1. O’quvchi-o’quvchi
2. O’quvchi-o’qituvchi
3. O’qituvchi-o’qituvchi
Pedagogik jarayonning muhim ishtirokchisi o’quvchi bo’lib, ular orasidagi
aksar konfliktlar kichik guruhlarda liderlikka intilish natijasida namoyon bo’ladi.
Bunda shahslararo konflikt qoloq lider va guruhda e’tibor qozonayotgan ikkinchi
lider o’rtasida vujudga kelishi kuzatiladi. Konfliktli vaziyat guruhdagi ikki lider
o’rtasida vujudga kelib, ular konfliktga nafaqat o’zlarini, balki tarafdorlarini ham
tortishi mumkin. Bu esa konfliktik eskalyatsiyani, ya’ni uni miqyosini kengayishiga
sabab bo’ladi. Ayrim hollarda ikki lider o’rtasidagi kofliktga tortilgan tarafdorlar
hududiy manfaatlar doirasida yuzaga kelsa, shahslararo konfliktning ko’lami etnik
yoki hududiy mojarolar darajasigacha ko’tarilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: