Tovushning harakatchanligi va o‘zgaruvchanligini tovushning mazmuniga,
sharoitiga, tinglovchilarning kayfiyatiga qarab oson o‘zgartira olish mumkin.
Harakatchanligi esa past, o‘rta, yuqori tiplarga bo‘linadi.
Tovush parvozi – tovushning uzoq masofaga uzatilishi va qattiqligini sozlab
olish.
Tovush ixchamligi va harakatchanligi uni mazmunga tinglovchi moslab
o‘zgartira olish imkoniyatini bildiradi.
Diapazon – tovush hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohang
bilan belgilanadi. Diapazon qisqarishi nutqning bir ohanli bo‘lib qolishiga sabab
bo‘ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi.
Tembr – tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yoqimliligi va
alohidaligidir.
Diktsiya – aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi nutqining o‘quvchilar tomonidan to‘g`ri
tushunilishini ta’minlaydi.
Ritm – bu ayrim so‘z va bo‘g`inlarning aytilishi muddati va to‘xtash, nutq va
ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishini bildiradi. Ritm nutqning eng asosiy
qismidir, chunki, nutq ohangi va to‘xtamlar ham tinglovchilarga beixtiyor o‘zgacha
hissiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘zlayotganda obrazga kirish, ovozni kerakli joyda
pastlatish, ohista gapirish o‘qituvchi mahoratiga bog`liq.
Dostları ilə paylaş: