Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini 
qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan 
o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir.  
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida: 
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi. 


2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi. 
3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi. 
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir 
o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi. 
Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan 
pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o‘qituvchi 
quyidagi faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim: 
- o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy 
jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi; 
- muomala ob’ekti bo‘lmish o‘quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, 
harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi; 
- o‘quvchilarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda 
muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy 
muloqotga tayyorlashi; 
- o‘quvchilarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usullarini bilishi. 
O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi. 
Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib 
keladiki, u o‘quvchilarning hatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni 
turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o‘zi tez-tez 
qayd qilgan dalillardan va o‘quvchilarning xulq-atvop usullaridan foydalanadi. 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida 
qaralib, birlashtiruvchi hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala 
o‘zaro munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala 
pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo‘ladi. 
Pedagogik muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘zaro axborot 
almashish jarayoni vazifasini bajaradi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot 
jarayonida bevosita o‘z tarbiyalanuvchilari, umuman o‘quvchilar jamoasi haqida, 
unda ro‘y berayotgan turli ichki hodisalar haqida g‘oyat xilma-xil axborotlarga ega 
bo‘ladi va o‘zining kelgusi ta’lim-tarbiyaviy rejalarini hamda pedagogik faoliyatini 
belgilaydi. SHu bilan birga, o‘qituvchi muloqot asosida o‘z
tarbiyalanuvchilariga 
ma’lum bir maqsadga qaratilgan axborotlar tizimini ma’lum qiladi. Bunda 
o‘qituvchi tomonidan yo‘l qo‘yiladigan arzimas bir xatolik, adolatsizlik, 
qo‘pollik o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatining buzilishiga sabab 
bo‘ladi va tuzatib bo‘lmaydigan og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 


O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatiga erishishi 
natijasida quyidagi holatlar paydo bo‘ladi:  

pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi tarbiyalanuvchi ob’ekt bilan o‘ziga xos 
muomala muhitini yaratadi. Bunday muhitda o‘qituvchi o‘zining psixologik, mimik, 
pantomimik, notiqlik san’ati, ta’sir o‘tkazish kabi qobiliyatlar tizimini namoyish 
etadi; 

o‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, samimiy 
muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir; 

o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada o‘qituvchining doimo psixologik 
bilimlarga tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi; 

o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqotga kirishar ekan, yaxshi 
muomalasi bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik qatlamlarni ham anglab 
olishga qodir bo‘ladi.
Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida ob’ekt va 
sub’ektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. 
Ushbu o‘zaro uyg‘unlashuvni yuzaga keltiradigan muomalaning asosiy bog‘lovchisi 
so‘zdir. So‘z – mazmunan o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin