Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

 
 
 
O’qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo’llari 
O‘qituvchi pedagogik faoliyatida pedagogik texnikaning ko‘nikma va 
malakalarini mukammal takomillashtirgan holda o‘z mahoratini oshirish uchun 
quyidagi jarayonlarni bilishi lozim: 
Pedagogik texnika malakalarini mukammal egallash uchun avvalo, o‘qituvchi 
o‘z fanini, o‘qitadigan predmetining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda bilishi, 
pedagogik va axborot texnologiyalarini, pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini 
davr taraqqiyoti darajasida bilishi, kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalay oladigan 
bo‘lishi zarur. Chunki pedagogik texnika o‘qituvchilarning individual shaxsiy xusu-
siyatlariga ham bog‘liq. Har bir o‘qituvchi o‘z tafakkuriga, fikrlash qobiliyatiga, 


o‘zining kasbiy yo‘nalishi, kasbiy laboratoriyasiga ega bo‘lishi kerak. Bu yo‘nalish va 
laboratoriyani o‘qituvchilarning o‘zlari mustaqil fikr yuritishlari, mustaqil bilim 
olishlari, pedagogik mahoratini oshirib borishlari orqali qo‘lga kiritadilar va mohir 
o‘qituvchiga xos fazilatlarni tarbiyalaydilar hamda kasbiy ideal sari harakat qiladilar. 
Pedagogik texnika sirlarini mukammal bilish o‘qituvchining tashkiliy - 
metodik malakalarni egallashiga ham bog‘liq. Bu malakalar zarur bilimlar bo‘yicha 
ma’ruzalarni tinglash, maxsus adabiyotlarni o‘qish orqali qo‘lga kiritiladi. Tashkiliy-
metodik malakalar aytilgan yo‘l-yo‘riqlar, ko‘rsatmalarni o‘zining individual kasbiy 
tajribasida sinab, ko‘nikma hosil qilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tashkiliy-metodik malakalarning individual xususiyatlari, jamoa va guruh 
bo‘lib ishlash, o‘qish, faoliyat ko‘rsatish asosida qurilgani ma’qul. Chunki guruh yoki 
jamoa bo‘lib o‘qish, ishlash har bir o‘qituvchiga refleksiv qobiliyatlari asosida, o‘zini 
boshqalar ko‘zi bilan ko‘rishni va baho berishni, faoliyatidagi nuqsonlarni seza 
bilishni, muomala va xulq-atvorning yangi shakllarini izlab topish va sinash 
imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z-o‘zini bilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash uchun asos bo‘ladi 
va pedagogik vazifalarning yangi usullarini tekshirib ko‘rish, nazariy masalalarini hal 
qilish uchun tajriba maydonini tashkil qilishga zamin yaratadi. Demak, tashkiliy - 
metodik malakalarni egallashda guruh, jamoa faoliyati, mashg‘ulotlar pedagogik 
texnika asoslarini egallash imkoniyatini beradi. 
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari o‘qituvchining malaka 
oshirish kurslariga ishtiroki, ustoz murabbiylar rahbarligidagi mashg‘ulotlar 
(ulardan pedagogik texnika sirlarini o‘rganish) va mustaqil (kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini 
tarbiyalash) ishlashdir. Pedagogik texnika ko‘nikma va malakalarini egallash 
individual-shaxsiy salohiyat ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda 
va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash, ya’ni talabalik 
yillarida o‘zida tajribali o‘qituvchilarning shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini 
shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi, deb aytish mumkin. Kasbiy 
ideal sari intilishda bu harakat pedagogik texnikani egallashda muhim rol o‘ynaydi. 
Pedagog va psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar duch keladigan 
qiyinchiliklarning asosiy sababi aynan pedagogik texnikaga oid ma’lumotlarni 
bilmasligi oqibatida sodir bo‘lmoqda. Pedagogik texnika to‘g‘risida yuqorida aytib 
o‘tilgan fikr va mulohazalarga e’tibor qilmaslik, pedagogik faoliyatda nazariy va 
amaliy tajribalarning yo‘qligi, o‘z faoliyatiga tanqidiy nazar bilan baho berolmaslik 
oqibatida hamda o‘qituvchida individual pedagogik texnikani rivojlantirish, tahlil 
qilish va uni takomillashtirish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan pedagogik 


faoliyatning yo‘qligi mazkur qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri ekanligini 
unutmaslik kerak. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin