Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari


Nutqning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

Nutqning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni 
O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi va 
nutqdagi to‘g‘rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik tinglovchiga ta’sir etish uchun 
yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, o‘qituvchining og‘zaki nutq jarayoni 
nazarda tutiladi va o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishida paydo bo‘ladigan ruhiy 
vaziyat e’tiborga olinadi. Ya’ni notiq-o‘qituvchi o‘quvchilarni hisobga olishi, 
ularning bilim darajasidan tortib, hatto yosh xususiyatlarigacha, nutq ijro 
etilayotgan paytdagi kayfiyatlarigacha kuzatib turishi, o‘z nutqining o‘quvchilar 
tomonidan qanday qabul qilinayotganini nazorat qilishi lozim. Professional bilimga 
ega bo‘lgan o‘qituvchilar jo‘n, sodda tilda gapirishlari maqsadga muvofiq emas, 
oddiy, yetarli darajada notiqlik ma’lumotiga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar ham 
ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilishlari kerak emas. Xullas, notiq–
o‘qituvchidan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo‘lgan har 
qanday fikrini to‘laligicha o‘quvchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib 
qo‘yiladi. 
O‘quvchilar tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish o‘qituvchi 
oldiga qo‘yiladigan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa
o‘qituvchida yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon 
etishning aniq belgilangan rejasi bo‘lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi 
darajali tarzda tuzib, ularni o‘zaro bog‘lab, o‘quvchilarni avvalo nutq rejasi bilan 
tanishtirib, so‘zni boshlash lozim. Vaqtni hisobga olish, notiqlik fazilatlaridan biridir. 
Chunki so‘zlash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji bo‘lsa, sal 
oldinroq tugatilsa, o‘quvchilar zerikishmaydi. 
Nutqning ta’sirchanligi va ifodaliligi haqidagi gap ma’lum ma’noda nutq 
sifatlari haqida aytilgan gaplarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning 
fazilatlarini ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatoliklarni tahlil qilish, 
pirovard natijada ta’sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi. Nutqdagi 


fikrlarni o‘quvchilarga mazmunli yetkazishning xilma-xil yo‘llari va vositalari 
mavjud. Ularni yordamchi vositalar deb ham atash mumkin. Masalan, yumor yoki 
biror hikoyatni olaylik. Nutqdagi uzluksiz ilmiy-ommabop fikr oqimi, uning bir 
maromda bayon qilinishi o‘quvchini ham, har qanday tinglovchini ham zeriktirib 
qo‘yishi mumkin. Shunday paytda, yumor, hikoyat, qiziqarli voqealar haqida gapi-
rish o‘qituvchiga juda qo‘l keladi. Yumorning nutq mazmuniga mos holda keltirilishi 
yana ham yaxshidir. Shunday qilinsa, o‘quvchi ham dam oladi, ham o‘rganilayotgan 
mavzuga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi. 
Nutqda mavzu doirasida ba’zi fikr va mulohazalarni keltirish ham maqsadga 
muvofiqdir. Bunday fikrlar notiq fikrining to‘g‘riligini, haqqoniy ekanligini isbotlash 
uchun foydalaniladi, faqat ulardan foydalanishni suiste’mol qilmaslik kerak. Badiiy 
adabiyot namunalaridan, hikmatli so‘zlardan, tildagi ifoda – tasvir vositalaridan 
nutqda o‘rni bilan foydalanish ham ijobiy natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Nutqning o‘quvchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday taassurot 
qoldirishida o‘qituvchining nutqiy jarayon davomida o‘zini qanday tuta bili shi, imo-
ishoralari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham o‘rni bor. Samimiylik, 
xushmuomalalik, odoblilik, o‘quvchilarga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar 
nutqning o‘quvchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab bo‘ladi. 
Mukammal notiqlik san’atiga ega bo‘lish – o‘qituvchilar uchun ulkan 
mehnat talab qiladigan murakkab jarayondir. Nutqning o‘tkirligi, yorqinligi va 
originalligi tinglovchi va o‘quvchilarda his-tuyg‘u va qiziqish uyg‘otishi, uning 
e’tiborini qaratishi, aytilayotgan narsaning mazmunini yaxshilab yetkazish uchun 
zarurdir. 
Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan 
bo‘lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan oxirigacha izchil 
bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o‘rganilayotgan bilim o‘quvchi 
xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shunday nutq madaniy nutq talablariga javob 
beradi. Buning uchun o‘qituvchilardan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, 
filologik bilim va muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin