Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari


Pedagogik nazokat haqida tushuncha



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

Pedagogik nazokat haqida tushuncha 
O‘qituvchining o‘quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo‘shilib keta olishi 
nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o‘quvchilar 
orasida olib boriladi. O‘zaro munosabatlarni ishonch va do‘stlik tuyg‘ulari bilan 
mustahkamlab borish o‘qituvchidan jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. 
Buning uchun o‘qituvchi avvalo, turli xarakterdagi o‘quvchilardan iborat bo‘lgan, 
sinf jamoasida tez-tez o‘zgarib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o‘z 
munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o‘quvchilar hatti-
harakatini to‘g‘ri idrok etishi, vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy 
metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi, o‘quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy 
an’ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat, odamiylik va 
mehr-oqibat tuyg‘ularini ko‘rsata olishi shart. Bu vazifalar o‘qituvchining zimmasiga 
yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo‘lgan pedagogik nazokat deb atalmish 
faoliyatning zarur shartidir.
Pedagogik nazokat – o‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi 
me’yor tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik 
nazokat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. 
Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror 
tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig‘indisidir.
Pedagogik nazokat me’yorlari o‘qituvchidan avvalo yuksak insoniy fazilatlarga 
ega bo‘lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy 
maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo‘lib, u davlat siyosatining ustuvor 
yo‘nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori 
bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga 
etkazish o‘qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat 
o‘qituvchisining o‘zi avvalo barkamol inson bo‘lishi, mukammal bilimlar sohibi, o‘z 
kasbining etuk egasi bo‘lishi zarur. O‘qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat 
ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham 
jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi. 


O‘qituvchi pedagogik nazokatga ta’lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga 
adolatli baho berishi, o‘quvchilarning hatti-harakatini to‘g‘ri idrok etishi, sabot va 
matonat, o‘zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni 
o‘zida mujassamlashtirishi bilan erishadi. Pedagogik faoliyatda o‘z kasbini sevgan 
o‘qituvchigina butun kuch g‘ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga 
bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga 
mehr-muhabbatli bo‘lish o‘qituvchi axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi muhim 
fazilatlardir.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin