Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari


Pedagogik nazokatni egallash malakalari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

Pedagogik nazokatni egallash malakalari. Pedagogik nazokat pedagogik 
mahorat bilan birga yillar davomida ustozlar tajribasini o‘rgangan holda va o‘z 
hayotiy hamda kasbiy faoliyati tajribalaridan kelib chiqib shakllantirilib boriladi. 
O‘qituvchining ma’naviy etuklik darajasi, nazokat sirlarini o‘rganishda o‘quvchilar 
bilan muloqot qilish ko‘nikma va malakalarini egallashi, maxsus psixologik 
bilimlarga ega bo‘lishida, o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishi natijasida erishiladi. 
Avvalo bu bilimlar o‘quvchilar yosh xususiyati psixologiyasini va bolalarning 
individual xarakterini bilish bilan bog‘liq. 
Axloq asoslarini bilish, hatti-harakatlarda axloqiy ma’noni kasb ettirish ham 
katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga o‘quvchi ruhiyatiga ijobiy-tarbiyaviy ta’sir 
etish yo‘llarini bilish o‘qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi lozim: 

o‘quvchilarni chin ko‘ngildan sevish, o‘z muhabbatini o‘zaro munosabatda 
ko‘rsata olish; 

o‘quvchilar xulqi va ruhiyatidagi yashirin ichki tuyg‘ularni anglashga harakat 
qilish, ko‘rish va kuzatish; 

sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish; 

sinf jamoasi bilan o‘zaro hamkorlikni ta’lim-tarbiyaviy maqsadga muvofiq 
yo‘lini tanlash; 



o‘quvchilar bilan norasmiy suhbatlarda o‘z ichki hissiyotini sezdirmaslik, 
aksincha ular ishonchini qozonish. 
Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati shundan iboratki, o‘qituvchiga 
muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, o‘quvchilar bilan psixologik kontaktga 
kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokatning quyidagi 
xususiyatlari hozirgi kunda muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi:
• o‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o‘zida muloqotning 
erkin demokratik asosini shakllantiradi;
• sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o‘quvchilar bilan haqiqiy 
muloqot madaniyatiga erishadi;
• o‘qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin muloqotga o‘tib, 
demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qo‘llaydi;
• o‘quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o‘rgatadi. 
Pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotda qarama-
qarshilikka yo‘l qo‘ymasligi o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga yordam 
beradi. Bizga ma’lumki, o‘qituvchining fikr-mulohazalarida nisbiylik va sub’ektivlik 
alomatlari ham mavjud. U hammaga birdek, to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi 
tabiiy holdir, lekin u mohiyatan barcha o‘quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga 
intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg‘otishi kerak. Bu holat pedagogik 
nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin