Mavzu: pedagogik jarayonni loyihalash texnologoyasining tasnifi



Yüklə 61,81 Kb.
səhifə11/13
tarix16.06.2023
ölçüsü61,81 Kb.
#131503
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Boyirova Gavhar

Mazkur loyihalar biologiyani o'qitishda tabiiy fanlar, adabiyot, ma’naviyat, madaniyat, san’at va gumanitar fanlar bilan fanlararo bog'lanishni amalga oshirishga imkon beradi.
Biologiyani o'qitishda o'qituvchi loyihalash texnologiyasidan foydalanish uchun:
loyihalar toifasi, mavzusi va qatnashchilar sonini aniqlashi;
loyihani amalga oshirish uchun turli variantlardagi muammolar zanjirini tuzishi;
loyiha predmeti, vazifasi va bosqichlarini aniqlashi;
loyiha qatnashchilari uchun topshiriqlar tuzishi va ulami a’zolar o'rtasida taqsimlashi;
ilmiy-izlanish, tadqiqot mavzulari bo'yicha o'quvchilarning yakka tartibdagi, juftlikda yoki kichik guruhlarda mustaqil izlanishlarini tashkil etishi;
loyihadan kutilgan natijalarni aniqlashi, uni rasmiylashtirish va taqdimotini belgilashi;
loyiha ishini yakunlashi, baholash mezoni va xulosalar yasash yo'llarini aniqlashi lozim;
loyihalash texnologiyasi
rivojlantiruvchi ta’limga asos bo'ladi. O'quvchilarda aqliy faoliyat ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.
Loyihalash texnologiyasi o'quvchilarda ijodiy faoliyatning shakllanishiga asos bo'ladi. M a’lumki, ijodiy faoliyat ta’lim mazmunining tarkibiy qismi sanalib, uni o'qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirib bo'lmaydi.
O'quvchilar loyihalar yechimi ustida ishlar ekan, ular awal o'zlashtiigan bilim va ko'nikmalarini yangi vaziyatlarda qo'llab, yangi bilimlarni o'zlashtiradilar, shu tariqa ijodiy faoliyat tarkib topadi. Buning uchun:
o'quvchilarga tayyor bilimlar berilmasdan, balki ulami bilimlarni mustaqil o'zlashtirish usullarini egallash, amaliy va bilishga oid muammolami aw al o'zlashtirgan bilim, ko'nikmalarini qo'llab hal etishga o'rgatish zarur;
muloqotga kirishish ko'nikma va malakalarini egallashning ahamiyati, turli ijtimoiy rollarni bajarishda va kichik guruhlarda ishlash ko'nikmasiga ega bo'lish zarurligini tushuntirish;
bitta muammoni hal etish uchun har xil nuqtayi nazami bayon etish, boshqa tabiiy fanlar hamda ma’naviyat va madaniyat kabi jabhalarda izlanishlar olib borish zarurligini tushuntirish;
o'quvchilarning tadqiqot metodlaridan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lishning ahamiyati, zarur axborotlar, faktlar, materiallar to'plash, ulami turli nuqtayi nazardan tahlil qilish, farazlami ilgari surish, xulosa va yakun yasash lozim.
Agar o'quvchilar yuqorida qayd etilgan ko'nikma va malakalami egallagan bo'lsa, ular doimo o'zgarib turadigan hayotga tezroq moslashishga, turli muammoli vaziyatlarni tahlil qilib ulardan chiqishning muqobil variantini topishga, turli vaziyatlarda mo'ljalni to'g'ri olish va har xil jamoalarda ishlab ketish imkoniyaliga ega bo'ladi.

Yüklə 61,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin