2.
Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etishi:
✓ kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish;
✓ har qanday vaziyatda o‘quvchilarga qo‘pollik qilmaslik;
✓ o‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish.
3.
O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bo‘lgan
uslublarini tanlab olishi:
✓ pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab
chiqishi;
✓ o‘z-o‘zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini
muntazam taqqoslab borishi;
✓ muloqotda milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz
imkoniyatlaridan doimiy foydalanish.
4.
Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga
chiqmaslik:
✓ har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini
ishlab chiqishi;
✓ muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish;
✓ muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy
mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini
shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati
o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari
hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni
e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya
qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani
vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy
muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar
hatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini
qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib,
kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang,
hulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-
sharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro
muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish
asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining diqqatini o‘ziga jalb
qilish;
- muloqot ob’ekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda
nimani anglash kerak? Buning ma’nosi o‘qituvchi o‘zining xushmuomalaligi,
madaniyati, go‘zal xulqi, muloqotda o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olishi bilan o‘z
mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-
psixologik negizni asos qilib olishidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun,
o‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga,
dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu fazilatlar
o‘qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o‘quvchilar
bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni
boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir.
Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo‘lmish pedagogik muloqot madaniyatiga
amal qiladigan yosh o‘qituvchi quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi
lozim:
-
mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo‘lgan
yuksak ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, davlatimiz
ideallari, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik
tuyg‘ulari shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;
-
o‘quvchilarga samimiy mehr–muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari,
qiziqishlari, hatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko‘nikmasi va
malakasining shakllanganligi;
-
jamiyatda ro‘y berayotgan hodisalar, jahonda ro‘y berayotgan voqealar,
tabiatga, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan
pedagogik kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish
qobiliyatining mavjudligi;
-
pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning hatti-harakatlari,
munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o‘z faoliyatiga nisbatan
refleksiv munosabatni tarkib toptirish;
-
har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro‘y berayotgan yangiliklarga
nisbatan hamda ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga omilkorlik va aql idrok bilan
munosabatda bo‘lish, o‘z oldiga to‘g‘ri maqsad qo‘ya olish, reja tuzish, bevosita
nazorat qilish, boshqarish va o‘z imkoniyatlarini namoyon eta olish;
-
pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy
munosabatlarda ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik
qobiliyatini namoyish etishi;
-
dunyoqarashi va tafakkur ko‘lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni bilishga
nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilligi, muayyan ilmiy
salohiyat va pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib borishi;
-
o‘quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan
ixcham, ma’noli, ta’sirchan kuchga egaligi, psixologik ta’sir o‘tkazish uslublari bilan
qurollanganligi.
Har bir o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga to‘g‘ri, omilkor axborot uzatish va unga
suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining
muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham,
o‘quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo‘lishi
tabiiy hol. Har qanday tajribali o‘qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida o‘ziga
xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. O‘quvchilar jamoasida sodir bo‘ladigan har qanday
pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o‘qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik
faoliyatida namoyon bo‘ladigan tipik hodisa.
Ayniqsa, ushbu holat endigina o‘z faoliyatini boshlagan yosh o‘qituvchilarning
pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. Yosh o‘qituvchilarning
o‘quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish,
ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish, barcha o‘quv muassasalari pedagogik
jamoatchiligiga, ustoz o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik
faoliyatda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan o‘qituvchining yoshiga va ish
tajribasi ko‘lamiga odatda o‘quvchilar hech qachon e’tibor bermaydilar. Chunki,
o‘quvchilar yoshidan va tajribasidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilarni ustoz deb
ataydilar. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik muloqotning o‘ziga xos
an’analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari mavjud.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo‘nalishini mavjud
pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot
ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko‘maklashuvchi uning shaxsiy
hislatlarini rivojlantirib borishni ta’minlovchi vositalardan foydalanish taklif qilinadi.
Muloqotga ba’zi o‘quvchilarning sub’ektiv qarashlarini aniqlash, shu o‘quvchi bilan
muloqotni oqilona hal qilinishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni belgilash, uning
xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak.
Mazkur vaziyatlarda o‘zaro harakatlarning tizimli vositalari majmuasi
quyidagicha belgilanishi mumkin:
• muloqot
jarayonida
tarbiyalanuvchi
ob’ektning
javob
harakati
imkoniyatlarini oldindan ko‘ra bilish;
• ob’ektda psixologik to‘siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqaruvchi
vositalarni qo‘lga kiritish;
• vaziyatning o‘zgarishiga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan muloqotlarning
bir nechta modeliga ega bo‘lish;
• o‘quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo‘shilish,
ularga hamdardlik ko‘nikmasini rivojlantirib borish;
• o‘zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda
kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o‘qituvchining shaxsi,
uning qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy siyosiy
saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bog‘liq. Bu asosiy
hislatlardan tashqari o‘qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning moyilligi
xarakteri, muvaqqat psixik holatlari, shuningdek, to‘plangan tajribasi muhim
ahamiyatga ega. O‘qituvchi shaxsining professional jihatlarini va o‘z-o‘zini
tarbiyalash yo‘llaridan biri o‘zining sifat va hislatlarini, shuningdek pedagogik
faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o‘qituvchi bilimining saviyasi
va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda
ham namoyon bo‘ladi.
Pedagogik muloqotda muomala madaniyati
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar tufayli
ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Odamlarning ongi, dunyoqarashi o‘zgardi.
Pedagogik kasbga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, o‘qituvchilarning
jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada
yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini
mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish, uni jahon andozalari
darajasiga chiqarish, o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini
hosil qilish kabi vazifalarga javobgarlik hissi o‘qituvchilar zimmasiga yuklatildi.
Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va hatti-harakatlari
o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi
haqidagi qarashlari, uning hatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy
madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish
ham ijobiy natijalar bermaydi. O‘qituvchi sub’ekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi
qattiq avtoritar intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi,
natijada o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga
yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning
muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va
psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida
Dostları ilə paylaş: |