Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘QUVCHILARGA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISHDA O‘QITUVCHI 
AMAL QILADIGAN QOIDALAR
 
➢ tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi 
➢ tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa ekanligi 
➢ shaxsni jamoada tarbiyalanishida o‘ziga xos xususiyatlarini 
e’tiborga olish 
➢ tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo‘lish va uning 
shaxsini hurmat qilish 
➢ tarbiyalanuvchining yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olishi 
➢ tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini 
ta’minlash 


 
 
 
 
 
O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo’llari 
O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini
ularning o‘zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoliyatlari o‘rtasidagi 
bog‘lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart. 
O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir 
ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro 
pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy 
tomonga o‘zgartirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal 
bo‘lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil 
etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki 
imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, 
tuyg‘ularini tushunishi va hamdard bo‘lishi zarur. Pedagogik munosabatda 
muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi: 
✓ o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi; 
✓ munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; 
✓ bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish; 
✓ munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida
oqilona boshqarish; 
✓ munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi 
lozim.
O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat 
hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib 
borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning 
o‘zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish 
mumkin.
1. Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o‘zini anglashni (muomalada o‘zaro fikr 
almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish va 
shu asosda o‘zaro fikr almashish asosida o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini ishlab 
chiqish.


2. O‘z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo‘nalishlarda baho berish maqsadga 
muvofiq: kishilar bilan bo‘lgan muomaladan so‘ng olingan taassurotlarni tahlil 
qilish, o‘quvchilar bilan muomalaning so‘nggi holatlarini o‘rganib, muomala haqida 
o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, muomaladagi imkoniyatlaringizni 
atrofdagilar (o‘qituvchilar jamoasi, ota-onalar, o‘quvchilar) qanday baholashi 
haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lish. 
3. O‘zida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan 
ixtisoslashtirilgan o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazuvchi “autogen” mashqlar asosida ishlash. 
4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan 
o‘zaro fikr almashish faoliyatida ko‘nikma va malakalar (ma’ruzalar, suhbatlar, 
kamolot yoshlar uyushmalari) hosil bo‘ladi.
5. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishda salbiy kayfiyatlarni yengish tajribasini 
shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratish. 
6. Xushmuomalalikka milliy an’ana va urf-odatlarimiz, o‘zbekona muomala 
madaniyati, milliy ma’naviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish. 
7. O‘z ona tilida puxta, lo‘nda va jarangdor so‘zlar tuza olish va uni nutqiy 
mahorat bilan ifodalash ta’lim muassasalarida o‘rganilayotgan har bir fan 
o‘qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biridir.
Taklif etilgan ushbu tizim asosida pedagogik faoliyat olib borish o‘qituvchi 
kasbiga oid shaxsiy fazilatlardan biri bo‘lgan insonparvarlik va xushmuomalalikni 
shakllantiradi. O‘qituvchi kasbiy faoliyati davomida nutqidagi so‘z qudratini 
takomillashtirib boradi. U o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish 
orqali so‘z boyligini go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Zero, go‘zal 
va ta’sirchan so‘zlay bilish ham san’at. Bu san’atdan bebahra bo‘lgan o‘qituvchining 
kasbiy mahorati shakllanmaydi. Qaysi fanni o‘qitishdan qat’iy nazar, o‘qituvchining 
asosiy quroli so‘z boyligidir, u so‘z qudrati asosida kommunikativ qobiliyatini 
namoyish etadi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin