Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

Kommunikativlik qobiliyati - bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, 
o‘quvchilarga yondashish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga, ular bilan pedogogik 
nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning 
mavjudligiga qaratilgangan qobiliyatdir. 
O’qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari 
Chunki аynаn pеdаgоgik vоqеlikdа o’z-o’zini tаhlil etish ko’nikmаlаrini 
rivоjlаntirishning аhаmiyati ulаrning o’zi hаqidаgi tаsаvvurlаri, qiziqishlаri, mоtiv, 
ehtiyojlаri tizimi sifаtidа tushunilаdigаn “Mеn-kоntsеptsiyasi”ning rivоjlаnishigа 
undоvchi ichki оmillаrning eng аsоsiylаridаn biridir. 
O’z-o’zini tаhlil etish usullаri quyidаgilаrgа e’tibоr qаrаtishni tаlаb etаdi: 
1) ijtimоiylikkа yo’nаltirilgаn o’zаrоhаrаkаt vаziyatlаridаn shахsiy хulq-
аtvоr, tаrbiyalаnuvchi shахsi, uning o’zigа хоsliklаri, qаdriyatlаri tizimi kаbilаrni 
оb’еkt sifаtidа ko’rib chiqish; 
2) o’z хulq-аtvоri, shахsiy fаzilаtlаrini tаhlil etish mеzоnlаri tizimini аniqlаsh; 
3) nоmа’lumdаn mа’lumni аjrаtib оlish; 
4) qаrаmа-qаrshiliklаrni аniqlаsh. 
O’z-o’zini tаhlil etish o’z-o’zini аnglаshdаn аvvаl kеlib, аynаn uning аsоsidа 
shахsning o’zi hаqidаgi tаsаvvurlаri umumlаshgаn ko’rinishgа o’tаdi. O’z-o’zini 
аnglаsh nаtijаsidа shахsdа o’zining kimligini аnglаsh, o’zining jаmiyatdаgi o’rnini 
tushunib еtish, bоshqаlаrning ko’z o’ngidа kim sifаtidа gаvdаlаnishini his etish 
kаbilаr shаkllаnаdi. O’z-o’zini аnglаsh o’z-o’zigа munоsаbаt sifаtidа shаkllаnuvchi 
hissiy vа mаntiqiy jihаtlаrni o’zidа аks ettirаdi. 
Mа’lumki, o’z-o’zini аnglаsh usullаri hаm mаntiqiy, hаm emоtsiоnаl 
dаrаjаdа o’z-o’zini tаhlil etish nаtijаsidа оlingаn ахbоrоtlаrni аniqlаshtirish vа 
umumlаshtirishni tаlаb etаdi.
Хulоsа qilib аytgаndа, o’z-o’zini tаhlil etish vа o’z-o’zini аnglаsh pеdаgоgdа 
o’zi vа bоshqаlаrning u hаqidаgi tаsаvvuri sifаtidаgi kаsbiy “Mеn qiyofаsi”ning 
shаkllаnishigа оlib kеlаdi. 
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir 
ko‘rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish 
va jazolash, jamoatchilik fikri. 
Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiyalanuvchiga 
nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u yoki bu xatti-
harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘batlantirib boriladi yoki 
aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘yiladi. 
Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikr 
yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu 
maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon 
bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy 
fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi. 


Rag‘batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, 
o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat 
va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi 
rag‘batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik 
jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni 
qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik 
talab etiladi. 
Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib, 
o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam 
rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum 
bir yo‘nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning bir-birlariga 
do‘stona munosabatini shakllantiradi.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik tajribalarini 
o‘rganish pedagogik ta’sir etishda ikki metod: ishontirish va uqtirishdan keng 
foydalanish lozimligini ko’rsatadi. 
Ishontirish - o‘quvchilarga xatti-harakatlarning to‘g`riligi va zarurligini, 
shuningdek, ayrim xulq-atvorlarning noto‘g`riligini tushuntirish va isbotlashdir. 
Ishontirish jarayonida o‘quvchilarda yangi bilim, ko‘nikma, malaka hamda axloqiy 
sifatlar shakllantiriladi. Bular esa o‘quvchilar va ularning atrofidagilar uchun me’yor 
(mezon) bo‘lib xizmat qiladi. 
O‘qituvchining har qanday tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi, oqibat natijada 
o‘quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga, ya’ni o‘quvchilarda ijobiy 
hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, xatti-harakatlarni shakllantirish va 
mustahkamlashga yo‘nalgan bo‘ladi. Lekin ishontirish va uqtirishning texnologik 
mexanizmlari turlichadir. 
O‘sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham o‘zaro 
ta’sirlanadilar. Bu o‘zaro ta’sir natijasida ularda ishonch, yangi bilimlar va 
munosabatlar, axloqiy me’yorlar majmui vujudga keladi. 
Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ishonch real voqelikka 
mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. O‘zining haqiqiy 
ishonchiga sodiq bo‘lishi uchun kishi hatto o‘limiga ham rozi bo‘ladi. Masalan, 
Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalangan askarlarimizning jang maydonida ko‘rsatgan 
matonatlari. 
Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun zararli 
bo‘lgan odatlarning shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o‘quvchilarning o‘zi va 
atrofidagilar ta’sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi. 


Ayrim o‘quvchilarda soxta ishonch hosil bo‘lishining sabablari quyidagilar 
bo‘lishi mumkin: 
1) faqat a’lo bahoga o‘qish - bu bilim olishda ko‘r-ko‘ronalik, quruq 
yodlashga olib boradi; 
2) o‘zini o‘ta itoatkorona tutish - bu o‘quvchi faoliyatini nihoyatda past 
bo‘lishiga olib keladi. Me’yordagi o‘quvchi o‘qituvchidan ba’zan tanbeh olib turishi 
kerak; 
3) o‘qituvchini aldash-bu o‘quvchini o‘ta aqlli va topqirligidan dalolat 
beradi; 
4) maktab ichki tartib-qoidasini buzish faqat kuchli xarakterga ega bo‘lgan 
o‘quvchigagina xos bo‘lib, u o‘qituvchi tomonidan tanqid qilib turiladi; 
5) haddan tashqari ko‘p mehnat qilish - bu kerak bo‘lmagan tirishqoqlikdir. 
Yuqorida keltirilgan ishonchning bunday turi o‘quvchida shakllanib, asta-
sekin boqimandalik, o‘qish va mehnat faoliyatida sustkashlik kayfiyatini sodir 
qiladi. 
Soxta ishonchni bartaraf qilish uchun o‘qituvchi quyidagi uch yo‘nalishda ish 
olib borishi kerak:
1. Sinf jamoasida sog`lom ijtimoiy fikrni shakllantirish. 
2. Muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy hayotiy tajriba yaratish. 
3. Soxta ishonchni asosiy tarzda inkor qilish. 
Soxta ishonchni o‘zgartirishning quyidagi usullari mavjud: 
1) o‘quvchini o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga undash. Uning fikriga 
qarama-qarshi fikrda bo‘lgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola o‘qishni 
xohlamaydi, lekin uning tanish o‘rtog`i ko‘p o‘qiydi va biladi, ammo o‘zining 
“quruq yodlovchi” yoki “o‘ta bilimdon” qilib ko‘rsatmaydi); 
2) noto‘g`ri qarashlar va ishonch oqibatda nimalarga olib kelishini ko‘rsatish 
(masalan, ana shunday xislatlarga ega bo‘lib, o‘z hayotini barbod qilgan, o‘z erki, 
g`ururi va vijdonini yo‘qotgan kishilar haqida so‘zlab berish. Buning uchun hayotiy 
misollar, badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin); 
3) soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi o‘quvchi fikrini mantiqiy 
rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish. Masalan, barcha o‘quvchilar 
o‘qituvchilarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi 
mumkin). 
Ishontirishning biron tashkil etuvchisiga amal qilmaslik ham tarbiyaviy ish 
samaradorligini pasaytirib yuboradi. Bunday holatda o‘quvchida faqat bilish 
shakllangan xolos. Inson o‘zini qanday tutishi lozimligini bilishi, aynan shunday 
tutishi lozimligini tushunishi, lekin o‘zini bunga majbur qilolmasligi mumkin. 
Demak, bu uning irodaviy sifatlari rivojlanmaganligini, xulq-atvor qoidalariga 
amal qilish malakasi tarkib topmaganligini anglatadi. 


Ishontirish bilimlar, qarashlar va xulq-atvor me’yorlari tizimi bo‘lib qolmay, 
balki ularni shakllantirish usullari hamdir. Ishontirish yordamida yangi qarashlar, 
munosabatlar shakllanadi yoki noto‘g`ri fikrlar o‘zgaradi. 
Munozara, tortishuv, suhbat, o‘qituvchi hikoyasi va uning shaxsiy ibrat 
namunasi ishontirish shakllari bo‘lib hisoblanadi. Ishontirish o‘quvchilarga ta’sir 
etish metodi sifatida yuqori samara berishi uchun u quyidagi talablarga javob 
berishi kerak: 
1) ishontirishning shakli va mazmuni, o‘quvchilar yosh davriga mos bo‘lishi 
lozim (kichik maktab yoshida ertak, rivoyat va fantastik hikoyalar misolida, so‘ngra 
esa borliq dunyoni o‘rganish inson ma’naviy dunyosini o‘rganish); 
2) ishontirish o‘quvchilarning individual xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. 
Buning uchun o‘quvchining haqiqiy hayot tarzini o‘rganish zarur; 
3) ishontirish umumiy tarzdagi qoida va printsiplardan tashqari aniq dalil va 
misollarni ham o‘z ichiga olishi zarur (o‘qitishdan ko‘rgazmalilikka e’tibor berish); 
4) ishontirish jarayonida ba’zi holatlarda barcha bir xil xabardor bo‘lgan dalil 
va xulq-atvorni muhokama qilishga to‘g`ri keladi. Bu, o‘z navbatida dalilning 
haqqoniyligi to‘g`risidagi ikkilanishlarni yo‘qqa chiqarishga va umumiy to‘g`ri xulosa 
chiqarishga yordam beradi; 
5) boshqalarni ishontirar ekan, o‘qituvchi o‘z fikriga qat’iy ishonishi zarur. 
Ishontirish jarayonini tashkil etishda o‘quvchi ruhiy qiyofasining o‘ziga 
xosligini e’tiborga olish lozim. Buning uchun pedagog o‘quvchi oliy asab tizimining 
tipini, uning ta’lim-tarbiya va kamolotining rivojlanish doirasini bilishi zarur. 
Masalan: bola kuchli muvozanatlashgan (sangvinik) asab tizimi tipiga ega bo‘lsin. 
Unda tormozlanish jarayoniga nisbatan qo‘zg`alish jarayoni kuchliroq bo‘ladi. Bu 
holda o‘qituvchi ishontirish jarayonini o‘quvchi asab tizimini ortiqcha qo‘zg`alishiga 
yo‘l qo‘ymaydigan, qo‘shimcha hissiyot sodir qilmaydigan tarzda olib borishi kerak. 
Fikr, sezgi va irodaviy xislatlar bir butun yaxlitlikni tashkil etgandagina, 
ishontirish metodi haqiqiy harakatlantiruchi kuchga aylanishi mumkin. Bu metodni 
qo‘llashda ishontirish tarkibi bilish, sezgi, hissiyot, xulq-atvorga amal qilish 
maqsadga muvofiq. 
Ishontirish natijasi o‘qituvchining so‘z mulkiga ham bog`liqdir. Pedagogning 
so‘zi va ishi ham bir bo‘lishi kerak. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish o‘qituvchining 
madaniy saviyasida va o‘quvchi muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 
insonning “aql-zakovati, fikr-tuyg‘ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafakkuri 
ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, 
tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishni amalda o‘z 
pedagogik faoliyatida qo‘llovchi o‘qituvchi o‘z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini 
boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va o‘z his-tuyg‘ularini faqat ta’lim–tarbiyaviy 


maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda o‘quvchi qalbini noo‘rin so‘zlar 
bilan jarohatlab qo‘ymasligi, so‘zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt norma-
laridan chiqib ketmasligi lozim. So‘z qudrati haqida R.Dekartning quyidagi fikrlari 
o‘qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir: “So‘zlarning ma’nolarini, qudratini 
odamlarga aniq ifodalab tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini barcha 
anglashilmovchiliklarning yarmidan xalos qilgan bo‘lasiz”.
O‘qituvchining imo-ishoralari va yuz harakatlari so‘z bilan og‘zaki ta’sir 
qilishni kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-ishoralar nutqda ovozning baland-
pastligi bilan mos kelishi kerak. Ogohlantiruvchi so‘zlar, notiqlik san’ati asosida 
ta’sir etish, vazifani ijro etishga undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralarni 
ishlatmaslik, hazil orqali fikrini anglatish, o‘quvchining erkin mulohazalarini 
ma’qullash yoki nojo‘ya harakatlari uchun ayblash so‘zning og‘zaki ta’sir etuvchi 
komponentlaridir. So‘z bilan imo-ishoraning va yuz harakatlarining birligi ma’lum 
qilinayotgan axborot hajmdorligi va ta’sirchanligini kuchaytirishi lozim. Har qanday 
sharoitda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan sinfda uchrashishga maxsus hozirlik ko‘rishi 
lozim. 
Ishontirish metodini qayta tarbiyalash, ya’ni qarash va munosabatlarni 
shakllantirishda qo‘llash, u yoki bu xislatlarni namoyish qilish zarur bo‘lgan maxsus 
vaziyatlar yaratish orqali amalga oshirilishi ham mumkin. Tasodifiy vaziyatlar 
quyidagi yo‘llar bilan yaratiladi: darsda o‘quvchiga kutilmagan savol berish, darsdan 
tashqaridagi noto‘g`ri xatti-harakatiga iqror bo‘lishiga majbur qilish, o‘yinda esa 
harakat qilishga undash. Maktab hayotida tasdiqlanganidek, ba’zan o‘quvchi o‘z 
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga sharoit bo‘lmagani uchun ham tarbiyasi 
og`irlar qatoriga qo‘shilib qolar ekan. Undan darsda onda-sonda so‘rashadi: 
o‘qituvchi uning bilimiga ishonmaydi, dars paytida unga e’tibor berishga vaqtdan 
qizg`anadi. Agar o‘quvchiga tez-tez murojaat qilinsa, unga o‘z fikrini bayon qilish 
taklif etilsa, uning xulqida shakllanib qolgan stereotiplar asta-sekin o‘zgara 
boshlaydi.
Uqtirish – kishilarning muloqot faoliyati jarayonida o‘zaro ta’sir etishlari 
vositalaridan biridir. Uqtirishning o‘ziga xosligi, inson ruhiyatiga uning o‘ziga 
sezdirmasdan ta’sir etishi, shaxs psixikasi, tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borish 
va kundalik hayotdagi qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo‘l- yo‘riqlarda aks etishidir. 
Har qanday pedagogik ta’sir etishda uqtirish elementi mavjud bo‘ladi. To‘g`ri 
tashkil etilgan uqtirish o‘quvchilarning ongli ravishdagi faolligini oshirishga bevosita 
ta’sir ko‘rsatadi. 
So‘z yordamida o‘quvchida tetiklik yoki qo‘rquv, xursandlik yoki xafalik, o‘ziga 
ishonch va ishonmaslik, qiziquvchanlik yoki zerikish, boshqalarga ishonish yoki 


ulardan hadiksirash kabi sezgilarni vujudga keltirish mumkin. O‘qituvchining yomon 
kayfiyati to‘lqin kabi bir zumda o‘quvchilarni qamrab olishini ham faqat uqtirish 
bilangina tushunish mumkin. Yoki asabiylashgan xarakterga ega bo‘lgan guruh 
rahbari tez orada asabiy holat guruhda muloqot me’yoriga aylanib qolganligidan 
taajjublanadi. 
O‘qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o‘quvchilarni o‘zi uchun hamisha 
tarbiya obyekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiyalanuvchi o‘qituvchi-tarbiyachi 
bilan erkin va ongli munosabatda bo‘lishga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar 
samarali xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar 
jarayonida o‘ziga xos qator qoidalari ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga 
pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim: 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin