Xalqaro turizm. Umumiy tushuncha.
Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari sonining tahlilidan koʻrinadiki, 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 2019-yilning shu davriga nisbatan 5244,4 ming nafarga kam chet el fuqarolari tashrif buyurgan. 2020-yil mart oyining oxiri va aprel oyidan boshlab, Oʻzbekiston hukumati respublika iqtisodiѐtiga pandemiyaning taʼsirini kamaytirish maqsadida qator choratadbirlarni belgiladi. Bunga misol sifatida pandemiyadan zarar koʻrgan iqtisodiyotni tiklash va ragʻbatlantirish rejalari, korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashda joriy qilingan imtiyozlarni aytish mumkin. Huquqiy hujjatlarda belgilangan ushbu chora-tadbirlar xizmat koʻrsatish sohasi, shuningdek, turizmga ham taalluqlidir. May oyining oxirida Prezident Shavkat Mirziѐyev — Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi. Farmonga muvofiq, sohada faoliyat yurituvchi biznes subyektlariga koʻplab imtiѐzlar berildi. Foyda soligʻining 50 foiz kamaytirilishi, zararni keyingi davrga koʻchirish huquqi, sayѐhlardan olinadigan yigʻimni toʻxtatib turish, olib kelingan sayѐhlar uchun mukofot tariqasida subsidiyalar berish, turoperatorlarning avia va temiryoʻl chiptalari uchun xarajatlarini subsidiyalar bilan qoplash, turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, mehmonlarga tunash uchun joy beruvchi korxonalar uchun qoʻshimcha ѐrdam choralari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, turoperatorlar va mehmonxonalarga xarajatlarni maʼlum darajada qoplash va xodimlarga maosh berib turilishi uchun Turizmni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan foizsiz qarzlar ajratilishi ham belgilandi. Boshqa iqtisodiy sohalardan farqli oʻlaroq, turizmni tiklash va jonlantirish bevosita turistlar oqimiga, sohadagi xizmatlar eksporti hajmi esa – xorijdan tashrif buyurgan fuqarolar soniga bogʻliq.
Oʻzbekistonda ham turizm milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻiga aylanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda milliy turizm modeli rivojlanish bosqichida boʻlib, unda oʻzbek xalqining mentaliteti – sharqona mehmondoʻstlik va gʻarb xizmat standartlarining uygʻunlashuviga erishishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda. Turizm sohasida yuz berayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar mazkur sohada bozor munosabatlariga asoslangan turizm modelini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Shunga qaramasdan hozirgi kunda mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi ancha past. Respublikamizda mavjud 8 mingdan ortiq madaniy va tabiiy meros obyektlaridan atigi 5-8 foizidan turistik maqsadlarda foydalaniladi, xolos.
Oʻzbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish, turistik salohiyatdan oqilona foydalanish mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga, valyuta tushumining oʻsishiga, eksport tarkibining takomillashuvi va diversifikatsiyalashuviga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu sohada Saudiya Arabistoni tajribasini umumlashtirish xalqaro turizmni quyidagi yoʻnalishlarda rivojlantirish maqsadga muvofiq ekanligini koʻrsatadi: - turizm sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xalqaro turistik tashkilotlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalar va xalqaro kreditlarni jalb qilish boʻyicha keng chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; - yangi mehmonxonalar, kempinglar, turbazalar, otellar, motellar qurish va mavjudlarini taʼmirlash hamda zamonaviylashtirish hisobiga turizmning xalqaro talablarga javob bera oladigan moddiy-texnika bazasi va zamonaviy xalqaro turizm infratuzilmasini barpo etish va ulardan samarali foydalanish; - aeroportlarda, temiryoʻl vokzallarida, avtobus stansiyalarida xalqaro terminallar qurish, ularni taʼmirlash va kengaytirish, shuningdek, barcha turistlarni qabul qilish markazlarida zamonaviy kommunikatsiya tizimlarini barpo etish; - xalq amaliy sanʼati, hunarmandchilik, ustaxonalar, anʼanaviy milliy buyumlar, suvenirlar va turistlar tomonidan talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash; - respublikamizning tabiiy, iqtisodiy va tarixiy salohiyatidan kelib chiqqan holda turizmning turli shakllari — ekskursiya va oʻrganish turizmi, arxeologik turizm, rekreatsion turizm, sarguzasht turizmi, ekzotik turizm, ekologik turizm, konferens-turlar, diniy turizm, etnik va nostalgiya turizmini rivojlantirish; - turizm sohasini axborot bilan taʼminlash va turistik biznesda eng yangi texnologiyalardan foydalanish asosida respublikamizning turistik imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni internet saytlari orqali xorijiy mamlakatlarga tarqatishdir.
Dostları ilə paylaş: |