deklamatsiyalarida o‘z ifodasini topadi.
Pedagogik muloqot madaniyati vositasida o‘qituvchi har qanday axborotni
qarab chiqar ekan, o‘quvchilarning shaxsi va psixologik xususiyati haqidagi
axborotlarning muhimligini alohida e’tiborga olishi lozim. Pedagogik muloqot
madaniyati, o‘qituvchini g‘oyat
xilma-xil sharoit va ko‘rinishlarga moslashishiga
imkoniyat yaratadi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo‘lmasada,
o‘quvchilar ichki dunyosida sodir bo‘layotgan, ularni tushunish uchun juda muhim
bo‘lgan zarur ichki jarayonlar ko‘rinishlarining alomatlarini bilib, ta’lim-tarbiyaviy
faoliyat olib boradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ichki dunyosini tushunib, muloqotga kirishishi
lozim. O‘qituvchining muloqot madaniyati asosida gapiradigan har bir so‘zi, fikri,
turli hodisa va jarayonlar o‘quvchilar tomonidan har xil ko‘rinishda tushuniladi, bu
o‘quvchining fikr mulohazasiga, ichki dunyosining teranligiga, tafakkuri va
dunyoqarashining kengligi bilan izohlanadi, bunda o‘qituvchi mahoratining
uchta jihatiga alohida e’tibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik faoliyat
jarayonida egallagan ko‘nikma va malakasi; muayyan o‘quvchilar jamoasi bilan
muomalada bo‘lish tajribasi.
Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri
Odamlarning mehr-oqibati, bir-birlariga nisbatan o‘zaro hurmat
e’tiborda bo‘lishlari o‘zaro muomala jarayonida namoyon bo‘ladi. Xalqimizda
azaldan muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi. Salomlashish turli
xalqlarda har xil amalga oshiriladi. Xalqimizda salomlashish axloqlilikni ng
yuksak namunasi sifatida e’tirof etilib, uning negizida umuminsoniy
qadriyatlarning ustuvorligi, shu millatning ruhiy xususiyatlari, o‘zaro
munosabatlarining ma’naviy asoslari, bo‘lajak muloqotning xarakteri, o‘zaro
hamkorligi aks etadi. “Qur’oni karim”da salomlashish odobi musulmon
ahlining qat’iy majburiy burchi tarzida bayon etiladi: “Ey mo‘minlar, o‘z
uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom
bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. SHoyad
ushbu eslatmadan ibrat olsangizlar”(24.27), (24.61).
Ajdodlarimiz madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so‘z, xalq
tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib,
Ahmad Yugnakiy, Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy,
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa SHarq va G‘arb
donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga
etkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan.
Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq
orasida obro‘-e’tibor topadi. Ko‘p gapirish hech qachon kishiga obro‘ keltirmaydi.
SHuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan
har bir so‘zga hurmat bilan, o‘ylab yondashish lozimligini uqtirib o‘tganlar.
O‘qituvchi “so‘z aytishdan avval, har daqiqada so‘z ortidan keladigan oqibatlarni
o‘yla”shi (I.P.Pavlov) kerak. Alisher Navoiy o‘z adabiy meroslarida muomala
madaniyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to‘g‘risida, shirinso‘zlik haqida
noyob fikrlarni bayon qilgan. Bygungi kunda ham bu fikrlar o‘z ahamiyatini
yo‘qotgan emas. “Til shirinligi – ko‘ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. Shirin
so‘z sof ko‘ngillar uchun acal kabi totlidir” - deydi alloma.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining til boyligi muhim ahamiyatga
ega: bir tomondan, shirin tillilik o‘quvchilarni o‘qitish va tafakkurini
rivojlantirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib
chiqadiki, o‘qituvchining til boyligi nutqining obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali
bo‘lishini ta’minlaydi, natijada o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Zotan, til va
nutqning teranligi, o‘qituvchining mahoratini, ma’naviy boyligini, o‘qituvchilik
qobiliyatining qay darajada ekanligini ifodalaydigan o‘lchov, ko‘rsatkich
hisoblanadi. Amerikalik taniqli shoir Rolf Emerson: “Nutq qudratli kuch: u
ishontiradi, undaydi, majbur qiladi” deydi. Sharq mutafakkirlari ijodida til va nutq
vositalari orqali notiq, voiz, badihago‘y, qissaxon kabi maxsus san’at ahillari va
mudarrislar diniy, ta’lim-tarbiyaviy, islomiy aqidalarni ommaga singdirishgani,
pand-nasihatlar qilishgani bayon etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli
bilimga, boy axborotga ega bo‘lishgan.
Alisher Navoiy “Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘lishini, uning
nasihatidan chiqmaslikni” o‘z asarlarida bayon etgan. SHuning uchun til shirinligi va
notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir
o‘qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. Ta’lim-tarbiya
jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O‘qituvchining tili, nutqiy
qobiliyati o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-avtori va fikr yuritishlariga
ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O‘qituvchining “til boyligi va notiqlik san’ati
barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan” (A.P.Chexov). Uning his tuyg‘usi,
intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan
o‘quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish,
nafratlanish hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. SHuning uchun
o‘qituvchi “tilning xalq o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka,
tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam
vosita” (K.D. Ushinskiy) ekanligini unutmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |