Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari


Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari 
Pedagogik–psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. 
Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va 
o‘zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” 
nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib 
borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyida-
gi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:
1. O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi. 
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi. 
3. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish. 
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish. 
5. O‘z mehnatiga ijodiy yondashish. 


6. Javobgarlikni his etish. 
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi. 
O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari mavjud. 
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi: 
• asosiy xususiyatlar; 
tayanch xususiyatlar
• yetakchi xususiyatlar; 
• yordamchi xususiyatlar. 
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‘ra bilish 
ko‘nikmasidir. Bu – individual narsaning o‘ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun 
boshlang‘ich materialni ko‘ra bilishi demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi, 
tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‘z-o‘zidan ravshan. Ularning 
kuzatuvchanligi turlicha yo‘nalishda bo‘lganligi sababli, har biri o‘z tafakkuri va 
dunyoqarashiga ega.
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat 
rassomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki 
aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli. 
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. 
Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o‘rtacha 
va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda 
mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o‘ynaydi. 
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar 
quyidagilardan iborat: 
• aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy 
e’tibor, sobitqadamlik;
• o‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi;
• aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, 
ruhiy hissiyotni jilovlay olish. 
• pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin