kasbiy malakalarni shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi, deb
aytish mumkin.
Tashkiliy-metodik jihatdan pedagogik texnika mashg`ulotlari individual,
guruh bilan yoki ketma-ketlikda o‘tkazilishi mumkin. Masalan, zarur bilimlar
ma’ruzalarda yoki tegishli adabiyotni mustaqil o‘qishda egallanishi mumkin.
Avtomatlashtirishga doir ayrim oddiy harakatlar (to‘g`ri artikulyatsiya,
fonatsion nafas olish usullari, relaksatsiya usullari va shu kabilar) ketma-ket
ko‘rsatilish mumkin.
Pedagogik texnika malakalarini shakilantirishning boshlang`ich darajasiga
qarab uni egallashning individual dasturi yetishmaydigan malakalarni
shakllantirishga qaratilgan ayrim mashqlarni yoki mashqlarning to‘liq majmuini o‘z
ichiga oladi.
Oliy o‘quv yurtidagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani
egallash o‘qituvchiga o‘zining kasb yo‘nalishining boshlanishidayoq ko‘pgina
xatoliklarning oldini olishida, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yuksak
samaradorligiga erishishida yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: