradi. 2017-yil boshida fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz kiruvchi mamlakatlar soni 10 tadan oshmas edi. Oradan uch yil oʻtib, ushbu roʻyxat deyarli 10 barobar kengaytirildi. Chet elliklarga 5 kungacha mamlakatda mehmon boʻlishga ruxsat beruvchi vizasiz tranzit rejimi joriy etildi. Chet el fuqarolarini hisobga va roʻyxatga olish tartibi ancha soddalashtirilib, elektron vizalarni rasmiylashtirish tartibi qabul qilindi. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida MDH davlatlaridan Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari 1420,3 ming kishidan iborat boʻlib, bu jami tashrif buyurganlarning 94,4 % ini tashkil etdi, uzoq xorijiy davlatlardan esa 83,8 ming kishi (yoki 5,6 %) tashrif buyurgan.


Yüklə 88,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin